Dushatova Shoxsanam Baxtiyor qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Evfemizmlarning lisoniy va lingvomadaniy tadqiqi (ingliz, rus va o‘zbek tillari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Fil5313.
Ilmiy rahbar: Xoshimova Nargis Abdullaevna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi filologiya fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.30.12.2019.Fil.05.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Zohidjon Sodiqov, filologiya fanlari doktori, professor; Shaxnoza Gulyamova, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi evfemizmlarning lisoniy va lingvomadaniy xususiyatlarini tizimli tadqiq etishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ingliz, rus va o‘zbek tillarida qo‘rquv uyg‘otuvchi, yashirin va sirli hisoblangan hamda inson fiziologik holatiga oid tushunchalar va omadsizlikni ifodalovchi evfemik birliklarning nominatsiyalari tarkibida 62 ta mikroguruhni o‘z ichiga olgan 17 ta ma’noviy guruh aniqlangan;
tematik guruhlarda evfemizmlarning semantik, struktur, uslubiy va lingvomadaniy xususiyatlari ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi 1700ga yaqin evfemik birliklari orqali asoslangan;
ingliz, rus va o‘zbek tillarida evfemik birliklarning nominatsiyalari bo‘yicha iste’mol doirasi jamiyatning ijtimoiy, tarixiy, diniy va madaniy rivojlanishi bilan bog‘liqligi otpravlyat`sya v lono Avraama, to strike the Lucifer’s fire, asfalasofilinga ketmoq; divorced amicably, ne soshlis` xarakterami, yulduzi yulduziga mos kelmadi kabi evfemik birliklar asosida tahlil qilinib, ularning signifikativ va majoziy ma’nolari orqali olamning lisoniy manzarasini shakllantirishdagi roli dalillangan;
evfemizmlarning lingvomadaniy xususiyatlari hisobga olinib, ingliz, rus va o‘zbek tillarida cross the River Jordan – ostavit` brenniy mir – dunyoning qiyinchiligidan qutulmoq, to kick the bucket – sigrat` v yashhik – kulala qilmoq, lady of the night – dama polusveta – tun qirolichasi kabi milliy-madaniy ekvivalentlar tavsiya etilib, evfemizmlarning dinamik xususiyatlari tilning zamonaviy birliklari orqali boyishi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz, rus va o‘zbek tillarida evfemik birliklarning lisoniy va lingvomadaniy tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
ingliz, rus va o‘zbek tillarida evfemik birliklarning nominatsiyalari bo‘yicha iste’mol doirasi jamiyatning ijtimoiy, tarixiy, diniy va madaniy rivojlanishi bilan bog‘liqligi otpravlyat`sya v lono Avraama, to strike the Lucifer’s fire, asfalasofilinga ketmoq; divorced amicably, ne soshlis` xarakterami, yulduzi yulduziga mos kelmadi kabi evfemik birliklar asosida tahlil qilinib, ularning signifikativ va majoziy ma’nolari orqali olamning lisoniy manzarasini shakllantirishdagi roli dalillanganligiga oid xulosalardan Farg‘ona davlat universitetida bajarilgan 2017-2020-yillarga mo‘ljallangan OT-F1-100 raqamli “Imkoniyati cheklangan bolalar ijtimoiy-madaniy faoliyatining badiiy-ijodiyot vositalari asosida nazariy va amaliy takomillashuvi” nomli fundamental loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Farg‘ona davlat universitetining 2024-yil 15-noyabrdagi 04/6684-son ma’lumotnomasi). Natijada, turli tillardagi evfemizmlarni lingvomadaniy jihatdan o‘rganish orqali tillar o‘rtasida konstruktiv va madaniy aloqalarni mustahkamlash, ijtimoiy kelishuv va tolerantlik muhitini shakllantirishga xizmat qiluvchi nazariy asoslar yaratilgan bo‘lib, ular loyihaning ijtimoiy samaradorligini ta’minlashda muhim o‘rin tutga;
ingliz, rus va o‘zbek tillarida qo‘rquv uyg‘otuvchi tushunchalar, yashirin va sirli hisoblangan tushunchalar, inson fiziologik holatiga oid tushunchalar va omadsizlikni ifodalovchi evfemik birliklarning nominatsiyalari tarkibida 62 ta mikroguruhni o‘z ichiga olgan 17 ta ma’noviy guruh aniqlanganligiga oid xulosa va natijalardan Farg‘ona davlat universitetida 2021-2022-yillarga mo‘ljallangan SUZ80021GR3149 “American Drama” xalqaro loyihasining nazariy asosini mustahkamlashda foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2025-yil 7-yanvardagi 04/52-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada aniqlangan evfemik birliklar asosida, amerikan dramalarida ishlatilgan evfemizmlar turlari aniqlanib, ularning lingvomadaniy kontekstdagi vazifalari ochib berildi;
evfemizmlarning lingvomadaniy xususiyatlari hisobga olinib, ingliz, rus va o‘zbek tillarida cross the River Jordan – ostavit` brenniy mir – dunyoning qiyinchiligidan qutulmoq, to kick the bucket – sigrat` v yashhik – kulala qilmoq, lady of the night – dama polusveta – tun qirolichasi kabi milliy-madaniy ekvivalentlar tavsiya etilib, evfemizmlarning dinamik xususiyatlari tilning zamonaviy birliklari orqali boyishiga oid ilmiy xulosalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining XI yo‘nalishida belgilangan “Davlat tilini rivojlantirish, uning targ‘iboti va bu boradagi ishlarni muvofiqlashtirish” 52-bandi “Davlat tili haqida”gi Qonun ijrosini so‘zsiz ta’minlash, Davlat tilini O‘zbekiston Respublikasida yashayotgan barcha millat va elatlarni birlashtiruvchi umumiy vositaga aylantirish, davlat tiliga hurmat, avvalo, milliy davlatchiligimiz va birdamligimizga nisbatan ehtirom ramzi ekanini yurtdoshlarimiz ongi va qalbiga singdirish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024-yil 5-noyabrdagi 10/146-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan tavsiya, taklif va xulosalar evfemizmlarning lisoniy va lingvomadaniy jihatlarini chuqur tadqiq etishga xizmat qilgan bo‘lib, ularni ijtimoiy ongga singdirish, milliy qadriyatlar asosida tushuntirish hamda davlat tilini madaniyatlararo muloqot vositasi sifatida mustahkamlashga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.