Xusanova Nigora Qavul qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Insoniyatga qarshi qaratilgan tahdidlar va uni oldini olishning ijtimoiy asoslari”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2022.3.PhD/Fal817.
Ilmiy rahbar: To‘raev Shavkat Nishonovich, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti,  DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: 
Narzulla Jo‘raev Qosimovich, siyosiy fanlari doktori, professor; 
Bekdavlat Aliev Begalievich, falsafa fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Insoniyatga qarshi qaratilgan tahdidlarni oldini olishning ijtimoiy-falsafiy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
“Tahdid” tushunchasining etimologik ildizlari, tipologik tavsifi, ijtimoiy-guruhiy taqsimoti, qamrovi (mega, makro va mikro darajada), guruhlari (iqtisodiy; ijtimoiy (jamiyat); siyosiy; biologik; demografik; harbiy; yadroviy; ekologik tabiiy – iqlimiy (kataklizm); axborot, g‘oyaviy, mafkuraviy, ma’naviy, virtual tahdidlar), harakatlanish vektori, kelib chiqish sabablari va oqibatlari, ijtimoiy-falsafiy mohiyati va bu omillar o‘rtasidagi dialektik bog‘liqlik tizimli tarixiy-falsafiy manbalar asosida hamda so‘rovnomalar yordamida zamonaviy tahdidlarning sotsiodinamikasi ilmiy asoslangan;
Falsafada “Avlod nazariya”sining kelib chiqish tarixi, davriyligi, xususiyatlari to‘liq bosqichma-bosqich ilmiy o‘rganish orqali O‘zbekistonda yosh avlodni o‘zbek milliy ruhiyatini shakllantirish maqsadida bolalar o‘yinchoqlari ijtimoiy-falsafiy, ma’naviy-axloqiy, psixologik hamda ong xavfsizligini ta’minlashda submadaniyatlar targ‘ibotini oldini olish choralari sifatida manipulyativ xususiyatiga ko‘ra uzatiladigan “subminimal signallar”ni aniqlash zarurati ijtimoiy-falsafiy tahlillar asosida dalillangan;
Jamiyat a’zolarini yagona bosh mafkura asosida ijtimoiy safarbar etishning ilmiy-nazariy asoslari va meta olamda “Zamonaviy tahdidlar” (jamiyatdan begonalashuv, virtuallashuv, men konsepsiyasi, vatansizlik, olamon madaniyati, shaxsiy identifikatsiyasi, gender-nonkonformlik – LGBTQ+) ni bartaraf etish bilan bog‘liq istiqbolli rejalar hamda ularni amalga oshirish mexanizmilari (milliy kontent, virtual safarbarlik, dofomin nazorati) ishlab chiqilgan;
Tahdidbardosh jamiyat barpo etishda, Ijtimoiy-falsafiy tadqiqotlar asosida “Aql markazlari” va “ilmiy tadqiqot institutlari”ning zamonaviy falsafiy kontentlarini ishlab chiqish hamda davlat siyosatida ijtimoiy-axloqiy me’yorlarga ustuvor ahamiyat berilishi bo‘yicha strategiyalarni takomillashtirish xalqaro davlatlar (AQSh, Xitoy, Yaponiya, Turkiya, Qozog‘iston) tajribalariga ko‘ra “millat genezisi”ni saqlab qolish masalasi ilmiy-nazariy asosida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Insoniyatga qaratilgan tahdidlar va uni oldini olishning ijtimoiy asoslari bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalarini amaliyotda joriy qilinganligi:
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2025-yil uchun chora-tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan “Yangi O‘zbekiston g‘oyasini ro‘yobga chiqarishda davlat va jamoat tashkilotlari va mintaqaning o‘zaro hamkorligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar” 27-bandi “Mafkuraviy ishlarni tashkil etish bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rganish” hamda Markazning PZ-20170930369 shriftli “Globallashuv sharoitida tinchlik va barqarorlikka tahdid soluvchi g‘oyaviy, mafkuraviy va axborot xurujlariga qarshi kurashishning zamonaviy mexanizm va texnologiyalarini yaratish” amaliy loyihasini bajarishda foydalanildi. Xususan: Falsafada “Avlod nazariya”sining kelib chiqish tarixi, davriyligi, xususiyatlari to‘liq bosqichma-bosqich ilmiy o‘rganish orqali  O‘zbekistonda yosh avlodni o‘zbek milliy ruhiyatini shakllantirish maqsadida bolalar o‘yinchoqlari ijtimoiy-falsafiy, ma’naviy-axloqiy, psixologik hamda ong xavfsizligini ta’minlashda submadaniyatlar targ‘ibotini oldini olish choralari sifatida manipulyativ xususiyatiga ko‘ra uzatiladigan “subminimal signallar”ni aniqlash zarurati ahamiyati ijtimoiy-falsafiy tahlil materiallaridan targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi 2025-yil 16-iyundagi 03-733-sonli dalolatnomasi); Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar muayyan millat, jamiyat, davlatning tinchligi va barqarorligiga qarshi qaratilgan, ijtimoiy-siyosiy tuzum hamda konstitusion tizimni zaiflashtirish va buzishga yo‘naltirilgan, fuqaro va jamiyat xavfsizligiga tahdid soluvchi g‘oyaviy-mafkuraviy tajovuzlardan himoyalanish bo‘yicha targ‘ibotchilar uchun uslubiy qo‘llanma va metodik targ‘ibot vositalarini ishlab chiqishda samarali foydalanilgan;
O‘zbekistinda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda hamda tahdidbardosh jamiyat barpo etishda jamiyat a’zolarini yagona bosh mafkura asosida ijtimoiy safarbar etishning ilmiy-nazariy asoslari va meta olamda “Zamonaviy tahdidlar” (jamiyatdan begonalashuv, virtuallashuv, men konsepsiyasi, vatansizlik, olamon madaniyati, ijtimoiy identifikatsiyasi, gender-nonkonformlik, LGBTQ+) ni bartaraf etish bilan bog‘liq istiqbolli rejalar hamda ularni amalga oshirish mexanizmilari (milliy kontent, virtual safarbarlik, dofomin nazorati) ishlab chiqilgan;  (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2024-yil 11-iyuldagi 2-13-21-3654-sonli ma’lumotnomasi); Natijada, dissertatsiya ishidagi ilmiy yangilik va xulosalardan yoshlar o‘rtasida ijtimoiy tarmoqlarning ular hayotiga salbiy ta’siri mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlarida foydanildi.
O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasining 2020-2024-yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturining VI bandi “Ma’naviy-ma’rifiy sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar” ini amaliyotga joriiy etishda hozirgi vaqtda dunyoda “Tahdid” tushunchasining etimologik ildizlari, tipologik tavsifi, strukturaviy-komponent xususiyatlari, tahdid konsepsiyalarining qiyosiy tahlili, ijtimoiy-guruhiy taqsimoti, mega, makro va mikro darajadagi qamrovi, guruhlari (iqtisodiy; ijtimoiy (jamiyat); siyosiy; biologik; demografik; harbiy; yadroviy; ekologik tabiiy – iqlimiy (kataklizm); axborot, g‘oyaviy, mafkuraviy, ma’naviy, virtual tahdidlar), harakatlanish vektori, kelib chiqish sabablari (genezisi), destruktiv zararlari (sezilarli, sezilarsiz, yakuniy zarar) oqibatlari, ijtimoiy-falsafiy mohiyati va bu omillar o‘rtasidagi dialektik bog‘liqlik tizimli tarixiy-falsafiy manbalar asosida hamda so‘rovnomalar yordamida zamonaviy tahdidlarning sotsiodinamikasi (ijtimoiy harakatlanish va o‘zgaruvchanlik qonuniyatlari) empirik va nazariy jihatdan ilmiy asoslangan ma’lumotlaridan foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasining 2024-yil 04-noyabrdagi 02/02-64-son dalolatnomasi). Natijada, dissertatsiya ishida keltirilgan taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiya xodimlarining ijtimoiy, siyosiy hamda huquqiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, o‘quv uslubiy mafkuraviy targ‘ibot ishlarida foydalanildi.
O‘zbekistonda tahdidbardosh jamiyat barpo etish yo‘lida yuzaga kelayotgan yangidan yangi tahdid va xavf-xatarlarni bartaraf etishda tahdid tushunchasining kelib chiqishi, mazmun mohiyati, obekti, turlari, yo‘nalishi, qamrovi paydo bo‘lish omili, sababiga ko‘ra, ta’sir etish xarakteri, manbasi, etkazadigan zarari, jamiyatning ijtimoiy tahdidlar barqarorligini izdan chiqarishga yo‘naltirilgan tahdidlarni paydo bo‘lishi ortidan inson ongi va qalbiga etkazadigan zararlarni bartaraf etish yuzasidan ma’lumotlar tahlili yordamida tahdidlarni oldindan bashorat qilish va oldini olish bo‘yicha tizimli yondashuv texnologiyalar orqali ijtimoiy xavfsizlikni mustahkamlash choralari tahdidbardosh jamiyat barpo etishda ta’lim tizimida ijtimoiy-falsafiy fanlarni qisqarishini oldini olish hamda hayotiyligini qaytarish bo‘yicha taklif va tavsiyalarga doir ilmiy yangiliklardan foydalanildi. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” Davlat muassasining 2024-yil 12-noyabrdagi № 04-36-1280-son dalolatnomasi). Natijada, Ilmiy ish xulosalari, taklif va tavsiyalaridan O‘zMTRK dastur ssenarylarida foydalanilishi “O‘zbekiston yoshlari”, “Ta’lim taraqqiyot” “Xulosa o‘zingizdan”, “Millat va ma’naviyat” va boshqa dasturlari ilmiy saviyasini oshishi va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarida metodik targ‘ibot sifatida foydanilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish