Bekmurodov Tog‘oymurod Panjievichning
filologiya fanlari bo‘yich falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tili matbuot va nashriyot terminlari”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fil1921
Ilmiy rahbar: Abdushukurov Baxtiyor Bo‘ronovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01.
Rasmiy opponentlar: Sobirov Abdulhay Shukurovich, filologiya fanlari doktori, professor; Mamatov Abdug‘afur Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek matbuot va nashriyot terminologiyasining sinxron aspektini tekshirish, mazkur soha terminlari tizimining hozirgi adabiy tilda tutgan o‘rnini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tili matbuot va nashriyot terminlarining semantik taraqqiyoti, terminlararo semantik munosabatlar, termin o‘zlashtirish, shuningdek, terminlarning shakllanishida ekstralingvistik omillarning ta’siri, manbasi va omillari asoslangan; terminlarning funksional-semantik tasnifi asosida matbuot va nashriyot terminlari o‘rtasidagi semantik munosabatlar aniqlangan;
zamonaviy o‘zbek tili matbuot va nashriyot terminlarining struktur xususiyatlari, unumli qoliplari, yasalish imkoniyatlari ochib berilgan, soha terminlarining sodda, qo‘shma, gibrid, juft, birikmali, qisqartma shaklli tuzilish turlari dalillangan;
o‘zbek tili matbuot va nashriyot terminlarining o‘zbek terminologiyasida foydalaniluvchi maxsus ensiklopediyalar, o‘zbek tilining izohli va etimologik lug‘atlarida, “O‘zbek tili matbuot va nashriyot terminlarining izohli lug‘ati”da berilishiga doir tavsiyalar ishlab chiqilgan;
zamonaviy terminologik nutqda qo‘llanuvchi terminlarning foydalanilish imkoniyatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tili matbuot va nashriyot terminlari tadqiqi yuzasidan erishilgan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek tili matbuot va nashriyot terminlarining semantik taraqqiyoti, terminlararo semantik munosabatlar, termin o‘zlashtirish, shuningdek, terminlarning shakllanishida ekstralingvistik omillarning ta’siri, manbasi va omillari asoslangani, terminlarning funksional-semantik tasnifi asosida soha terminlari o‘rtasidagi semantik munosabatlarning ta’siri borasidagi nazariy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2023-2024-yillarda bajarilgan AL-662205561-raqamli “Alisher Navoiy mualliflik korpusini yaratish” (“Xazoyin ul maoniy” kulliyotidagi gʻazallar asosida) mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 07-apreldagi 01/4-1287-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Navoiy asarlaridagi ayrim terminlarning bugungi kunda ham foydalanilayotganligi, tarixiy manbalarda mavjud bo‘lgan terminlarning turli o‘zlashmalar o‘rnida qo‘llanilishi lozimligiga oid tavsiya va tahlillar loyiha materiallarini boyituvchi nazariy manba sifatida xizmat qilgan;
zamonaviy o‘zbek tili matbuot va nashriyot terminlarining struktur xususiyatlari, unumli qoliplari, yasalish imkoniyatlari ochib berilgan, soha terminlarining sodda, qo‘shma, gibrid, juft, birikmali, qisqartma shaklli tuzilish turlari dalillanganiga doir ilmiy xulosalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan AM-F3-201908172 raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” (2020-2023) mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 7-maydagi №01/4-1908-sonli ma’lumotnomasi). Natijada milliy til birliklarining xususiyatlarini aniqlash, tabiiy tilning raqamlashgan yozma va og‘zaki matnlari grammatik hamda genealogik tomondan o‘rganish uchun ilmiy-nazariy manba bo‘lib xizmat qilgan;
o‘zbek tili matbuot va nashriyot terminlarining o‘zbek terminologiyasida foydalaniluvchi maxsus ensiklopediyalar, o‘zbek tilining izohli va etimologik lug‘atlarida, “O‘zbek tili matbuot va nashriyot terminlarining izohli lug‘ati”da berilishiga doir ilmiy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022-2023-yillarda bajarilgan II-4721101717 “Xizmat ko‘rsatish obektlari milliy nomlari interaktiv elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 03-fevraldagi 159-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim tizimini modernizatsiyalash bo‘yicha xalqaro baholash dasturining konseptologik asoslarini ochib berish orqali til ta'limi terminologiyasini rivojlantirish usullari ilmiy jihatdan dalillanganligi ta’lim jarayonida xalqaro baholash dasturi yuzasidan xizmat ko‘rsatish obektlari milliy nomlari interaktiv elektron platformasini yaratishda ilmiy manba bo‘lib xizmat qilgan;
zamonaviy terminologik nutqda qo‘llanuvchi terminlarning foydalanilish imkoniyatlari, o‘zbek tilining izohli va etimologik lug‘atlari, “O‘zbek tili matbuot va nashriyot terminlarining izohli lug‘ati”da berilishiga doir ishlab chiqilgan tavsiyaladan “Tarix maydoni” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2025-yil 13-iyundagi 15-33-426-son ma’lumotnomasi). Natijada turkiy yozma-adabiy tilning dastlabki na’munalari qadimgi run bitiklari turkiy xalqlar ajdodlariga xos manba ekanligi, runik obidalar 6 guruhga: tarixiy–biografik bitiklar: Kultegin, Mo‘g‘ilon (Bilga qag‘an), Kulichur, To‘nyuquq, O‘ngin, Selenga, Sujun, Qorabalg‘asun bitiktoshlari; 32 epitafik bitiklar: Enisey, Talas, Tuva, Xaqosiya qabr toshlari; qoyalar, toshlar va qurilishlardagi (Xo‘yto‘-Temir) bitiklar; Runik bitiklar va ilk eski turkiy til obidalari leksikasiga oid ilmiy xulosalardan ma’lumot sifatida foydalanishga erishilgan.