Raximova Gulnoz Shamsievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘tkir bosh miya shikastlanishida urug‘donlar morfofunksional o‘zgarishlarining qiyosiy tavsifi” 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tib4016.
Ilmiy rahbar: Teshaev Shuxrat Jumaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/29.02.2024.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Xamidullo Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ishigov Ibragim Agaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Sog‘liq bilimlari universiteti (Turkiya).
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘tkir bosh miya shikastlanishida tajribada kalamushlar urug‘donlarining morfofunksional parametrlarining qiyosiy tavsifini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor tajribada bosh miya shikastlanishining o‘tkir davrida urug‘donlarning barcha tarkibiy qismlarida morfologik o‘zgarishlar kuzatilishi va shikastlanish muddatiga bog‘liq holda kuchayishi isbotlangan;
ilk bor bosh miya shikastlanishining o‘tkir davrida burama urug‘ naychalarining diametri, oqsil pardasining qalinligi kichrayishi, germinativ hujayralar sonining kamayishi va tomir o‘zanining kamayishi isbotlangan;
ilk bor Bcl-2 va Ki-67 markerlari bilan immunogistokimyoviy tadqiqotlar natijasida o‘tkir bosh miya shikastlanishida spermatogen hujayralarda tabiiy apoptotik jarayonlar susayishi, natijada etuk hujayralar hosil bo‘lishi kamayishi, shuningdek spermatogoniylar proliferatsiyasining kuchayishi asoslangan;
ilk bor bosh miya shikastlanishidan keyingi dastlabki birinchi va uchinchi kunlarida follikulani stimullovchi gormon, lyuteinlovchi gormon hamda testosteronning qonda darajasi keskin pasayishi, so‘ngra dinamikada ettinchi va yigirma birinchi kunlarda follikulani stimullovchi gormon, lyuteinlovchi gormon miqdori nisbatan oshganligi, shu bilan birga testosteron darajasi past saqlanishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘tkir bosh miya shikastlanishida urug‘donlar morfofunksional o‘zgarishlarining qiyosiy tavsifi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor tajribada bosh miya shikastlanishining o‘tkir davrida urug‘donlarning barcha tarkibiy qismlarida morfologik o‘zgarishlar kuzatilishi, shikastlanish muddatiga bog‘liq holda kuchayishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Buxoro davlat tibbiyot institutining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 13 mayda 24-m/085-son bilan tasdiqlangan «Bosh miya yopiq shikastlanishi o‘tkir davrida jinsiy etuk kalamushlar urug‘donidagi morfofunksional o‘zgarishlarni aniqlash metodikasi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali bo‘yicha 27.05.24 yildagi 95-son, Buxoro viloyat Patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 14.11.2024 yildagi 46-son hamda Kogon shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 10.05.2024 yildagi 1191-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 iyundagi 19/63-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkir bosh miya shikastlanishida urug‘donlarda yuzaga keladigan morfologik va morfometrik o‘zgarishlar natijasida ro‘y beradigan patologik jarayonlar inobatga olinishi davolash natijalarini yaxshilashga yordam berib, dastlabki bosqichlarda asoratlarni aniqlash va oldini olish tartibini tizimli tashkil etish imkonini berishi bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: bosh miya shikastlanishining o‘tkir davrida urug‘donlarning barcha tarkibiy qismlarida morfologik o‘zgarishlar kuzatilishi va shikastlanish muddatiga bog‘liq holda kuchayishini aniqlash va baholash usulining qo‘llanilishi amaliyotda bemorlarda bepushtlik oqibatlarini kamayishi, ularga ketadigan sarf xarajatlarni iqtisod qilinishi, tekshirishlarni optimallashtirish hisobiga har bir urug‘donni tekshirish tadqiqot seriyasi uchun 180500 so‘m mablag‘ iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor bosh miya shikastlanishining o‘tkir davrida burama urug‘ naychalarining diametri, oqsil pardasining qalinligi kichrayishi, germinativ hujayralar sonining kamayishi va tomir o‘zanining kamayishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Buxoro davlat tibbiyot institutining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 13 mayda 24-m/085-son bilan tasdiqlangan «Bosh miya yopiq shikastlanishi o‘tkir davrida jinsiy etuk kalamushlar urug‘donidagi morfofunksional o‘zgarishlarni aniqlash metodikasi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali bo‘yicha 27.05.24 yildagi 95-son, Buxoro viloyat Patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 14.11.2024 yildagi 46-son hamda Kogon shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 10.05.2024 yildagi 1191-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 iyundagi 19/63-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bosh miya shikastlanishining o‘tkir davrida urug‘donlardagi organik va funksional o‘zgarishlar bilan kechadigan patologik jarayonlar qiyosiy tavsifini ochib berilganligi asoratlar rivojlanishini oldini olish uchun profilaktik va davo chora-tadbirlarini ishlab chiqishni takomillashtirishga imkon berishi bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: bosh miya shikastlanishining o‘tkir davrida burama urug‘ naychalarining diametri, oqsil pardasining qalinligi, germinativ hujayralar sonining kamayishi va tomir o‘zanining kamayishi kuzatilishini aniqlash va baholash usulining qo‘llanilishi amaliyotda bemorlarda bepushtlik oqibatlarini kamayishi, ularga ketadigan sarf xarajatlarni iqtisod qilinishi, tekshirishlarni optimallashtirish hisobiga har bir urug‘donni tekshirish tadqiqot seriyasi uchun 180500 so‘m mablag‘ iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor Bcl-2 va Ki-67 markerlari bilan immunogistokimyoviy tadqiqotlar natijasida o‘tkir bosh miya shikastlanishida spermatogen hujayralarda tabiiy apoptotik jarayonlar susayishi, natijada etuk hujayralar hosil bo‘lishi kamayishi, shuningdek spermatogoniylar proliferatsiyasining kuchayishi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Buxoro davlat tibbiyot institutining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 13 mayda 24-m/085-son bilan tasdiqlangan «Bosh miya yopiq shikastlanishi o‘tkir davrida jinsiy etuk kalamushlar urug‘donidagi morfofunksional o‘zgarishlarni aniqlash metodikasi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali bo‘yicha 27.05.24 yildagi 95-son, Buxoro viloyat Patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 14.11.2024 yildagi 46-son hamda Kogon shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 10.05.2024 yildagi 1191-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 iyundagi 19/63-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkir bosh miya shikastlanishida urug‘donlarda yuzaga keladigan patologik o‘zgarishlarni inobatga olinishi natijasida dastlabki bosqichlarda asoratlarni aniqlash va oldini olish tartibini tizimli tashkil etish, bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini berishi bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: Bcl-2 va Ki-67 markerlari bilan immunogistokimyoviy tadqiqotlar natijasida o‘tkir bosh miya shikastlanishida spermatogen hujayralarda kechadigan patologik o‘zgarishlarning inobatga olinishi amaliyotda bemorlarda yuzaga keladigan asoratlarni oldini olish, tekshirishlarni optimallashtirish hisobiga har bir urug‘donni tekshirish tadqiqot seriyasi uchun 180500 so‘m mablag‘ iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: birinchi marotaba bosh miya shikastlanishidan keyingi dastlabki birinchi va uchinchi kunlarida follikulani stimullovchi gormon, lyuteinlovchi gormon hamda testosteronning qonda darajasi keskin pasayishi, so‘ngra dinamikada ettinchi va yigirma birinchi kunlarda follikulani stimullovchi gormon, lyuteinlovchi gormon miqdori nisbatan oshganligi, shu bilan birga testosteron darajasi past saqlanishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Buxoro davlat tibbiyot institutining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 13 mayda 24-m/085-son bilan tasdiqlangan «Bosh miya yopiq shikastlanishi o‘tkir davrida jinsiy etuk kalamushlar urug‘donidagi morfofunksional o‘zgarishlarni aniqlash metodikasi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali bo‘yicha 27.05.24 yildagi 95-son, Buxoro viloyat Patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 14.11.2024 yildagi 46-son hamda Kogon shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 10.05.2024 yildagi 1191-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 iyundagi 19/63-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkir bosh miya shikastlanishi oqibatida urug‘donlar funksional holatiga ta’sir qiluvchi organizmdagi gormonal inqirozning erta inobatga olinishi natijasida dastlabki bosqichlarda asoratlarni aniqlash va oldini olish tartibini tizimli tashkil etish, bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini berishi bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: o‘tkir bosh miya shikastlanishi oqibatida urug‘donlar funksional holatiga ta’sir qiluvchi organizmdagi gormonal inqirozning erta inobatga olinishi amaliyotda bemorlarda davolash samaradorligining oshishi, tekshirishlarni optimallashtirish hisobiga har bir urug‘donni tekshirish tadqiqot seriyasi uchun 180500 so‘m mablag‘ iqtisod qilinadi.