Xusanova Djamilya Kurambaevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Quvurlarda ikki fazali oqimning tashuvchanlik qobiliyatini hisoblash uslubini takomillashtirish», 05.09.07 – «Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T4535.
Ilmiy rahbar: Arifjanov Aybek Muxamedjanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik muhandislik bilim yurti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/27.02.2020.T.73.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Azizbek Abdulazizovich Baxodirov – texnika fanlari doktori, professor; Sherali Sharipovich Jo‘raev – texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura qurilish universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: quvurlarda ikki fazali oqimning fizik xususiyatlarini va harakat rejimini inobatga olib tashuvchanlik qobiliyatini hisoblash usulini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
 quvurlarda ikki fazali oqimning matematik modeli, ikki fazali oqimning fizik xususiyatlari va harakat rejimini inobatga olib takomillashtirilgan;
 o‘zi oqar quvurlardagi gidravlik qarshiliklar baholangan hamda polietilen quvurlarda gidravlik ishqalanish koeffisientini quvur g‘adir - budurligi va Reynolds mezoniga bog‘liq ravishda hisoblash usuli takomillashtirilgan;
 suv oqova tarmoqlarida balchiqlanish tezligi (kritik tezligi), oqova suvlarni o‘zi oqar quvurlarda harakatlanish shartlari oqova suvlar tarkibidagi muallaq moddalarning tarkibiy qismi, konsentratsiyasini miqdorini inobatga olib gidravlik hisoblash usuli ishlab chiqilgan; 
 o‘zi oqar tarmoqlarning to‘liq darajasiga bog‘liq ravishda asbest, po‘lat va polietilen quvurlarda oqova suvlar oqimining tashuvchanlik qobiliyatini hisoblash usuli takomillashtirilga; 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: quvurlarda ikki fazali oqimning tashuvchanlik qobiliyatini hisoblash usulini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
quvurlarda ikki fazali oqimning kinematik parametrlarini hisoblash metodi Toshkent viloyat Chirchiq shahar «Ma’rifat» MFY xududining naporli quvurlarida amaliyotga joriy etilgan («O‘zsuvta’minoti» aksiyadorlik jamiyatining 2025- yil 13- fevraldagi 1/21 - 612- son ma’lumotnomasi). Natijada oqova suv quvurlarining tashuvchanlik qobiliyati 15% gacha oshirish imkonini bergan;
naporli quvurlarda ikki fazali oqimning fraksion tarkibini inobatga olib kinematik parametrlarini hisoblash usuli Toshkent viloyati Chirchiq shahar «Ma’rifat» MFY xududida amaliyotga joriy etilgan («O‘zsuvta’minoti» aksiyadorlik jamiyatining 2025- yil 13- fevraldagi 1/21 - 612- son ma’lumotnomasi). Natijada oqova suvlar tarkibining o‘zgarishini inobatga oluvchi kritik tezlik topilgan va ikki fazali oqimning aniq miqdorini hisoblash imkonini bergan;
quvurlarda ikki fazali oqimlarning harakati davomida gidravlik qarshiliklarni hisoblash usuli Toshkent viloyati Chirchiq shahar «Ma’rifat» MFY xududida amaliyotga joriy etilgan («O‘zsuvta’minoti» aksiyadorlik jamiyatining 2025- yil 13- fevraldagi 1/21 - 612- son ma’lumotnomasi). Natijada ikki fazali oqimda gidravlik qarshiliklarni minimum darajaga etkazish orqali energiya tejash imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish