Tojiboev Sherali Imomali o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Paxta terish mashinalari bilan agregatlangan traktor dvigatellarining sovutish tizimini takomillashtirish” mavzusida 05.08.06 – “G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T2133
Ilmiy rahbar: Shermuxamedov Abdulaziz Adilxakovich texnika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat texnika instituti, PhD.03/30.09.2020.T.124.01
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Bayboboev Nabijon G‘ulomovich, texnika fanlari nomzodi, professor Tadjibaev Abdunabi Abdurahmonovich
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Paxta terish mashinalari bilan agregatlangan traktor dvigatellarining sovutish tizimini takomillashtirish orqali ish samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta terish mashinalari bilan agregatlangan traktor dvigatellari sovutish tizimiga ta’sir etuvchi omillarga bog‘liq ravishda o‘zgarish bog‘lanishlari asosida suvutish tizimi uchun takomillashtirilgan sxema va uning tajriba namuna konstruksiyasi joriy qilingan hamda paxta tersh mashinalari bilan agregatlangan traktorning ekspluatatsiya jarayonidagi samaradorligi ta’minlangan.
paxta terish mashinalari bilan agregatlangan traktor dvigatelining sovutish tizimini kompleks hisoblash uslubi orqali atrof-muhit harorati va ifloslanishi, dvigatelning ish rejimi, uning butun massasi haroratining o‘zgarishi, radiatorning old yuzasidagi panjaralarning havo o‘tkazuvchanligi pasayishi kabi omillar ta’sirida sovutish tizimining ish jarayonida haroratning o‘zgarishi dinamikasi aniqlangan;
paxta terish mashinalari bilan agregatlangan traktor dvigatellarining sovutish tizimiga ta’sir etuvchi omillar (atrof-muhit harorati va ifloslanishi, dvigatelning ish rejimi, uning butun massasi haroratining o‘zgarishi, radiatorning old yuzasidagi panjaralarning havo o‘tkazuvchanligi pasayishi)ga bog‘liq ravishda sovutish tizimiga o‘rnatilgan qo‘shimcha tozalovchi qurilmaning sxemasi va elementlarini hisoblash uslubi ishlab chiqilgan;
sovutish tizimiga o‘rnatilgan qo‘shimcha tozalovchi qurilma tizimining parametr (ressiver, forsunka, truboprovod, kollektor)larini hisoblash uslubi ishlab chiqilgan va asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxta terish mashinalari bilan agregatlangan traktor dvigatellarining sovutish tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
paxta terish mashinalari bilan agregatlangan traktor dvigatellarining sovutish tizimiga o‘rnatilgan qo‘shimcha tozalovchi qurilmaning sxemasi, elementlarini hisoblash uslubi va parametrlari asosida ishlab chiqilgan tajriba namunasi Namangan viloyati Pop tumanining “Chig‘anoq sohili” va “Pop-Olmos gavhari” fermer xo‘jaliklarida xo‘jalik sinovlaridan o‘tkazilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining Qishloq xo‘jalgida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 29 maydagi 05/04-04-238-son ma’lumotnomasi, dalolatnomalar, Pop tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limining 52-son ma’lumotnomasi); Natijada paxta terish mashinalari bilan agregatlangan traktorning ish unumdoligini 25%ga oshirishga erishilgan;
paxta terish mashinalari bilan agregatlangan traktor dvigatellarining sovutish tizimini kompleks hisoblash uslubi orqali turli omillar ya’ni atrof-muhit harorati va ifloslanishi, dvigatelning ish rejimi, uning butun massasi haroratining o‘zgarishi, radiatorning old yuzasidagi panjaralarning havo o‘tkazuvchanligi pasayishi ta’sirida dvigatel sovutish tizimining ish jarayonida haroratning o‘zgarish dinamikasi joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining Qishloq xo‘jalgida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 29 maydagi 05/04-04-238-son ma’lumotnomasi, Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahridagi “Marg‘ilon mexanika zavodi” MChJ ning 2022 yil 9 fevraldagi 21-son ma’lumotnomasi). Natijada, sovutish tizimi uchun qurilmaning tajriba nusxalarini ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan.