Axmedov Qaxramon Abdulxamid o‘g‘lining
doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Ijtimoiy xodimlar kasbiy kompetensiyalari rivojlanishining evolyusiyasi» 22.00.02 ‒ Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/S61
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi, DSc.29.12.2019.S.23.02.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Bekmuradov Mansur Bobomuradovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor 
Rasmiy opponentlar: falsafa fanlari doktori, professor, Azamat Muxtorov, sotsiologiya fanlari doktori, professor Karimov Bobir Sharapovich.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ijtimoiy xodimlar kasbiy kompetensiyalari evolyusiyasini sotsiologik tadqiq etish orqali mazkur tizimni rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ijtimoiy ishni kasbiylashtirishda ijtimoiy xodim kasbiy kompetensiyasining qonuniyatlarini mijoz bilan inklyuziv muloqot qilish, reabilitatsiyada ishtirok etish, ijtimoiy kuzatib borish, ekstremal sharoitlarga moslashish faktorlari bilan kengaytirish orqali kasbiy tayyorgarlikdan kasbiy mahoratga evolyusion o‘tish yo‘llari asoslantirilgan;
ijtimoiy xodimlarni tayyorlovchi (AQSh, Germaniya va Kanada)ning “Distance and dual education” masofaviy va dual ta’limini mamlakatimizda joriy etish ijtimoiy davlat tamoyillari asosida mentorlik faoliyatini inklyuziv kasbiy kompetensiyalar rivojlanishida asosiy omil ekanligi dalillangan;
ijtimoiy xodimning sotsial portretini shakllantirishda ijtimoiy ish etikasini milliy-axloqiy qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirilishi negizida dominant kasbiy kompetensiyalarni (“flexible skillis” egiluvchan ko‘nikma va “Soft skillis” yumshoq ko‘nikma, sun’iy intellekt, universallik, samarali muloqot, ishonchga kirish, to‘g‘ri tashxis qo‘yish) intensiv rivojlantirish imkoniyatlari sotsiologik asoslantirilgan;
“mahalla ettiligi”dagi ijtimoiy xodimning kasbiy kompetensiyasi tarkibiy qismlarini aniqlash imkonini beruvchi tashkiliy, ijtimoiy va uslubiy instrumentariylaridan iborat baholash mezonini qo‘llashning afzalligi isbotlangan;
og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan shaxslarni manzilli qo‘llash ularni tibbiy, psixologik, moddiy, huquqiy, reabilitatsiya va abilitatsiya qilish bo‘yicha ehtiyojlari mamlakatimiz mahallalarida amalga oshirilayotgan “ochiq byudjet” negizida qondirish tartibotini joriy etishning afzalligi va shaffofligi empirik isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiyada ijtimoiy xodimlar kasbiy kompetensiyalari rivojlanishi bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy va amaliy sotsiologik taklif hamda tavsiyalar asosida:
ijtimoiy ishni kasbiylashtirishda ijtimoiy xodim kasbiy kompetensiyasining qonuniyatlarini mijoz bilan inklyuziv muloqot qilish, reabilitatsiyada ishtirok etish, ijtimoiy kuzatib borish, ekstremal sharoitlarga moslashish faktorlari bilan kengaytirish orqali kasbiy tayyorgarlikdan kasbiy mahoratga evolyusion o‘tish yo‘llari asoslantirilganligiga oid ma’lumotidan Ijtimoiy ish sohasida mutaxassislar tayyorlovchi oliy ta’lim tashkilotlarida 60920100-Ijtimoiy ish (fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari) bakalavriat ta’lim yo‘nalishidagi “Ijtimoiy ish nazariyasi”, “Ijtimoiy ishga kirish”, “Ijtimoiy ishning etik prinsiplari va qadriyatlari” va “Ijtimoiy ish tarixi” fanlarining 2024-2025 o‘quv yilidagi namunaviy fan dasturlari hamda o‘quv rejalarida kasbiy kompetensiyalarni oshirishga qaratilgan amaliyot darslarida foydalanilgan hamda ajratilgan soatlarini 35%ga oshirishga erishilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-may 4/17-4/3-1398-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yuqorida keltirilgan fanlarga doir darslik, o‘quv qo‘llanma va uslubiy qo‘llanmalarning yangi avlodini yaratish bo‘yicha tayanch tashkilot bo‘lmish O‘zbekiston Milliy universiteti professor-o‘qituvchilariga nashr rejasini tegishli tartibda shakllantirishga xizmat qilgan;
ijtimoiy xodimlarni tayyorlovchi (AQSh, Germaniya va Kanada)ning “Distance and dual education” masofaviy va dual ta’limini mamlakatimizda joriy etish ijtimoiy davlat tamoyillari asosida mentorlik faoliyatini inklyuziv kasbiy kompetensiyalar rivojlanishida asosiy omil ekanligi dalillanganligi;
ijtimoiy xodimning sotsial portretini shakllantirishda ijtimoiy ish etikasini milliy-axloqiy qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirilishi negizida dominant kasbiy kompetensiyalarni (“flexible skillis” egiluvchan ko‘nikma, “soft sikills” yumshoq ko‘nikma,sun’iy intellekt, universallik, samarali muloqot, ishonchga kirish, to‘g‘ri tashxis qo‘yish) intensiv rivojlantirish imkoniyatlari sotsiologik asoslantirilganligiga oid ma’lumotidan “Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan 2021-yil avgust-sentyabr oyida “Fuqarolarni ijtimoiy himoyasi: holat, kutilmalar va istiqbollar” mavzusida o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqotlarda eksperiment tariqasida maxsus modifikatsiyalashtirilgan sotsiologik so‘rovnomaning “A” blokida 5 ta, “V” blokida 9 ta, “S” blokida 6 ta savollarni tuzishda foydalanilgan (“Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazining 2024-yil 20-may 01-16/113-son ma’lumotnomasi). Natijada aholining ehtiyojmand qatlamlariga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatuvchi ijtimoiy ishchilarning kasbiy ko‘nikmalarini baholash, kasbiy rivojlanish holati hamda ijtimoiy xodimlarning istiqboldagi rejalarini real voqelik bilan uyg‘unligini yoki ular o‘rtasidagi farqni aniqlash imkonini bergan;
ijtimoiy xodimning sotsial portretini shakllantirishda ijtimoiy ish etikasini milliy-axloqiy qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirilishi negizida dominant kasbiy kompetensiyalarni (“flexible skillis” egiluvchan ko‘nikma, “soft sikills” yumshoq ko‘nikma, sun’iy intellekt, universallik, samarali muloqot, ishonchga kirish, to‘g‘ri tashxis qo‘yish) intensiv rivojlantirish imkoniyatlari sotsiologik asoslantirilganligiga oid ma’lumotidan O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi Oila va gender tadqiqotlar institutining 2024-yilga mo‘ljallangan ish rejasining VI yo‘nalishi 39-bandi (“Mahalla ettiligi”dagi xotin-qizlar faoli va ijtimoiy xodimlarning malakasini intensiv oshirib borish”)ni ishlab chiqishda foydalanilgan O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi Oila va gender tadqiqotlar institutining 2024-yil 30-noyabr 01-09/2431-sonli ma’lumotnomasi. Bu mamlakatimizda mahalla va oila institutlari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda ushbu institutning fuqarolarni ijtimoiy himoya qilishda o‘rnini oshirishda Institut O‘zbekiston mahallari uyushmasi bilan hamkorlik qilish hamda memorandum tuzishga hamda ijtimoiy davlat tamoyillaridan kelib chiqqan holda aholining turmush sifatini oshirish sohasidagi uslubiy tavsiyalar va tarqatma materiallari tayyorlashda o‘z samaradorligini ko‘rsatgan;
“mahalla ettiligi”dagi ijtimoiy xodimning kasbiy kompetensiyasi tarkibiy qismlarini aniqlash imkonini beruvchi tashkiliy, ijtimoiy va uslubiy instrumentariylaridan iborat baholash mezonini qo‘llashning afzalligi isbotlanganligi;
og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan shaxslarni manzilli qo‘llash ularni tibbiy, psixologik, moddiy, huquqiy, reabilitatsiya va abilitatsiya qilish bo‘yicha ehtiyojlari mamlakatimiz mahallalarida amalga oshirilayotgan “ochiq byudjet” negizida qondirish tartibotini joriy etishning afzalligi va shaffofligi empirik isbotlanganligiga oid ma’lumotidan aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning ilmiy va innovatsion asoslarini, og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan aholi bilan ishlash jarayonlarini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston mahallari uyushmasining 2024-yil “7” dekabr 02-02-01/1201 – son ma’lumotnomasi). Bu sotsiologik tadqiqot natijalari ijtimoiy ish nazariyasi va amaliyotga joriy etilishi tajriba-sinov ishlarining samarali o‘tkazilganidan dalolat beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish