Xusanova Gulasal Shuhratjon qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

    I. Umumiy ma’lumotlar. 
    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillarida bolalar o‘yinlari nomlarining sotsiolingvokul`turologik tadqiqi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
    Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Fil4495.
    Ilmiy rahbar: Zokirov Muxtorali Turdalievich, filologiya fanlari nomzodi, professor.
    Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
    IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02 raqamli Ilmiy kengash.
    Rasmiy opponentlar: Vositov Valijon Abduvahobovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Tojieva Gulbahor Nomozovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
    Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
    Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
    II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi bolalar o‘yin nomlarining qiyosiy tadqiqidan iborat.
    III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
    sotsiolingvokul`turologiya atamasi “sotsiolingvistika” va “lingvokul`turologiya” fan tarmoqlarining birlashuvidan hosil qilingan fanlararo tadqiqot sohasi ekanligi ilmiy asoslab berilgan. Sotsiolinvokul`turologiya doirasida “game” va “o‘yin” tushunchalarining differensial o‘ziga xosliklar kasb qilishi dalillangan; bolalar o‘yin nomlari onomastikaning mustaqil ob’ekti sifatida lingvistik va onomastik xususiyatlari ochib berilib, mazkur birliklarni “Geymonim”lar sifatida nomlash asoslangan.
    chog‘ishtirilayotgan tillardagi bolalar o‘yinlari funksional jihatdan tasniflangan; o‘yin nomi xalqlarning ijtimoiy-madaniy turmush tarzi, dunyoqarashi, milliy ruhiyati, tarixiy o‘tmishi orqali voqelanishi hamda ushbu birliklarning struktur jihatdan sodda, qo‘shma, takror, juft, so‘z birikmasi, teng bog‘lanishli so‘z qo‘shilmasi, gap kabi ko‘rinishlari aniqlangan; qo‘shma so‘z ko‘rinishidagi geymonimlarning ikki asosli nomlari [ot+ot], [sifat+ot], [ot+fe’l], [fe’l+ot], [son+ot], [fe’l+fe’l] singari struktur modellari dalillangan.
    ingliz va o‘zbek tillaridagi bolalar o‘yin nomlarining leksik xususiyatlari ochib berilib, ulardagi antroponim, toponim, oykodonim, fitonim, zoonim, pragmonim, karporoniM, biblionim kabi onomastik birliklar asosida hosil bo‘lishi ko‘rsatib berilgan; geymonimlarning shakl va ma’no munosabatlariga ko‘ra sinonimiya, antonimiya, graduonimiya, giponimiya hodisalarining namoyon bo‘lishi aniqlangan.
    ingliz va o‘zbek tillaridagi bolalar o‘yin nomlarida milliy-madaniy hamda etnospesifik xususiyatlarining voqelanishi hamda ularning bolalar o‘yinlarida aks etishi “Red Rover” – “Oq terakmi, ko‘k terak”, “Sand Castle” – “Tandirpish”, “Tip cat” – “Chillak”, “Tug of War” – “Tortishmachoq”, “Red light, green light” – “Qadam-qadam”, “Fish and fisherman” – “Qopqon”, “Hacky sack” – “Lanka”, “Buck, buck” – “Eshak mindi” kabi o‘yin nomlari misolida isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida bolalar o‘yinlari nomlarining sotsiolingvokul`turologik tadqiqi asosida:
    bolalar o‘yin nomlarining sotsiolingvokul`turologiya doirasida o‘rganilishi, “game” va “o‘yin” tushunchalarining “play” va “raqs” tushunchalaridan differensial o‘ziga xosliklar kasb qilishi dalillanganligi, ular bolalarni nafaqat o‘yin faoliyatiga jalb qiladi, balki ularga ijtimoiy ko‘nikmalarni, madaniy merosni va tilning boyligini o‘zlashtirishga yordam berishi; bolalar o‘yinlari nomlari muayyan xalqning milliy o‘ziga xosligi, urf-odatlari, madaniyati va turmush tarzini ifodalovchi til tizimidagi muhim lug‘aviy vosita hisoblanishi hamda onomastikaning nazariy qoidalaridan kelib chiqqan holda xalq og‘zaki ijodi namunasi bo‘lgan nomoddiy meros ekanligi, bolalar o‘yinlarining madaniyatlar o‘rtasidagi o‘xshash va o‘ziga xos jihatlari tahlil qilingan, tadqiqotning “Geymonim” deb atalgan yangi fan sohasi qo‘shish kabi ilmiy yangiligi natijalaridan O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida amalga oshirilgan “Musiqa va san’at muassasalari uchun “Bolalar raqslari” fanidan interaktiv o‘quv metodik qo‘llanmalar yaratish” mavzusidagi F3-2019081773-raqamli fundamental loyihani bajarishda, xususan, “O‘zbek bolalar raqslari, raqs liboslari va taqinchoqlari nomlarining o‘zbekcha-ruscha-inglizcha-fransuzcha qisqacha izohli lug‘ati”ni yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2025-yil 10-martdagi 1/04-194-son ma’lumotnomasi). Natijalarni joriy qilinishi bolalarning ijtimoiy-madaniy kompetentligini oshirishning o‘quv-uslubiy ta’minotini takomillashtirishga xizmat qiladi.
    ingliz va o‘zbek tillaridagi bolalar o‘yin nomlarida milliy-madaniy hamda etnospesifik xususiyatlarining voqelanishi hamda ularning bolalar o‘yinlarida aks etishi “Red Rover” – “Oq terakmi, ko‘k terak”, “Sand Castle” – “Tandirpish”, “Tip cat” – “Chillak”, “Tug of War” – “Tortishmachoq”, “Red light, green light” – “Qadam-qadam”, “Fish and fisherman” – “Qopqon”, “Hacky sack” – “Lanka”, “Buck, buck” – “Eshak mindi” kabi o‘yinlar misolida isbotlanganligi hamda bolalar o‘yinlarining nomlanish jarayonidagi farqli tomonlariga doir ilmiy xulosa va natijalardan Farg‘ona davlat universitetida 2021-2022 yillarga mo‘ljallangan SUZ80021GR3149 “American Drama” xalqaro loyihasining nazariy asosini mustahkamlashda foydalanildi (Farg‘ona davlat universiteti 2025-yil 9-apreldagi 04/3119-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida tashkil etilgan America Drama teatri namoyishlarining ommabopligi hamda ilmiyligi oshishiga xizmat qilgan.
    chog‘ishtirilayotgan tillardagi bolalar o‘yinlari funksional jihatdan tasniflanganligi, o‘yin nomi xalqlarning ijtimoiy-madaniy turmush tarzi, dunyoqarashi, milliy ruhiyati, tarixiy o‘tmishi orqali voqelanishi hamda ushbu birliklarning struktur jihatdan sodda, qo‘shma, takror, juft, so‘z birikmasi, teng bog‘lanishli so‘z qo‘shilmasi, gap kabi ko‘rinishlari aniqlanganligi hamda qo‘shma so‘z ko‘rinishidagi geymonimlarning ikki asosli nomlari [ot+ot], [sifat+ot], [ot+fe’l], [fe’l+ot], [son+ot], [fe’l+fe’l] singari struktur modellari dalillanganligi bo‘yicha ilmiy qarashlar va xulosalaridan 2024-2025-yillarda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat”, “Ijod zavqi”, “Bedorlik” eshittirishlari ssenariysini yozishda foydalanildi (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2025-yil 7-martdagi 26-36-957-son ma’lumotnomasi) va natijada ta’limda madaniy xilma-xillikni targ‘ib etishga mo‘ljallangan amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishni takomillashtirishga xizmat qilgan. Radiodasturlarda berilgan mazkur ilmiy natijalar til tarixi fanining leksikologiya sohasi uchun muhim ilmiy-nazariy ma’lumotlar berishi, shuningdek, semasiologiya, terminologiya, leksikografiya, lingvopoetika bo‘yicha yaratiladigan darslik va o‘quv qo‘llanmalarning mukammallashuviga xizmat qilishi, bir qancha o‘quv fanlari bo‘yicha yaratiladigan darslik va qo‘llanmalarning, hozirgi terminologik, o‘quv lug‘atlarining yanada mukammallashuviga xizmat qilishida amaliy yordam berishi bilan alohida ahamiyat kasb etdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish