Isomova Gulnoza Akbarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zamonaviy Farg‘ona she’riyatining lingvokulturologik tadqiqi”, 10.00.01 – O’zbek tili.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2021.4.PhD/Fil2054
Ilmiy rahbar: Iskandarova Sharifa Madalievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qo‘qon davlat pedagogika instituti, PhD.03/04.06.2021.Fil.132.01.
Rasmiy opponentlar: Azimov Inomjon Mamasodikovich, filologiya fanlari doktori, professor; Yo‘ldashev Ma’rufjon Muhammadjonovich , filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Farg‘ona shoirlari asarlaridagi til birliklarini milliy-madaniy,  badiiy-lisoniy xususiyatlarini lingvokulturologik, lingvopoetik aspektda tadqiq qilishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zbek millatining mentaliteti, milliy ongining o‘ziga xosliklari, qadriyatlari Farg‘ona shoirlari ijodidagi genderologik yondashuvning lisoniy ifodasi, erkak va ayol lisoniy munosabatlarining ijtimoiy, ma’naviy qirralari bilan bog‘liq jihatlar badiiy matnni lingvomadaniy jihatdan tahlil etish natijasida asoslab berilgan;
ramzlarning badiiy matnning lingvokulturologik mazmunini ifoda etuvchi lisoniy vosita sifatidagi o‘rni, makon va zamonni ko‘rsatuvchi milliy-madaniy birliklarning badiiy matndagi ahamiyati Farg‘ona shoirlari B.Iso va E.Siddiqova asarlari misolida dalillangan;
o‘zbek lingvomadaniyatiga xos anor, daraxt, beshik, chiroq so‘zlari orqali badiiy tasvir vositalarining lingvokulturologik, lingvopoetik imkoniyatlari hamda trop(ko‘chim)ning badiiy-lisoniy ahamiyati ochib berilgan;
Farg‘ona shoirlari ijodida qo‘llanilgan paremik birliklarning milliy-madaniy xususiyatlari“etdim deganida, yiqilmoq”, “sochiga qirov tushmoq”, “ko‘chaxo‘rga ko‘cha, oshxo‘rga osh” kabi paremik ifodalarning ma’no belgilari vositasida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Farg‘ona shoirlari ijodining lingvokulturologik, lingvopoetik xususiyatlarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek millatining mentaliteti, milliy ongining o‘ziga xosliklari, qadriyatlari Farg‘ona shoirlari ijodidagi genderologik yondashuvning lisoniy ifodasi, erkak va ayol munosabatlarining ijtimoiy, ma’naviy qirralari bilan bog‘liq jihatlar badiiy matnni lingvomadaniy asosda tahlil etish natijasida asoslashga doir ilmiy xulosalardan 2021-2023-yillarda “Musiqa va san’at o‘quv muassasalari uchun “Bolalar raqslari” fanidan interaktiv o‘quv-metodik qo‘llanmalar yaratish” mavzusidagi F3-2029081773-raqamli fundamental loyihani bajarishda, xususan, “O‘zbek bolalar raqslari, raqs liboslari va taqinchoqlari nomlarining o‘zbekcha-ruscha-inglizcha-fransuzcha qisqacha izohli lug‘ati”ni yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2025-yil, 6-martdagi №1/04-192-sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyiha ilmiy-nazariy jihatdan boyigan, tayyorlangan materiallarning ta’sirchanligi, rang-barangligi oshgan, mazmunan mukammallashishi ta’minlangan;  
ramzlarning badiiy matnning lingvokulturologik mazmunini ifoda etuvchi lisoniy vosita sifatidagi o‘rni, makon va zamonni ko‘rsatuvchi milliy-madaniy birliklarning badiiy matndagi ahamiyati, uning she’riy asarlar misolida dalillashga doir xulosalardan Qo‘qon davlat pedagogika  instituti tomonidan olib borilgan №574097-EPP-1 -2016-1-CEPPKA2-CBHE-JR «Piloting ECVET to the National VET System of Russia and Uzbekistan» nomli grant doirasida samarali va keng foydalanilgan (Qo‘qon davlat pedagogika  instituti 2025-yil, 19-fevraldagi №300/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada grant loyihaning ilmiy-amaliy ahamiyati ortgan, o‘quvchilar ma’naviy dunyosining boyishiga erishilgan;
o‘zbek lingvomadaniyatiga xos anor, daraxt, beshik, chiroq so‘zlari orqali badiiy tasvir vositalarining lingvokulturologik, lingvopoetik imkoniyatlari hamda trop(ko‘chim)ning badiiy-lisoniy ahamiyati ochib berishga qaratilgan ilmiy xulosalardan 2023-2024-yillarda O‘ZMTRK “O‘zbekiston” teleradiokanalining bir qancha ko‘rsatuvlari, xususan, “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Hamma uchun” ko‘rsatuvi ssenariysini yozishda foydalanilgan (“O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2024-yil, 24-dekabrdagi №01-44-551-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ko‘rsatuvlarning ilmiy-amaliy ahamiyati ortishiga, mazmunan mukammallashuviga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish