Akbaralieva Muhayyo Karamatullo qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Odam o‘g‘rilashning jinoyat-huquqiy xususiyatlari”, 12.00.08 – Jinoyat huquqi. Jinoyat-ijroiya huquqi ixtisosligi (yuridik fanlar). Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Yu1470. 
Ilmiy rahbar: Abzalova Xurshida Mirziyatovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03.
Rasmiy opponentlar: Kabulov Rustam – yuridik fanlar doktori, professor; Qurbonov Davlat Ravshanovich – yuridik fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi odam o‘g‘rilash uchun javobgarlikni takomillashtirish hamda mazkur jinoyatni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
inson a’zolari va (yoki) to‘qimalarini olib qo‘yish maqsadida odam o‘g‘rilashning ijtimoiy xavfi yuqoriligi va bu harakat Jinoyat kodeksining 137-moddasiga muvofiq og‘irlashtiruvchi belgilarsiz kvalifikatsiya qilinishi sababli inson a’zolarini va (yoki) to‘qimalarini olish maqsadida odam o‘g‘rilash sodir etilgan bo‘lsa javobgarlikni kuchaytirish zaruriyati asoslantirilgan;
o‘g‘irlash, zo‘rlik ishlatish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish yoxud majburlashning boshqa shakllarini qo‘llash orqali sodir etiladigan odam savdosi jinoyatini (JK 135-m., 2-q., “a” b.) odam o‘g‘rilashdan farqlash va huquqiy baholashda xato va kamchiliklar borligi sababli JK 137-moddasining birinchi qismidagi “245-moddasida” degan so‘zlarni “135, 245-moddalarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsh zaruriyati asoslantirilgan;
ikki yoki undan ortiq shaxslarni o‘g‘rilash holatlari ortib borayotganligi hamda bunday qilmishlarning ijtimoiy xavfi yuqoriligi sababli ikki yoki undan ortiq shaxsni o‘g‘rilash uchun javobgarlikni kuchaytirish zaruriyati asoslantirilgan;  
voyaga etmagan shaxsga nisbatan sodir etilgan odam o‘g‘rilash bilan bogliq qilmishlarni kvalifikatsiya qilishda xato va kamchiliklar borligi sababli JK 
137-modda 2-qismi “a” bandini “o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsga nisbatan” tahririda bayon etish zaruriyati asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
Odam o‘g‘rilashning nazariy va amaliy jihatlarini tadqiq etish natijalari asosida: 
inson a’zolarini va (yoki) to‘qimalarini olish maqsadida odam o‘g‘rilash sodir etilgan bo‘lsa javobgarlikni kuchaytirish to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining yangi tahrirdagi 137-moddasi 3-qismi dispozisiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi parlament tadqiqotlari institutining 2024-yil 29-fevraldagi 3-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklifning tatbiq etilishi adolatli jazo belgilanishiga xizmat qiladi;
o‘g‘irlash, zo‘rlik ishlatish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish yoxud majburlashning boshqa shakllarini qo‘llash orqali sodir etiladigan odam savdosi jinoyatini (JK 135-m., 2-q., “a” b.) odam o‘g‘rilashdan farqlash va huquqiy baholashda xato va kamchiliklar borligi sababli JK 137-moddasining birinchi qismidagi “245-moddasida” degan so‘zlarni “135, 245-moddalarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsh lozimligi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi loyihasining 137-moddasining 1-qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2024-yil 25-iyuldagi 30/810-24-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklifning tatbiq etilishi odam o‘g‘rilash va odam savdosi uchun javobgarlikning differensiatsiya qilinishiga xizmat qiladi;
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 137-moddasida ikki yoki undan ortiq shaxsni o‘g‘rilash uchun javobgarlikni og‘irlashtiruvchi belgi sifatida qaralishi lozimligi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi loyihasining 137-moddasining 2-qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2024-yil 25-iyuldagi 30/810-24-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklifning tatbiq etilishi adolatli jazo belgilanishiga xizmat qiladi;
voyaga etmagan shaxsga nisbatan sodir etilgan odam o‘g‘rilash bilan bogliq qilmishlarni kvalifikatsiya qilishda xato va kamchiliklar borligi sababli JK 
137-modda 2-qismi “a” bandini “o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsga nisbatan” tahririda bayon etish lozimligi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi loyihasining 137-moddasining 2-qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2024-yil 25-iyuldagi 30/810-24-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi adolatli jazo belgilanishiga xizmat qiladi. Mazkur taklifning tatbiq etilishi qilmishning to‘g‘ri baholanishiga va adolatli jazo tayinlanishiga xizmat qiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish