Raximova Nigora Polvonnazirovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek va ingliz tillaridagi dorivor o‘simlik nomlarining kognitiv-semantik xususiyatlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil4685
Ilmiy rahbar: Xolmanova Zulxumor Turdievna , filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01(bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Muhamedova Saodat Xudoyberdievna, filologiya fanlari doktori, professor; Muratxodjaeva Feruzaxon Xotamovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi:
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz tillaridagi dorivor o‘simlik nomlari shakllanishining kognitiv omillari, tamoyillarini aniqlash, o‘simliklarning belgilari, davolash xususiyati haqidagi konseptosferaning terminlarda aks etish darajasini asoslash, turli tizimdagi tillar o‘rtasidagi o‘xshash hamda farqli kognitiv belgilarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek va ingliz tillaridagi dorivor o‘simlik nomlarining mental strukturasi aniqlangan, tarixiy-etimologik xususiyatlari, terminologik tizim sifatidagi taraqqiyotida aks etgan mental omillar ochib berilgan;
dorivor o‘simliklarning qadimdan inson hayotida muhim o‘rin tutgani, ularni o‘zbek va ingliz tillarida nomlashda rangiga (sariq andiz, za’faron, rosa), tashqi belgilariga (botako‘z, cassia acutifolia “ninabarg”), davo bo‘lish xususiyatiga (ko‘kyo‘tal, rhodiola), makon, iqlim muhitiga (dalachoy, arnica montana “tog‘ arnikasi”, gnaphalium uliginosum “botqoq o‘ti”, Helichrysum arenarium “qumli o‘lmas”), dorivorlik (rhodiola) freymlari asosidagi kognitiv omillari, nomlashdagi mental jarayonlar va ularning ko‘rinishlari aniqlangan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi dorivor o‘simliklarni nomlashda kishilik jamiyati, insonning tabiiy ehtiyojlaridan kelib chiqadigan umumiy kognitiv yondashuvlarning mavjudligi, o‘zbek va ingliz xalqlarining yashash tarzi, tibbiy qarashlari taraqqiyoti, milliy-madaniy xususiyatlari bilan aloqador bahosiga oid o‘ziga xos belgilar asoslangan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi dorivor o‘simlik nomlarining til sohibi kognitiv maydonidagi o‘rni, yadro, markaz qismlari, yaqin va uzoq sarhadlari aniqlanib, kognitiv maydon tushunchalarining o‘zaro mazmuniy munosabatlari, dorivor o‘simlik nomlarining biologik xususiyatlar bilan bir qatorda xalqning tarixiy, mental, madaniy qarashlarini ham aks ettirishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va ingliz tili dorivor o‘simliklarning lingvokognitiv xususiyatlari tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
dorivor o‘simliklarning qadimdan inson hayotida muhim o‘rin tutgani, ularni o‘zbek va ingliz tillarida nomlashda rangiga (sariq andiz, za’faron, rosa), tashqi belgilariga (botako‘z, cassia acutifolia “ninabarg”), davo bo‘lish xususiyatiga (ko‘kyo‘tal, rhodiola), makon, iqlim muhitiga (dalachoy, arnica montana “tog‘ arnikasi”, gnaphalium uliginosum “botqoq o‘ti”, Helichrysum arenarium “qumli o‘lmas”) asoslanilgani haqidagi ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2019-2022-yillarda bajarilgan PZ-2020042022 raqamli “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 3-oktyabrdagi 01/6-2692-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘simlikni nomlashdagi kognituv yondashuv asoslari turkiy tillar, xususan, o‘zbek tili sohiblari ongida aks etgan dorivor o‘simliklar lisoniy manzarasi haqidagi ma’lumotlar, nomlarning shakllanishidagi kognitiv omillarga e’tibor qaratilganiga oid materiallar bilan boyitilgan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi dorivor o‘simliklarni nomlashda kishilik jamiyati, insonning tabiiy ehtiyojlaridan kelib chiqadigan umumiy kognitiv yondashuvlarning mavjudligi, o‘zbek va ingliz xalqlarining yashash tarzi, tibbiy qarashlari taraqqiyoti, dorivor o‘simliklar lisoniy manzarasida aks etgan mental yondashuv, milliy-madaniy belgilar bilan aloqador bahosi haqidagi ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022-2023-yillarda bajarilgan IL-52 tur-21091433 raqamli “O‘zbek milliy madaniyatiga xos atamalarga oid maqolalar bazasini yaratish” (Vikipediya elektron ensiklopediyasi mezonlari asosida) mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 3-oktyabrdagi 041/6-269-son ma’lumotnomasi). Natijada “Tib qonunlari”, “Saydana”, “Urjuza”da aks etgan o‘zbek xalqi, turkiy xalqlarning dorivor o‘simliklarni nomlashdagi mental xususiyatlari, idroki, milliy-madaniy belgilariga oid xulosalar, ingliz tilidagi dorivor o‘simlik nomlarining shakllanishiga oid chog‘ishtirma tahlillar loyihada rejalashtirilgan ma’lumotlar bazasini boyitishga xizmat qilgan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi dorivor o‘simlik nomlarining til sohibi kognitiv maydonidagi o‘rni, yadro, markaz qismlari, yaqin va uzoq sarhadlari aniqlangan; kognitiv maydon tushunchalarining o‘zaro mazmuniy munosabatlari, dorivor o‘simlik nomlarining biologik xususiyatlar bilan bir qatorda xalqning tarixiy, mental, madaniy qarashlariga oid ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022-2023-yillarda bajarilgan IL-52 tur-21091433 raqamli “O‘zbek milliy madaniyatiga xos atamalarga oid maqolalar bazasini yaratish” (Vikipediya elektron ensiklopediyasi mezonlari asosida) mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 3-oktyabrdagi 041/6-269-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotda aniqlangan “Tib qonunlari”, “Devonu lugʻotit turk”da aks etgan o‘zbek xalqi, turkiy xalqlarning dorivor o‘simliklarni nomlashdagi mental xususiyatlari, idroki, milliy-madaniy belgilariga oid xulosalar, ingliz tilidagi dorivor o‘simlik nomlarining shakllanishiga oid chog‘ishtirma tahlillar amaliy loyihada rejalashtirilgan ma’lumotlar bazasini boyitishga xizmat qilgan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi dorivor o‘simlik nomlarining mental strukturasi aniqlangan, tarixiy-etimologik xususiyatlari, terminologik tizim sifatidagi taraqqiyotida aks etgan mental omillar, dorivor o‘simliklarni nomlashda xalq ijtimoiy turmush tarzi va milliy madaniy qarashlarining ahamiyati ko‘rsatilgan tahlillardan, o‘simlik nomlarida aks etgan kasallik semalari, tibbiy jarayonlarga aloqador tushunchalar, o‘simlik nomlarining etimologiyasi, o‘z va o‘zlashgan qatlam nunosabati, “Tib qonunlari”, “Saydana” asarlaridagi arxaik shakllarga oid freym tahlillarga oid ilmiy xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanali “Hamma uchun” ko‘rsatuvi ssenariysini yozishda foydalanilgan (O‘zMTRK “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 7-oktyabrdagi 06-28-942-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek va ingliz tillaridagi dorivor o‘simliklar nomida aks etgan milliy-madaniy belgilar, dori nomlarining lingvostatistik tahlili, tarixiy-etimologik, semantik xususiyatlari, dorivor o‘simliklar nomlarining shakllanishidagi lingvokognitiv omillar ko‘rsatuvlar mazmunini ma’naviy-ma’rifiy jihatdan boyitishga xizmat qilgan.