Niyozova Shahlo Abdusaitovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Eksport uchun mo‘ljallangan, sovutib saqlangan olma va o‘rikning kimyoviy tarkibi hamda xavfsizligini tadqiq etish», 02.00.17 - Qishloq xo’jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnololgiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4853.
Ilmiy rahbar: Dodaev Qo‘chqor Odilovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Serkaev Qamar Pardaevich, texnika fanlari doktori, professor; Safarov Jasur Esergatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: olma va o‘rik mevalarini eksport uchun sovutib saqlash va istemolchiga etkazib berish tizimining takomillashtirilgan texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
olmaning tekstura qattiqligi 7,90±1,29(Pa), zichligi 0,92±0,5 (g/sm3) va o‘rikning tekstura qattiqligi 4,25±1,94 (Pa), zichligi 0,82±0,5 (g/sm3) aniqlanib, eksport uchun Subhoniy o‘rik va Golden Delicious olmasi maqbul ekanligi asoslangan;
olmani namlik 90 - 95 % bo‘lgan sovutish kameralarida minus 1 - 0 °C haroratda 7-45 kun, o‘rikni namlik 85 - 90 % bo‘lgan sovutish kameralarida -minus 1 - 0,5 °C haroratda 7-35 kun saqlab eksport qilish samarasi isbotlangan;
mevalarni bakteriyalogik urug‘lanishini tadqiq qilish uchun bakteriyalar DNK siga mos keluvchi spesifik 16S rRNA praymerlari olingan va eksportbop mevalarni mikrobiologik tahlil qilish imkoniyatlari asoslangan;
eksport uchun mo‘ljallangan olma va o‘rik meva larini an’anaviy sovutish kameralarida saqlash davridagi kimyoviy tarkibi olmada flavonoidlar (karotin) 275 mg, fenol birikmalar 254 mg/%, umumiy kislotalar miqdori 0,33%, askorbin kislotasi 0,534 mg/% va o‘rik mevasida flavonoidlar (karotin) 324 mg/%, fenol birikmalar 412 mg/%, umumiy kislotalar miqdori 0,33% va askorbin kislotasi 9,34 mg/% aniqlanib, an’anaviy usulda sovutib saqlash samarasi asoslangan;
olma mevalarini sovutish kameralarida 1-3 oy saqlaganda 7200-21600 mg/kg -gacha CO₂ chiqarishi, o‘rtacha 1-3% (10-30 g) -gacha suv yo‘qotishi, o‘rik mevalarida esa 1 oydan 3 oygacha saqlaganda 10800-32400 mg/kg CO₂ chiqarishi va 2-6 % (20-60 g) suv yo‘qotilishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Olma va o‘rik mevalarini eksport uchun sovutib saqlash va istemolchiga etkazib berish tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘rikning Subhoniy va olmaning Golden Delicious navlarini eksport qilishdan oldin saqlash texnologiyasi «Hisor yulduzi» MChJning «2021-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi»ning 2025 yilning 27 fevralidagi 27-17/02-25-son ma’lumotnomasi). Natijada, eksportga mo‘ljallangan sovutib saqlangan olma va o‘rikning kimyoviy tarkibi hamda xavfsizligini taminlash imkonini beradi;
eksport uchun mo‘ljallangan o‘rik va olma mevalarini an’anaviy sovitish kameralarida saqlash texnologiyasi «Hisor yulduzi» MChJning «2021-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi»ning 2025 yilning 27 fevralidagi 27-17/02-25-son ma’lumotnomasi). Natijada, eksport uchun saralangan olma mevasini 0-(-1) S xarorat va 90 - 95 % namlik ko‘rsatgichlariga ega sovutish kameralarida 7-45 kun, o‘rikni 0,5 - (-1) S xarorat va 85 - 90 % namlik bo‘lgan sovutish kameralarida 7 - 35 kun saqlash imkonini beradi.