Fu Leining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz tilidan yozuv amaliyotini o‘qitish va o‘rganishda aralash ta’lim integratsiyasi (Xitoy Xalq Respublikasi universitetlari misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6608
Ilmiy rahbar: Arustamyan Yana Yurevna, filologiya fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Xoshimova Sabohat Abdullaevna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Aripova Elena Azizovna, pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitet.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi aralash ta’limni ingliz tili yozma nutqiga samarali integratsiya qilish modelini ishlab chiqish va uni amaliyotda qo‘llash orqali uning samaradorligini isbotlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
asosiy omillar va tamoyillarga asoslangan baholashning ahamiyatini ta’kidlagan holda, “maqsad qo‘yish-amaliyot-baholash-tuzatish/xatolar ustida ishlash” siklini shakllantirishga qaratilgan aralash ta’lim nazariyasi ishlab chiqilgan;
natijaga yo‘naltirilgan yondashuvdan jarayonga yo‘naltirilgan yondashuvga o‘tish ingliz tilida yozma nutqni o‘qitishni takomillashtirishi, bu esa o‘z navbatida yozish ko‘nikmalarini rivojlantirish jarayoniga texnologiyani joriy etish aralash ta’lim samaradorligini oshirishi ilmiy jihatdan isbotlangan;
GPACT modeli (maqsad qo‘yish-amaliyot-baholash-xatolarni tuzatish-rivojlanish jarayonini kuzatish) ishlab chiqilgan va uning samaradorligi metodologiyaga asos bo‘lgan rejalashtirish, amalda qo‘llash, kuzatish, baholash natijalarini tahlil qilish va mulohaza yuritishdan iborat bir nechta tajriba sikllarining amaliy tahlili orqali isbotlangan, shuningdek, yozma nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan turli topshiriqlar matnining o‘ziga xos xususiyatlarini qiyosiy tahlil qilish orqali topshiriqlarni baholash usuli takomillashtirilgan;
baholash mezonlari yakuniy ball, lug‘at boyligi, grammatik tuzilish, mazmun, dolzarblik va izchillik kabi jihatlarning qiyosiy tahlili asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, ular o‘quv dasturlarini takomillashtirishi va yozish jarayoniga samarali ta’sir ko‘rsatishi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida ruhiy holat fe’llari ma’nolarining qiyosiy tadqiqi yuzasidan erishilgan ilmiy natijalari asosida:
aralash ta’lim nazariyasini rivojlantirishda baholashning muhim rolini ta’kidlovchi asosiy omillar va tamoyillarga asoslangan xulosalar hamda maqsad qo‘yish-amaliyot-baholash-tuzatish siklini shakllantirishga oid g‘oyalardan Ichki Mo‘g‘uliston Moliya va Iqtisodiyot universitetida 2021-2023-yillarda amalga oshirilgan “O‘qitish-o‘rganish-baholash modelini yozma nutqni masofaviy o‘rgatish jarayoniga tatbiq etish” loyihasida foydalanilgan. Ilgari yozma ishlarni baholashda statik baholash va yakuniy ballar usuli qo‘llanilar edi. Yozma nutqni masofaviy o‘rgatish tizimi tomonidan taqdim etilgan xulosalarga ko‘ra, o‘qitish va o‘rganish modelini qo‘llash natijasida talabalarning yozma nutq kompetensiyasi sezilarli darajada yaxshilandi va ular CET 4 imtihonida yuqori natijalarga erishdilar.
o‘quv materiallarining baholash tartib-qoidalariga muvofiqligini ko‘rsatuvchi o‘qitish va o‘rganishning yangi ishlab chiqilgan GPACT modeli 2022-2023-yillar davomida Ichki Mo‘g‘uliston Biznes va savdo kasb-hunar kollejida o‘tkazilgan “Aralash ta’lim modelining amaliy tadqiqoti” loyihasiga tatbiq etildi. Xitoy universitetlarida ingliz tili yozma nutq amaliy darslarida o‘qitish va o‘rganish modeli mavjud bo‘lmaganligi sababli, yangi model ham o‘qitish, ham o‘rganish jarayonlarini takomillashtirish maqsadida yozma nutq darslarida qo‘llanildi. Bundan tashqari, yangi modelni joriy etish natijasida pedagog-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasidagi o‘zaro muloqot kuchaydi, bu esa yozma nutq darslarini yanada jonli va qiziqarli bo‘lishiga xizmat qildi;
natijaga yo‘naltirilgan yondashuvdan jarayonga yo‘naltirilgan yondashuvga o‘tishning isbotlangan ahamiyati hamda aralash ta’limni yozma nutqni masofaviy o‘rgatish jarayoni bilan integratsiyalash orqali texnologiya samaradorligini oshirish yuzasidan chiqarilgan xulosalardan 598340-EPP-1-2018-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP raqamli “O‘rta Osiyo va Xitoy universitetlari orasida bilim ayirboshlash tizimini yaratish” (UNICAC) nomli xalqaro loyihada foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti tomonidan 2024-yil 12-yanvarda berilgan 04/11-689-sonli ma’lumotnoma). Natijada, magistratura talabalari uchun test materiallari har bir bosqichdagi insholarni taqqoslash, matnni lug‘at tarkibi, tuzilishi va mazmuni jihatidan tahlil qilish asosida qayta ko‘rib chiqildi;
yakuniy ball, lug‘at boyligi, tuzilish, mazmun, dolzarblik va mantiqiy bog‘liqlik asosida baholash uchun ishlab chiqilgan mezonlar tahlili o‘qitish uslublarini takomillashtirish va yozish jarayoniga samarali tatbiq qilishga asos bo‘lib xizmat qildi. Ushbu mezonlar YoA-1-06 “Tarjimonlarning kasbiy ta’limi sifatini nazorat qilishni tashkil etish bo‘yicha vakolatli yondashuv” amaliy loyihasiga joriy qilindi (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2024-yil 12-yanvardagi 04/11-686-sonli ma’lumotnomasi). Bu mezonlarning tarjima kurslariga tatbiq etilishi tarjimonlar uchun yanada samaraliroq mashg‘ulotlarni tashkil etishga yordam berdi, shuningdek, pedagoglarga aralash ta’limda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ayrim qiyinchiliklarni bartaraf etishda ko‘maklashdi.