Arzikulova Munisa Shuxrat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aterosklerozi bor bemorlarda parodontitni davolashning klinik va immunologik asoslari», 14.00.21 – Stomatologiya, 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2022.3.PhD/Tib3048.
Ilmiy raxbarlar: Rizaev Elyor Alimdjonovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent, Agababyan Irina Rubenovna, tibbiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02.
Rasmiy opponentlar: Belenova Irina Aleksandrovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Tashkenbaeva Eleonora Negmatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: MARA texnologiyalar universiteti (Malayziya).
II. Tadqiqotning maqsadi: ateroskleroz fonida parodontit kasalligiga chalingan bemorlarni davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘rta yoshdagi bemorlarda parodontit koronar arteriyalar aterosklerozi patomorfologik qo‘zg‘atuvchisi bo‘lib, kasallik kechishini og‘irlashtirishi isbotlangan;
parodontit va koronar arteriyalar aterosklerozi bilan og‘rigan bemorlarda har ikkala kasallikning standart terapiyasi fonida ham yallig‘lanishga qarshi sitokinlarning yuqori darajasi aniqlangan;
statinlarning parodontit va koronar arteriyalar aterosklerozi patomorfologik uzgarishlar asosida turli bosqichdagi klinik kechishiga ta’sirining samaradorligi asoslangan;
parodontitlarning ananaviy davolash fonida statin qabul qilishni uzoq muddatli va qat’iy nazorat qilish past zichlikdagi lipoproteinlar, umumiy xolestirin, trigliseridlar darajasining sezilarli darajada pasayishiga, yukori zichlikdagi lipoproteinlarning oshishiga, shuningdek, yallig‘lanish oldi sitokinlarining pasayishiga, xamda, parodont to‘qimalari holatining sezilarli darajada yaxshilanishiga olib kelishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
Koronar arteriyalar aterosklerozi bilan og‘rigan bemorlarda parodontitni davolash usullarini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida (O‘zbekiston Respublikasi SSV Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 10 martdagi № 13-sonli xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: o‘rta yoshdagi bemorlarda parodontit koronar arteriyalar aterosklerozi patomorfologik qo‘zg‘atuvchisi bo‘lib, kasallik kechishini og‘irlashtirishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan natijalar O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, Jizzax viloyat stomatologiya poliklinikasi (4.01.2025 yildagi 2-sonli buyrug‘i) va Samarqand viloyat stomatologiya poliklinikasi (2025 yil 17 yanvardagi 36-son buyrug‘i) faoliyatiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: koronar arteriyalar aterosklerozi bilan og‘rigan bemorlarda surunkali parodontitni o‘z vaqtida oldini olish maqsadida ateroskleroz fonida surunkali parodontit rivojlanishini bashorat qilishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar, laborator va instrumental tekshiruv standartlari ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan. Bu, o‘z navbatida, aholida yurak-qon tomir kasalliklarining tarqalishini kamaytirish, nogironlik va yutqazilgan mehnat qobiliyati holatlarini oldini olish, hayot sifatini yaxshilash va kasallikka chalinganlarning faol ijtimoiy hayotga qaytishini ta’minlashga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: parodontit va koronar arteriyalar aterosklerozi o‘rtasidagi bog‘liqlikni hisobga olgan holda joriy etilgan yangi diagnostik va davolash algoritmlari orqali har bir bemor uchun dori vositalarini iste’mol qilish va shifoxonada yotib davolanish xarajatlari sezilarli darajada kamaytirildi. Ambulator bosqichda parodontitni erta aniqlash va maqsadli davolash orqali o‘rtacha 924000 so‘mlik sarf mablag‘ etarli bo‘lgan bo‘lsa, an’anaviy usullarda bu ko‘rsatkich o‘rtacha 1325000 so‘mni tashkil etdi. Natijada, har bir bemor uchun 401000 so‘mgacha yoki taxminan 30,3% mablag‘ tejaldi. Xulosa: Tadqiqot natijalariga ko‘ra, parodontitni ateroskleroz fonida o‘z vaqtida aniqlash va kompleks davolash orqali bemorlarning shifoxonada davolanish muddati 25–30% ga qisqardi, dori vositalaridan foydalanish hajmi 30% ga kamaydi, va aholi salomatligi hamda hayot sifatini yaxshilash 40% gacha yuqori samara ko‘rsatdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: parodontit va koronar arteriyalar aterosklerozi bilan og‘rigan bemorlarda har ikkala kasallikning standart terapiyasi fonida ham yallig‘lanishga qarshi sitokinlarning yuqori darajasi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan natijalar O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, Jizzax viloyat stomatologiya poliklinikasi (4.01.2025 yildagi 2-sonli buyrug‘i) va Samarqand viloyat stomatologiya poliklinikasi (2025 yil 17 yanvardagi 36-son buyrug‘i) faoliyatiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: stomatologga muntazam tashrif buyurish, tish gigienasi, og‘iz bo‘shlig‘ini qat’iy nazorat qilish bemorlarning o‘zini his qilishini sezilarli darajada yaxshilaydi va aterosklerozning rivojlanishini kamaytiradi. patomorfologik Yallig‘lanishga qarshi sitokinlarni nazorat qilish imkonini beruvchi qo‘shimcha terapevtik strategiyalarni joriy etish orqali, har bir bemor uchun dori vositalarini tanlash va dozalashni individuallashtirish imkoniyati yaratildi. Iqtisodiy samaradorligi: bu ambulator bosqichdagi samarali nazorat va erta koreksiya orqali o‘rtacha 913000 so‘mlik xarajat bilan yuqori yallig‘lanish darajasini pasaytirishga erishilgan bo‘lsa, standart yondashuvda bu ko‘rsatkich o‘rtacha 1312000 so‘mni tashkil etgan. Natijada, har bir bemor hisobida 399000 so‘mgacha yoki taxminan 30,4% mablag‘ tejaldi. Xulosa: Parodontit va koronar ateroskleroz bilan og‘rigan bemorlarda standart terapiya fonida yallig‘lanishga qarshi sitokinlarning yuqori darajada saqlanishi aniqlangani, davolash taktikasini qayta ko‘rib chiqish zarurligini ko‘rsatdi. Yangicha integrativ yondashuvlardan foydalanish yallig‘lanish darajasini 60–70% gacha kamaytirish, davolanish xarajatlarini 30% gacha qisqartirish va aholi salomatligiga ta’sirini 40% gacha yaxshilash imkonini berdi.
uchinchi ilmiy yangilik: statinlarning parodontit va koronar arteriyalar aterosklerozi patomorfologik uzgarishlar asosida turli bosqichdagi klinik kechishiga ta’sirining samaradorligi asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan natijalar O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, Jizzax viloyat stomatologiya poliklinikasi (4.01.2025 yildagi 2-sonli buyrug‘i) va Samarqand viloyat stomatologiya poliklinikasi (2025 yil 17 yanvardagi 36-son buyrug‘i) faoliyatiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijalariga ko‘ra, statinlar nafaqat giperlipidemiya va koronar arteriyalar aterosklerozini davolashda, balki turli bosqichdagi parodontitda ham samarali ta’sir ko‘rsatishi aniqlandi. Ular yallig‘lanishga qarshi sitokinlar darajasini pasaytirish va to‘qimalardagi destruktiv jarayonlarni sekinlashtirish orqali parodont to‘qimalari barqarorligini saqlashga yordam beradi. Bu holat bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i gigienasini yaxshilash, infeksiya xavfini kamaytirish va yurak-qon tomir asoratlarini oldini olish imkonini yaratdi. Iqtisodiy samaradorligi: statinlarni parodontit va aterosklerozni birgalikda davolashda qo‘llash orqali har bir bemor uchun dori vositalarini uzoq muddatli va to‘g‘ri tanlash natijasida o‘rtacha 921000 so‘m sarflangan bo‘lsa, standart davolashda bu ko‘rsatkich 1330000 so‘mni tashkil etgan. Ya’ni, har bir bemor hisobida 409000 so‘m yoki taxminan 30,8% mablag‘ tejalishiga erishildi. Bundan tashqari, shifoxonada yotib davolanish holatlari soni 20–25% ga kamaygan. Xulosa: Statinlarni parodontit va koronar ateroskleroz klinik kechishiga ta’siri 85–90% holatlarda samarali ekani isbotlandi. Ular yallig‘lanish darajasini pasaytirar ekan, bemorlarning umumiy holatini yaxshiladi, dori vositalaridan foydalanish 30% ga, shifoxonada davolanish ehtimoli esa 25% ga kamaydi, bu esa tibbiy xizmatlar samaradorligini va aholi hayot sifatini 40% gacha oshirish imkonini berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: parodontitlarning ananaviy davolash fonida statin qabul qilishni uzoq muddatli va qat’iy nazorat qilish past zichlikdagi lipoproteinlar, umumiy xolestirin, trigliseridlar darajasining sezilarli darajada pasayishiga, yukori zichlikdagi lipoproteinlarning oshishiga, shuningdek, yallig‘lanish oldi sitokinlarining pasayishiga, xamda, parodont to‘qimalari holatining sezilarli darajada yaxshilanishiga olib kelishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan natijalar O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, Jizzax viloyat stomatologiya poliklinikasi (4.01.2025 yildagi 2-sonli buyrug‘i) va Samarqand viloyat stomatologiya poliklinikasi (2025 yil 17 yanvardagi 36-son buyrug‘i) faoliyatiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: statinlarni parodontitning standart terapiyasi fonida uzoq muddatli va qat’iy nazoratda qabul qilish orqali yallig‘lanish oldi sitokinlar darajasining pasayishi, parodont to‘qimalari holatining yaxshilanishi va umumiy metabolik ko‘rsatkichlarning barqarorlashuvi ta’minlandi. Bu holat fuqarolarda og‘iz bo‘shlig‘i salomatligiga nisbatan ongli yondashuvni shakllantirdi, parodont kasalliklarining residivlari va yurak-qon tomir asoratlari xavfini kamaytirdi, aholi salomatligini kompleks ravishda yaxshilashga xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot davomida aniqlandiki, statinlarni standart terapiya bilan birga qabul qilish PZLP, UX va trigliseridlar darajasini pasaytirish, YuZLP darajasini oshirish orqali kasallikni barvaqt nazorat qilish imkonini berdi. Bunga asosan, har bir bemor uchun xarajatlar 918000 so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, standart terapiyada bu ko‘rsatkich o‘rtacha 1320000 so‘mga teng bo‘lgan. Shu bilan, bir bemor hisobida 402000 so‘m yoki taxminan 30,4% mablag‘ tejalishiga erishildi. Shuningdek, statsionar davolanish ehtiyoji 20–25% ga kamaydi. Xulosa: Parodontitning standart terapiyasi fonida statinlarni uzoq muddatli va qat’iy nazoratda qo‘llash 85–90% holatlarda lipid almashinuvini yaxshiladi, yallig‘lanish darajasini 50% gacha pasaytirdi va parodont to‘qimalari holatini 60% gacha yaxshiladi. Bu, o‘z navbatida, tibbiy xarajatlarni 30% gacha kamaytirish va aholi salomatligi ko‘rsatkichlarini 40% gacha oshirish imkonini yaratdi.