Zayniddinova Zebiniso Akmalovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Suv omborlari tubini cho‘kmalardan tozalash jarayonini nazorat va boshqaruv tizimining ko‘pfunksional o‘zgartirgichlari”, 05.03.01 – Asboblar. O‘lchash va nazorat qilish usullari (tarmoq bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2875.
Ilmiy rahbar: Shipulin Yuriy Gennadevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc. 03/30.12.2019.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Shuxrat Manapovich, texnika fanlari doktori, professor; Plaxtiev Anatoliy Mixaylovich texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Suv omborlari tubini cho‘kmalardan tozalash jarayonini nazorat va boshqaruv tizimining ko‘pfunksional o‘zgartirgichlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tadqiq qilinayotgan tizimning xatti-harakatini imitatsiya qilish va tezkor prognozlash, shuningdek, uning sezuvchanligi va barqarorligini baholash imkonini beruvchi morfologik axborot modeli ishlab chiqilgan;
suyuq muhitning harorati, sathi, bosimi, aylanish tezligi hamda loyqalik darajasini bir vaqtda o‘lchashga imkon beruvchi suv omborlarida cho‘kmalarni tozalash jarayonlarini monitoring qilish, boshqarish va nazorat qilish uchun mo‘ljallangan optoelektron tizimga integratsiyalangan ko‘p funksiyali dastlabki o‘lchov o‘zgartirgichlari ishlab chiqilgan;
suv omborlarida cho‘kmalarni tozalash jarayonlarini avtomatik nazorat qilish va boshqarishga mo‘ljallangan o‘lchov vositalari uchun zamonaviy komponentlar va o‘lchash uslublaridan foydalangan holda ularning asbobiy, algoritmik va dasturiy ta’minotini qurish metodikasi ishlab chiqilgan;
bir vaqtning o‘zida suyuq muhitining harorati, sathi, loyqalik darajasi va cho‘kma konsentratsiyasini, shuningdek, tezlik va suv osti bosimini o‘lchash imkoniyatiga ega nazorat va boshqaruv tizimlarining intellektual o‘zgartirgichlari asosida mikroprotsessorli qurilmaga ega bo‘lgan optoelektron o‘lchov asbobi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Suv omborlari tubini cho‘kmalardan tozalash jarayonini nazorat va boshqaruv tizimining ko‘pfunksional o‘zgartirgichlarni ishlab chiqish natijasida:
“Suv omborlari tubidagi cho‘kmalarni tozalash qurilmasi” eksperimental qurilmasiga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” Davlat muassasasi tomonidan foydali modelga patent olingan (№ FAP 02146 08.11.2022). Natijada, datchiklar, o‘lchov o‘zgartirgichlari va protsessorlarning alohida funksional bloklarini ajratish hamda ularning ierarxiyasini belgilash imkonini bergan;
ko‘p funksiyali o‘zgartirgich moduli suv omborlari tubidagi cho‘kmalarni tozalash uchun har xil turdagi va maqsadli o‘lchash o‘zgartirgichlari yordamida real vaqt rejimida ma'lumot almashish uchun ishlab chiqilgan qurilmasiga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” Davlat muassasasi tomonidan foydali modelga patent olingan (№ FAP 2491 07.05.2024). Natijada, o‘lchashlarning aniqligi va tezligini sezilarli darajada oshiruvch apparat-texnik va dasturiy vositalarning to‘liq integratsiyasi ta’minlangan;
suv omborlari tubidagi cho‘kmalarni tozalash jarayonlarini nazorat qilish va boshqarish tizimi uchun ko‘p funksiyali qurilma “Oqsuv” irrigasiya tarmoqlari boshqarmasiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 14 maydagi 03/28-1712-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘lchovlarning aniqligi oshishi, moddiy va energiya resurslarining qisqarishi, suv resurslari sifati yaxshilanishi ta’minlangan.