Yodgorov Umidjon Saydullo o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tili korpusida frazemalarni teglashning lingvistik va dasturiy asoslari”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil3963
Ilmiy rahbar: Elov Botir Boltaevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01(bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Abdurahmonova Nilufar Zaynobiddin qizi, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Eshmuminov Asqar Allamurodovich filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: korpusda o‘zbek tili frazeologik birliklarni teglashning lingvistik va dasturiy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
til korpuslari asosida olib borilgan tadqiqotlar natijasida frazemalarning teglash tajribalari tahlil qilinib, o‘zbek tili frazeologik birliklarining o‘ziga xos lisoniy xususiyatlari aniqlanib, ularning tarkibiy qismlari, ularning so‘z turkumlari bilan bog‘liqligi, qat’iy yoki o‘zgaruvchan shakllari, kontekstdagi holatlari va avtomatlashtirilgan tanib olish imkoniyatlari aniqlangan;
til korpusida frazemalarni teglashning dolzarbligi amaliy jihatdan asoslab berilgan, o‘zbek tili frazeologik birliklarini morfologik jihatdan teglashga oid lingvistik yondashuvlar aniqlanib, o‘zbek tilidagi frazemalarni lemmalashga yo‘naltirilgan maxsus algoritm ishlab chiqilgan va frazeologik birliklar ma’lumotlar bazasi shakllantirilgani sababli frazemalarni avtomatik qayta ishlash va ularni lingvistik resurslarga integratsiya qilish imkoniyatlari dalillangan;
frazemalarni lemmalashga doir statistik va qoidalarga asoslangan usullar ishlab chiqilib, frazeologik birliklarni aniqlash va ularni strukturaviy tahlil qilish uchun maxsus morfologik teglar tizimi yaratilgan va n-gram modellari asosida frazemalarni aniqlashga yo‘naltirilgan statistik yondashuv samaradorligi amaliy jihatdan asoslangan;
o‘zbek tili korpusida n-gram usulida frazeologik birlikning grammatik variantlari aniqlanib, frazemalarda omonimiyani aniqlash va bartaraf etish algoritmi, qoidalari ishlab chiqilgan hamda o‘zbek tili korpusiga qo‘llangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tili frazemalari tizimini teglash jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
til korpuslari asosida olib borilgan tadqiqotlar natijasida frazemalarning teglash tajribalari tahlil qilinib, o‘zbek tili frazeologik birliklarining o‘ziga xos lisoniy xususiyatlarini aniqlash, ularning tarkibiy qismlari, so‘z turkumlari bilan bog‘liqligi, qat’iy yoki o‘zgaruvchan shakllari, kontekstdagi holatlari va avtomatlashtirilgan tanib olish imkoniyatlariga oid ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi davlat muassasasi faoliyatiga joriy qilingan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Davlat tilda ish yuritish asoslarini o‘qitish va malakasini oshirish markazining 2025-yil 4-fevraldagi dalolatnomasi). Natijada ta’lim muassasalarida elektron ta’limni joriy etish markazi tasarrufida mavjud elektron resurslardan foydalangan holda o‘zbek tilidagi teglangan 1800 frazeologik birlikdan iborat ma’lumotlar bazasi shakllantirilgan;
til korpusida frazemalarni teglashning dolzarbligi amaliy jihatdan asoslab berilgan, o‘zbek tili frazeologik birliklarini morfologik jihatdan teglashga oid lingvistik yondashuvlar, o‘zbek tilidagi frazemalarni lemmalashga yo‘naltirilgan maxsus algoritm va frazeologik birliklar ma’lumotlar bazasi frazemalarni avtomatik qayta ishlash hamda ularni lingvistik resurslarga integratsiya qilish imkoniyatlariga oid ilmiy xulosalardan O'zbekiston Milliy universitetida 2022-2024-yillarda bajarilgan REP-25112021/113-raqamli “UzUDT: O‘zbek tilida tabiiy tilni qayta ishlash uchun universal bogʻliqliklik daraxti korpusi va uning semantik tahlili" mavzusidagi ilmiy loyihada foydalanilgan (Mirzo Ulugʻbek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti universiteti tomonidan taqdim etilgan 2025-yil 23-apreldagi № 04/11-5273-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tili frazeologik birliklarini lemmalashni amalga oshirish uchun ishlab chiqilgan matematik modellar, algoritmlar va dasturiy majmua asosida gap tarkibidagi frazeologik birliklarni to‘g'ri aniqlash imkoniyati yaratilgan; semantik konkordans usullari va algoritmlari asosida teglangan 1800 ta frazeologik birlikning sintaktik tahlili aniqlik darajasini 92 foizga etkazishga erishilgan;
frazemalarni lemmalashga doir statistik va qoidalarga asoslangan usullar, frazeologik birliklarni aniqlash va ularni strukturaviy tahlil qilish uchun maxsus morfologik teglar tizimi va n-gram modellari asosida frazemalarni aniqlashga yo‘naltirilgan statistik yondashuvlarga oid ilmiy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan IZ-2021020813-raqamli “O‘zbek tili ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan taqdim etilgan 2024-yil 24-dekabrdagi № 04/1-4250-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tili frazemalarini lemmalash algoritmi va frazemalarning ma’lumotlar bazasi o‘zbek tili ta’limiy korpusi qidiruv tizimini shakllantirishda qo‘llanilgan, shuningdek, frazemalardagi omonimiyani aniqlash va bartaraf etishda algoritmdan samarali foydalanishga erishilgan.
o‘zbek tili korpusida n-gram usulida frazeologik birliklarning grammatik variantlarini aniqlash, frazemalardagi omonimiyani aniqlash va bartaraf etish algoritmi hamda unga oid qoidalar Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021–2023-yillarda bajarilgan IZ-2021020813-raqamli “O‘zbek tili ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan taqdim etilgan 2024-yil 24-dekabrdagi № 04/1-4250-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tili ta’limiy korpusi qidiruv tizimida n-gram qidiruv imkoniyati mukammallashtirilgan.