Jarkinova Tursunoy Abdumajitovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yusuf Shomansur ijodining poetik xususiyatlari”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (XX asr o‘zbek adabiyoti va hozirgi adabiy jarayon) (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fil3332.
Ilmiy rahbar: Karimov Bahodir Nurmetovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaxo‘ja Nusratullo Atoullo o‘g‘li, filologiya fanlari doktori, professor; Qahramonov Qurdosh Yalgashevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Yusuf Shomansur ijodiy faoliyati shakllanishida adabiy maktablarning o‘rnini aniqlash, ustozlarning roli va ta’sirini ko‘rsatish, shoir she’riyatining mavzu doirasi, undagi lirik qahramon tabiatini ochish, nasriy asarlari badiiyatini, tarjimonlik mahorati masalasini yoritish, adabiy-estetik qarashlarini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Yusuf Shomansur badiiy olamining kengayishida davr adabiy muhiti, adabiy maktablar va ustozlarning ta’siri katta ekanligi muallifning o‘zi, tengdoshlari, zamondoshlarining xotiralari orqali ochib berilgan;
she’rlarida mavzuga yondashishda va lirik qahramon tabiatini gavdalantirishda falsafiylikka asoslanganligi, ayrim she’rlarida yumoristik kayfiyat yaqqol sezilishi misollar yordamida asoslangan;
xarakter tabiatini aks ettirishda, badiiy asar tilida yozuvchining uslubiy o‘ziga xosligi masalasi “Qora marvarid” romani vositasida dalillangan;
jahon va qardosh xalqlar adabiyotidan qilgan tarjimalari misolida ijodkorning badiiy mahorati tekshirilib, adabiy-tanqidiy maqolalari, kitoblari, izlanishlarida yoritilgan mavzu, muammolar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yusuf Shomansur ijodining poetik xususiyatlari tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Yusuf Shomansur badiiy olamining kengayishida davr adabiy muhiti, adabiy maktablar va ustozlarning ta’siri katta ekanligi muallifning o‘zi, tengdoshlari, zamondoshlarining xotiralari orqali ochib berilganligiga oid ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2023–2024-yillarga mo‘ljallangan AL – 662205561 raqamli “Alisher Navoiy mualliflik korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 3-apreldagi 01/04-1220-sonli ma’lumotnomasi). Natijada shoir va yozuvchilar ijodining shakllanishida adabiy maktab hamda muhitning roli beqiyosligiga oid ma’lumotlar loyihaning amaliy qiymatini oshirgan;
jahon va qardosh xalqlar adabiyotidan qilgan tarjimalari misolida ijodkorning badiiy mahorati tekshirilib, adabiy-tanqidiy maqolalari, kitoblari, izlanishlarida yoritilgan mavzu, muammolar aniqlanganligiga oid ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021–2023-yillarda amalga oshirilgan PF-201912258-raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 3-apreldagi 01/04-1222-sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning ilmiy-nazariy konsepsiyasi yangi xulosa va umumlashmalar bilan boyishiga erishilgan;
xarakter tabiatini aks ettirishda, badiiy asar tilida yozuvchining uslubiy o‘ziga xosligi masalasi “Qora marvarid” romani vositasida dalillanganligiga oid ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021–2023-yillarga mo‘ljallangan IL-402104474 “Bolalaradabiyoti.uz” elektron platforma va uning mobil ilovasini yaratish” loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 3-apreldagi 01/04-1219-sonli ma’lumotnomasi). Natijada elektron platforma xalq ogʻzaki ijodi namunalaridan maqol, iboralar bilan boyigan;
she’rlarida mavzuga yondashishda va lirik qahramon tabiatini gavdalantirishda falsafiylikka asoslanganligi, ayrim she’rlarida yumoristik kayfiyat yaqqol sezilishi misollar yordamida asoslanganligiga oid ilmiy xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Tamaddun dargʻalari” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (2025-yil 28-martdagi 01-30/193-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bu ma’lumotlar tomoshabinlarda katta qiziqish uygʻotgan hamda teleko‘rsatuv materiallari amaliy boyishiga yordam bergan.