Ma’dieva Adiba Dovudovnaning
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbek va nemis zamonaviy she’riyatida an’anaviy obrazlar poetikasi” mavzusidagi  10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisoslikligi bo‘yicha 
    Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil4870
    Ilmiy rahbar: Xallieva Gulnoz Iskandarovna, filologiya fanlari doktori, professor 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti huzuridagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini beruvchi PhD.03.05.05.2023.Fil.163.01. raqamli Ilmiy kengash 
Rasmiy opponentlar:  filologiya fanlari doktori (DSc) professor Muhibova Ulfatoy Uchqunovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor Tursunov Akmal Hamidjonovich  
Yetakchi tashkilot: Fargʻona davlat universiteti          
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va nemis zamonaviy she’riyatida an’anaviy obrazlar poetikasini badiiylik mezonlari asosida ochib berish va qiyosiy tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
zamonaviy o‘zbek va nemis she’riyatida fasllar, astronomik hodisalar, flora va faunaga oid an’anaviy obrazlarning falsafiy va ramziy talqini gumanizm, estetik tuyg‘u, chuqur mushohada va mantiqiylik kabi badiiylik mezonlari asosida tizimli tahlil qilinib, ularning mushtarak va o‘ziga xos xususiyatlari aniqlangan;
tog‘, bulut, yaproq, inson, harflar va oshiq obrazlari epitet, metafora, jonlantirish, antiteza va o‘xshatish kabi badiiy tasvir vositalari orqali g‘oyaviy va poetik jihatdan boyitilib, yangi badiiy ifoda imkoniyatlari yaratgani hamda hayot, inson tafakkuri va borliqning uzviy bog‘liqligini yoritishda muhim estetik ahamiyat kasb etgani tizimli tahlil asosida isbotlangan;
anafora, epifora, gradatsiya, alliteratsiya, assonans va ellipsis kabi stilistik figuralar vatan, gul, quyosh, burgut, bulut va oshiq kabi an’anaviy obrazlarning yangi badiiy shakl va mazmun kasb etishiga, ularning semantik doirasini kengaytirish hamda nutqiy-hissiy ta’sirchanligini oshirishga xizmat qilganligi o‘zbek va nemis she’riyatining qiyosiy tahlili asosida ochib berilgan;
o‘zbek va nemis shoirlarining betakror badiiy mahorati inson, gul, yor,  tumor, er, globus va mo‘ysafid kabi an’anaviy obrazlar talqinida zamonaviy tafakkurning teranligi, intellektual yondashuvlar asosida o‘ziga xos noan’anaviy mazmun va uslubiy yangilik yaratishda namoyon bo‘lgani misollar asosida dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va nemis zamonaviy she’riyatida an’anaviy obrazlar poetikasini tadqiq etish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020–2023-yillarda bajarilgan AM-F3-201908172-sonli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” amaliy loyihasida dissertatsiyada ilgari surilgan an’anaviy obrazlarning poetik-falsafiy xususiyatlari, ularning adabiy jarayondagi o‘rni va turli madaniy kontekstlardagi semantik yuklamalari asosida turli ijodiy yo‘nalishlardagi badiiy materiallarning tavsifi va tasnifiga oid metodik asoslar ishlab chiqildi (04/1-466-sonli ma’lumotnoma, 06.02.2025). Natijada, loyiha korpusidagi poetik matnlar poetik tafakkur, obraz turlari va badiiy innovatsiyalar nuqtayi nazaridan boyitildi va loyihada foydalanilgan nazariy asoslar dissertatsiyadagi qiyosiy poetik tahlil bilan to‘ldirildi; 
mazkur universitetda 2021–2023-yillarda amalga oshirilgan PF-201912258-raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” amaliy loyihasi doirasida tadqiqotda aniqlangan fasllar, astronomik hodisalar, flora va fauna obrazlarining badiiy talqini va ramziy-estetik yuki elektron platformaning poetik matnlar tahliliga bag‘ishlangan bo‘limlarini shakllantirishda qo‘llanildi (04/1-449-sonli ma’lumotnoma, 05.02.2025). Natijada, platformadagi badiiy matnlar qiyosiy poetik komponentlar, obrazlar evolyusiyasi va semantik differensiallik mezonlari asosida boyitildi, dissertatsiyada ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar elektron materiallarni tizimlashtirishda asos bo‘ldi;
2023–2025-yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida amalga oshirilgan IL-27-4722022413-sonli “Komparativistika” elektron platformasini yaratish” innovatsion loyihasida A.Ma’dievaning dissertatsiya asosida tayyorlangan “Nora Gomringer she’riyatida badiiy tasvir va uslub masalalari” sarlavhali maqolasi e’lon qilindi. Mazkur maqolada an’anaviy obrazlarning stilistik shakllanishi, poetik modernizm bilan uyg‘unlashuvi tadqiq etilgan(04-04-1/1894-sonli ma’lumotnoma, 19.04.2025). Natijada, maqola asosida elektron platformaning “zamonaviy nemis she’riyati”ga doir tahliliy bazasi kengaytirildi, shuningdek, poetik obrazlar tasnifi, stilistik figura va uslubiy innovatsiyalar haqidagi tavsiflar mazkur ilmiy-resursning tarkibiy qismiga kiritildi;
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan taqdim etilgan rasmiy ma’lumotnomaga ko‘ra, dissertatsiyada ilgari surilgan an’anaviy obrazlarning zamonaviy talqini, ularning milliy-estetik tafakkurdagi o‘rni, poetik tasvir vositalari va stilistik figuralar orqali shakllanishi uyushmaning adabiy-ma’rifiy faoliyati, ijodiy yo‘nalishlarni aniqlash va ustuvor konsepsiyalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (01-01/250-sonli ma’lumotnoma, 04.06.2025). Natijada, dissertatsiya asosidagi qarashlar uyushmaning yo‘l xaritalari, adabiy dasturlari, targ‘ibot ishlari va seminar-treninglarida amaliy-metodik asos sifatida qo‘llanilib, zamonaviy adabiy jarayonga ilmiy yondashuvni chuqurlashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish