Bekchanov Davron Masharipovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning huquqiy asoslarini takomillashtirish (O‘zbekiston va Yaponiya misolida)», 12.00.02–Konstitusiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi (yuridik fanlar).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Yu4.

Ilmiy rahbar: Ruzmetov Xayrullo Ibodullaevich, yuridik fanlar doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.27.06.2017.Yu.23.01.

Rasmiy opponentlar: Ismailova Gulnoza Saydiganixodjaevna, yuridik fanlar doktori; Otaxonov Foziljon Xaydarovich, yuridik fanlar nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat yuridik universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning huquqiy asoslarini (O‘zbekiston va Yaponiya misolida) takomillashtirish yuzasidan tavsiya va takliflar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

chet el investisiyalarini jalb qilishda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan investisiya dasturlarini ishlab chiqish va uni amalga oshirishga texnik yordam ko‘rsatishni tashkil qilish taklifi asoslab berilgan;

tadbirkorlikni rivojlantirish borasida mahalliy davlat hokimiyati organlarining norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qo‘llash amaliyotidagi kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf qilish maqsadida hududiy adliya organlariga tegishli xalq deputatlari Kengashlariga bu haqda axborot taqdim etish majburiyatini yuklash maqsadga muvofiqligi isbotlangan;

biznes loyihalarini puxta ishlab chiqish uchun tadbirkorlarni hududdagi mavjud mehnat resurslari to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda yaqin kelajakdagi prognozi bilan ta’minlash majburiyatini mahalliy davlat hokimiyati organlari zimmasiga yuklash zarurati asoslantirilgan;

mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan jamoat birlashmalari o‘rtasida hududda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida eng yaxshi g‘oya tanlovini o‘tkazishning joylarda ijtimoiy sheriklik mexanizmini takomillashtirishdagi ahamiyati ochib berilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

chet el investisiyalarini jalb qilishda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan investisiya dasturlarini ishlab chiqish va uni amalga oshirishga texnik yordam ko‘rsatishni tashkil qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasini  1991 yil 14 iyunda qabul qilingan «Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida»gi 285–XII-sonli Qonunining 19-moddasini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2019 yil 14 yanvardagi 04/1-06-7-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan hududdagi tadbirkorlik tuzilmalariga investisiyalarni jalb etish uchun texnik yordam ko‘rsatishni samarali tashkil etishga xizmat qilgan;

hududiy adliya organlarining har yarim yillik yakunlari bo‘yicha tegishincha xalq Kengashlariga joylardagi norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qo‘llash amaliyotining holati to‘g‘risida axborot taqdim etish borasidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan «Mahalliy davlat hokimiyati organlari to‘g‘risida»gi 913-XII-sonli Qonunining 253-moddasini tayyorlashda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2019 yil 16 yanvardagi 06/1-05/177-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif mahalliy davlat hokimiyati organlarining tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qo‘llash amaliyotidagi kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf qilishga xizmat qilgan;

mehnat organlari tomonidan tadbirkorlarga mehnat bozori holati to‘g‘risida axborot berish bo‘yicha bepul xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi taklif 2018 yil 3 yanvar` O‘RQ-456-sonli Qonunning 3-moddasi bilan berilgan O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 13 yanvarda qabul qilingan «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi 510-XII-sonli Qonunining 16-moddasining yangi tahririni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2019 yil 15 yanvardagi 04/3-06-03-son ma’lumotnomasi). Ushbu norma tadbirkorlik tuzilmalariga biznes loyihalarini mehnat resurslarini inobatga olgan holda tayyorlashga xizmat qilgan;

mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan jamoat birlashmalari o‘rtasida hududda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida eng yaxshi g‘oya tanlovini o‘tkazishning ijtimoiy sheriklik mexanizmini takomillashtirishdagi ahamiyati “Mahalliy boshqaruv” darsligi mazmuniga singdirilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining 2018 yil 3 iyun` 11/1295/1-son ma’lumotnomasi). Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari rahbar hodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish