Raximov Bog‘ibek Karimboevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Peritonitlarda qorin parda to‘qimasi reaksiyasining morfofunksional tavsifi», 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Tib1019.
Ilmiy maslahatchi: Rasulov Hamidulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Mirsharapov Utkur Mirsharapovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Tulaganov Davron Baxtiyarovich, tibbiyot fanlari doktori; Xamidova Farida Muinovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: B.El`sin nomidagi Qirg‘iz-Rossiya slavyan universiteti (Qirg‘iziston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: peritonitlarning etiologik turlari, qamrovi va muddatiga qarab qorin parda to‘qima reaksiyasini morfologik, morfometrik, gistokimyoviy, immunogistokimyoviy o‘zgarishlarini asoslash va patologik jarayonning mexanizmlarini aniqlash orqali bashoratlashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
peritonitda klinik-anamnestik va yallig‘lanish jarayonining tarqalganligi, shuningdek bemorlarning yoshidan kelib chiqib, davolash usullarini tanlash, operasiyaga tayyorlash va uni amalga oshirilishi qiyosiy taxlili asosida operatsiya oldi korreksiyalash uslubining afzalligi asoslangan; 
peritonitda qorin parda granulyasion to‘qimaning tubida, ayniqsa, qorin pardaning biriktiruvchi to‘qimali asosi bilan chegarasida tomirlar atrofida fibroblastlarning to‘planishi, qorin pardaning chuqur qatlamlarida kollagen tolalarining distrofik o‘zgarishlari, ularning gomogenlashishi va shishi kuzatilib, kollagenning destruksiya o‘choqlarida qon tomir proeksiyasi bo‘ylab hujayra elementlari joylashuvi hamda gistokimyoviy jihatdan biriktiruvchi to‘qimaning dezorganizasiya belgilari va glikozaminoglikanlarning o‘choqli to‘planishi yallig‘lanishning chuqurlashib borishiga sabab bo‘lishi asoslangan;
yosh davrlari davomida qorinparda limfa tomirlari vizual aniqlanmasligi, peritonitda esa sog‘lom qorinparga nisbatan limfa tomirlari kengayishi bo‘shlig‘ining to‘laligi hisobiga uzuq yuluq ipsimon (bo‘rtib turishi) ko‘rinishi limfa kapillyarlarida tiqilishi, SD 31 markeri ekspressiyasining kuchayishi kuzatilishi orqali qorin parda drenaj faoliyati susayganligi isbotlangan;
peritonitda jarrohlik aralashuvi oldi davrdagi infuziya tarkibiga antigistamin vositasi ham qo‘shilganda, qorin parda yuzasining sezilarli darajada tozalanishi, fibrinoz qoplama qoldiqlari granulyasion to‘qimalar orasidagina saqlanib qolishi, shish va qon tomir buzilishlari, yallig‘lanish reaksiyasining jadalligi sezilarli kamayishi isbotlangan;
peritonitlarda qorin parda to‘qimasining yallig‘lanish tavsifiga  binoan immunogistokimyoviy markerlar ekspressiyalanishi solishtirilganda CD31 (qon va limfa tomirlarini bo‘yash) monoklonial ekspressiyasi 34%ni, submezotelial kapillyar va limfatik tomir zichligi tarqalgan peritonitda yuqori ekspressiya namoyon qilishi, shuningdek, c-kit (CD117) – tirozinkinaza transmembranoz reseptorlarining immunogistokimyoviy reaksiyasi semiz hujayralarning migrasiyasi, etilishi va proliferasiyasini visseral qorin pardada  CD117 butun ko‘ruv maydoni bo‘ylab 89%gacha, parital qorin pardaning faqat yuzasi va mezotelial qavatida 47%gacha ekspressiyasi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Peritonitlarda qorin parda to‘qimasi reaksiyasining morfofunksional tavsifi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: peritonitda klinik-anamnestik va yallig‘lanish jarayonining tarqalganligi, shuningdek bemorlarning yoshidan kelib chiqib, davolash usullarini tanlash, operasiyaga tayyorlash va uni amalga oshirilishi qiyosiy taxlili asosida operatsiya oldi korreksiyalash uslubining afzalligi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 25 dekabrdagi 03/321-son bilan tasdiqlangan «Peritonitlarda operatsiyaga tayyorlash samaradorligini yaxshilash uslubi» hamda 2024 yil 25 dekabrdagi 03/323-son bilan tasdiqlangan «Peritonitlarda qorin parda to‘qimalarining struktur reaksiyasiga qarab natijadorlikni baholash» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasi U.Xolmuratov nomidagi ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 26.12.2024 yildagi 236“I”-son, Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi bo‘yicha 21.04.2025 yildagi 058/AF/2025-son, Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 12.12.2024 yildagi 113-son, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm filiali bo‘yicha 11.12.2024 yildagi 257-“I”-son hamda Buxoro filiali bo‘yicha 11.12.2024 yildagi 257-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 7 maydagi 17-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: turli shakl va og‘irlikdagi peritonitlarni diagnostikasini optimallashtirishda va operasiyadan keyingi davrda bemorlarning tiklanish jadalligini sezilarli oshiradi. Olingan natijalardan foydalanganda, peritonitlarda bemorlarni operasiya oldi tayyorlash tadbirlarida, oxir oqibat ularning samaradorligini optimallashtirishda qo‘l keladi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolash va asoratlarni oldini olishga sarflanadigan 950000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘lar peritonit bilan kechuvchi qorin bo‘shlig‘i a’zolarining o‘tkir kasalliklarida Suprastinni qo‘llash orqali bemorlarning o‘rin kunlarining qisqarishi, operasiyadan keyingi davrda bemorlarning erta faollashtirishi, bemorlar ish faoliyatining ertaroq tiklanishiga olib kelishi natijasida iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: peritonitda qorin parda granulyasion to‘qimaning tubida, ayniqsa, qorin pardaning biriktiruvchi to‘qimali asosi bilan chegarasida tomirlar atrofida fibroblastlarning to‘planishi, qorin pardaning chuqur qatlamlarida kollagen tolalarining distrofik o‘zgarishlari, ularning gomogenlashishi va shishi kuzatilib, kollagenning destruksiya o‘choqlarida qon tomir proeksiyasi bo‘ylab hujayra elementlari joylashuvi hamda gistokimyoviy jihatdan biriktiruvchi to‘qimaning dezorganizasiya belgilari va glikozaminoglikanlarning o‘choqli to‘planishi yallig‘lanishning chuqurlashib borishiga sabab bo‘lishi asoslanganligi takliflar Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 25 dekabrdagi 03/321-son bilan tasdiqlangan «Peritonitlarda operatsiyaga tayyorlash samaradorligini yaxshilash uslubi» hamda 2024 yil 25 dekabrdagi 03/323-son bilan tasdiqlangan «Peritonitlarda qorin parda to‘qimalarining struktur reaksiyasiga qarab natijadorlikni baholash»  nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasi U.Xolmuratov nomidagi ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 26.12.2024 yildagi 236“I”-son, Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi bo‘yicha 21.04.2025 yildagi 058/AF/2025-son, Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 12.12.2024 yildagi 113-son, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm filiali bo‘yicha 11.12.2024 yildagi 257-“I”-son hamda Buxoro filiali bo‘yicha 11.12.2024 yildagi 257-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 7 maydagi 17-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: har xil etiologiyali peritonitlarda qorin pardaning chuqur qatlamlaridagi kollagen tolalarinnig distrofik o‘zgarishlari, kollagenning destruksiyali sohalarida qon tomirlari bo‘ylab hujayra elementlari joylashuvi hamda gistokimyoviy jihatdan biriktiruvchi to‘qimaning dezorganizasiya belgilari, glikozaminoglikanlarning o‘choqli to‘planishi qorin pardadagi chuqur yallig‘lanishlarga sabab bo‘lishini bilish aynan ko‘rsatilgan o‘zgarishlarga maqsadli tarzda ta’sir o‘tkazish, ya’ni peritonitda yanada fundomental yondashuv imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sraflanadigan 250000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘lari tarqalgan peritonitlarni davolashda qorin pardadagi patomorfologik jarayonlarni, ya’ni qorin pardaning chuqur qatlamlaridagi kollagen tolalarinnig distrofik o‘zgarishlari, kollagenning destruksiyali sohalarida qon tomirlari bo‘ylab hujayra elementlari joylashuvi hamda gistokimyoviy jihatdan biriktiruvchi to‘qimaning dezorganizasiya belgilari, glikozaminoglikanlarning o‘choqli to‘planishini inobatga olgan holda patogenetik yondashuv bemorlarning stasionarda bo‘lish muddatini kamaytirish natijasida iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: yosh davrlari davomida qorinparda limfa tomirlari vizual aniqlanmasligi, peritonitda esa sog‘lom qorinparga nisbatan limfa tomirlari kengayishi bo‘shlig‘ining to‘laligi hisobiga uzuq yuluq ipsimon (bo‘rtib turishi) ko‘rinishi limfa kapillyarlarida tiqilishi, SD 31 markeri ekspressiyasining kuchayishi kuzatilishi orqali qorin parda drenaj faoliyati susayganligi isbotlanganligi takliflar Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 25 dekabrdagi 03/321-son bilan tasdiqlangan «Peritonitlarda operatsiyaga tayyorlash samaradorligini yaxshilash uslubi» hamda 2024 yil 25 dekabrdagi 03/323-son bilan tasdiqlangan «Peritonitlarda qorin parda to‘qimalarining struktur reaksiyasiga qarab natijadorlikni baholash»  nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasi U.Xolmuratov nomidagi ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 26.12.2024 yildagi 236“I”-son, Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi bo‘yicha 21.04.2025 yildagi 058/AF/2025-son, Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 12.12.2024 yildagi 113-son, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm filiali bo‘yicha 11.12.2024 yildagi 257-“I”-son hamda Buxoro filiali bo‘yicha 11.12.2024 yildagi 257-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 7 maydagi 17-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tavsiya etilgan ushbu morfologik tekshiruvning iqtisodiy samaradorligi, bemorlarni operasiyaga tayyorlashda patogenetik yondoshuvni yaxshilash, ular sarf xarajatlarini kamaytirishga, ayniqsa, davolovchi shifokorlarga peritonit kasalligiga fundamental yondashuvga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sraflanadigan 250000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘lari peritonitning mikrobiologik etiologiyasini tashhislashning, ularni vaqt mobaynida almashinuvini bashoratlovchi tezkor uslublarini qo‘llash peritonit bilan og‘rigan bemorlarga ko‘rsatiladigan jarrohlik tibbiy yordamning sifatini oshiradi, operasiyadan keyingi davrda bemorlarni erta faollashtirish tufayli bemorlar turmush va ish faoliyatining ertaroq tiklanishi natijasida iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: peritonitda jarrohlik aralashuvi oldi davrdagi infuziya tarkibiga antigistamin vositasi ham qo‘shilganda, qorin parda yuzasining sezilarli darajada tozalanishi, fibrinoz qoplama qoldiqlari granulyasion to‘qimalar orasidagina saqlanib qolishi, shish va qon tomir buzilishlari, yallig‘lanish reaksiyasining jadalligi sezilarli kamayishi isbotlanganligi takliflar Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 25 dekabrdagi 03/321-son bilan tasdiqlangan «Peritonitlarda operatsiyaga tayyorlash samaradorligini yaxshilash uslubi» hamda 2024 yil 25 dekabrdagi 03/323-son bilan tasdiqlangan «Peritonitlarda qorin parda to‘qimalarining struktur reaksiyasiga qarab natijadorlikni baholash»  nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasi U.Xolmuratov nomidagi ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 26.12.2024 yildagi 236“I”-son, Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi bo‘yicha 21.04.2025 yildagi 058/AF/2025-son, Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 12.12.2024 yildagi 113-son, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm filiali bo‘yicha 11.12.2024 yildagi 257-“I”-son hamda Buxoro filiali bo‘yicha 11.12.2024 yildagi 257-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 7 maydagi 17-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: turli sabablar tufayli kelib chiqqan peritonitlarda jarrohlik aralashuvidan oldingi tayyorgarlik davrida infuzion davoning tarkibiga antigistamin vositasi ham qo‘shilganda, peritoneum yuzasining sezilarli darajada tozalanishi, fibrinoz qoplama qoldiqlari faqat granulyasion to‘qimalarning orasida aniqlanishi, shish hamda qon tomir destruksiyalari, shuningdek, yallig‘lanish reaksiyasi jadalligining sezilarli kamayishiga olib keladi va oqibatda operasiyadan keyingi davrdagi jiddiy asoratlar sonining ishonchli tarzda kamaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sraflanadigan 240000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘lari turli etiologiyali peritonitlarni davolashda operasiyadan oldingi tayyorgarlik vaqtidagi infuzion davo tarkibiga tavsiya etilgan tarzda antigistamin vositasini vena ichiga qo‘llash bemorlarning stasionarda bo‘lish davomiyligini qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi;
beshinchi ilmiy yangilik: peritonitlarda qorin parda to‘qimasining yallig‘lanish tavsifiga  binoan immunogistokimyoviy markerlar ekspressiyalanishi solishtirilgandi CD31 (qon va limfa tomirlarini bo‘yash) monoklonial ekspressiyasi 34%ni, submezotelial kapillyar va limfatik tomir zichligi tarqalgan peritonitda yuqori ekspressiya namoyon qilishi, shuningdek, c-kit (CD117) – tirozinkinaza transmembranoz reseptorlarining immunogistokimyoviy reaksiyasi semiz hujayralarning migrasiyasi, etilishi va proliferasiyasini visseral qorin pardada  CD117 butun ko‘ruv maydoni bo‘ylab 89%gacha, parital qorin pardaning faqat yuzasi va mezotelial qavatida 47%gacha ekspressiyasi isbotlanganligi takliflar Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 25 dekabrdagi 03/321-son bilan tasdiqlangan «Peritonitlarda operatsiyaga tayyorlash samaradorligini yaxshilash uslubi» hamda 2024 yil 25 dekabrdagi 03/323-son bilan tasdiqlangan «Peritonitlarda qorin parda to‘qimalarining struktur reaksiyasiga qarab natijadorlikni baholash»  nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasi U.Xolmuratov nomidagi ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 26.12.2024 yildagi 236“I”-son, Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi bo‘yicha 21.04.2025 yildagi 058/AF/2025-son, Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 12.12.2024 yildagi 113-son, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm filiali bo‘yicha 11.12.2024 yildagi 257-“I”-son hamda Buxoro filiali bo‘yicha 11.12.2024 yildagi 257-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 7 maydagi 17-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: eng zamonaviy usullardan biri bo‘lgan immunogistokiyoviy tekshiruvni qo‘llash, CD 31 hamda CD 117 larning ekspressiyani aniqlash tarqalgan peritonitlarning diagnostikasini yaxshilashda ko‘mak beradi hamda operasiyadan keyingi davrda peritonit bilan og‘rigan bemorlarning rekonvalessensiya muddatini sezilarli ravishda kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sraflanadigan 140000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘lari olingan natijalarni inobatga olgan tarzda davolash jarayoniga yondashish peritonit bilan kasallangan bemorlarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordamning sifatini oshirish, operasiyadan keyingi davrda bemorlarni erta muddatlarda odatiy turmush va ish faoliyatining ertaroq tiklanishi, kasallik asoratlarini kamaytirishi natijasida iqtisod qilinadi

Yangiliklarga obuna bo‘lish