Artikov Zoxidjon Sobirovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Belbog‘li kurashda statik va dinamik kuchlanish davomida muvozanat saqlash funksiyasini shakllantirish metodikasi”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Ped673.

Ilmiy rahbar: Yarashev Komiljon Dexqonovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismo­niy tarbiya va sport universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.28.01.

Rasmiy opponentlar: Kerimov Fikrat Azizovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xaydarov Baxtiyor Tojievich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.

Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: belbog‘li kurashda statik va dinamik kuchlanish davomida muvozanat saqlash funksiyasini shakllantirish metodikasini takomillash­tirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

yuqori malakali belbog‘li kurashchilarning musobaqa faoliyatida qo‘llaniladi­gan murakkab koordinatsion texnik usullar ijrosini ta’minlovchi jismoniy sifat­larning reyting o‘rni aniqlangan;

musobaqa oldi tayyorgarlik davrida yuqori malakali belbog‘li kurashchilarga xos statik va dinamik kuchlanish harakatlari davomida muvozanat saqlash turg‘unligini oshirishga mo‘ljallangan innovatsion mashqlar majmuasi ishlab chiqilgan;

belbog‘li kurashchilarning musobaqa foliyatida statik-dinamik kuchlanish holatlarida bosh hamda tanani o‘ng va chap tomonlarga aylantirish o‘rtasidagi asim­metrik farqlarning ustunligi aniqlangan;

o‘naqay-chapaqay harakat funksiyalarini (usullarini) simmetriyalashga ixtisos­lashtirilgan mashqlar majmuasini yuqori malakali belbog‘li kurashchilarning o‘quv-mashg‘ulotlar jarayonida qo‘llash metodikasi takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Belbog‘li kurashda statik va dinamik kuchlanish davomida muvozanat saqlash funksiyasini shakllantirish metodi­kasi yuzasidan  olingan ilmiy natijalar asosida:

murakkab koordinatsion texnik usullar ijrosini ta’minlovchi jismoniy sifatlarni rivojlantirish metodikasi O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Milliy sport turlari, o‘yinlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasining belbog‘li kurash ixtisosligida tahsil oluvchi talabalarning o‘quv-mashg‘ulotlari jarayonida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2018 yil 12 noyabrdagi 01-07-10-2762-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqori malakali belbog‘li kurashchilarning murakkab koordinatsion texnik usullar ijrosini ta’minlovchi jismoniy sifatlari 17,4-21,5%ga rivojlangan;

musobaqa oldi tayyorgarlik davrida yuqori malakali belbog‘li kurashchilarga xos statik va dinamik kuchlanish harakatlari davomida muvozanat saqlash turg‘unligini oshirishga mo‘ljallangan innovatsion mashqlar majmuasi O‘zbekiston davlat jismo­niy tarbiya va sport universiteti Milliy sport turlari, o‘yinlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasining belbog‘li kurash ixtisosligida tahsil oluvchi tala­balarning o‘quv-mashg‘ulotlar jarayonida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2018 yil 12 noyabrdagi 01-07-10-2762-son ma’lumotnomasi). Natijada belbog‘li kurashda raqibni ko‘tarib o‘ng va chap tomon­larga burilib yoki aylanib tashlash usullaridagi asimmetrik harakatlarni aylanma vestibulosomatik mashqlar yordamida 85–89% gacha simmetriyalashtirishga erishil­gan;

statik kuchlanish holatlarida (bir oyoqda tik turib, “qaldirg‘och” holati) muvozanat saqlash funksiyasi vestibulosomatik yo‘nalishdagi mashqlar O‘zbekiston Milliy terma jamoasida shug‘ullanuvchi yuqori malakali belbolg‘i kurashchilar o‘quv-mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2018 yil 12 noyabrdagi 01-07-10-2762-son ma’lumotnomasi). Natijada belbog‘li kurashchilarning statik kuchlanish holatlarida muvozanat saqlash funksiyasi vestibulosomatik tayyorgarligini 70-75%ga takomillashtirishga xizmat qilgan;

o‘naqay-chapaqay harakat funksiyalarini (usullarini) simmetriyalashga ixtisos­lashtirilgan mashqlar majmuasi yuqori malakali belbog‘li kurashchilarning o‘quv-mashg‘ulotlar jarayonida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2018 yil 12 noyabrdagi 01-07-10-2762-son ma’lumotnomasi). Natijada statik va aylanma-dinamik kuchlanish harakatlari ta’sirida muvozanat saqlash funksiyasi 15–17%ga takomillashgan, raqibni ko‘tarib o‘ng va chap tomonlarga aylanib tashlash usullarini bajarish texnikasi 27–29%ga takomillashtirilgan,  musobaqa faoliyatida texnik-taktik usullarni qo‘llash ko‘lami 25–30%ga kengayti­rilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish