Bozarboeva Namunaxon Davronbek qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Oilaviy munosabatlardagi tolerantlikning davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatiga ta’sirini ijtimoiy-psixologik xususiyatlari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/P1254.
Ilmiy rahbar: Umarova Navbahor Shokirovna, psixologiya fanlar doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Umarali Do‘stqobilovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Ruziev Axror Evatovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oilaviy munosabatlardagi tolerantlikning davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatiga ta’sirini ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini tadqiq etish va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat fuqarolik xizmati faoliyatida tolerantlikning etnik, ijtimoiy va shaxsiy qirralari oilaviy muhitda shakllangan ijtimoiy-psixologik xususiyatlar bilan uzviy bog‘liqlikda namoyon bo‘lishi tufayli, davlat fuqarolik xizmatchilarining xilma-xil ijtimoiy guruhlar bilan konstruktiv munosabatga tayyorligini belgilashda tolerantlik muhim integrativ psixologik sifat ekanligi dalillangan;
davlat fuqarolik xizmatchilarining kommunikativ tolerantlik darajasi ularning lavozim malakasi va faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi referent guruhlar, xususan, oila a’zolari bilan shakllangan ijtimoiy-psixologik munosabatlar kontekstida namoyon bo‘lishi tufayli, kommunikativ tolerantlik davlat fuqarolik xizmati faoliyatida shaxslararo muloqotni boshqarishga xizmat qiluvchi muhim ijtimoiy-psixologik xususiyat ekanligi empirik jihatdan dalillangan;
davlat fuqarolik xizmatchilarining tolerantlik darajasi ularning kasbiy lavozimi, ijtimoiy maqomi va oila a’zolari bilan shakllangan munosabatlar tizimida hukmronlik va do‘stona munosabat oktantlari kesimidagi real va ideal “Men” ko‘rsatkichlari differensial tarzda namoyon bo‘lishi tufayli, oilaviy tolerantlik davlat xizmati faoliyatida kasbiy barkamollik va ijtimoiy moslashuvni ta’minlovchi muhim ijtimoiy-psixologik xususiyat ekanligi asoslangan;
davlat fuqarolik xizmatchilarining tolerantlik darajasida kuzatilgan farqlar, xususan, millatlararo, hududiy, madaniy, stereotipik va mavhum ijtimoiy hodisalarga bo‘lgan munosabat shakllarining rahbar, mutaxassis va ularning oila a’zolari o‘rtasida differensial tarzda namoyon bo‘lishi, tolerantlikning faqat shaxsiy fazilat emas, balki oilaviy ijtimoiylashuv modeli, kasbiy rol va lavozimiy mas’uliyat bilan uzviy bog‘liqlikdagi ijtimoiy-psixologik tizim ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Oilaviy munosabatlardagi tolerantlikning davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatiga ta’sirini ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o‘rganish yuzasidan amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot ishi asosida:
davlat fuqarolik xizmati faoliyatida tolerantlikning etnik, ijtimoiy va shaxsiy qirralari oilaviy muhitda shakllangan ijtimoiy-psixologik xususiyatlar bilan uzviy bog‘liqlikda namoyon bo‘lishi tufayli, davlat fuqarolik xizmatchilarining xilma-xil ijtimoiy guruhlar bilan konstruktiv munosabatga tayyorligini belgilashda tolerantlik muhim integrativ psixologik sifat ekanligi dalillangan xulosalar O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM–357-son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM–357-a-son ma’lumotnomasi). Natijada davlat fuqarolik xizmatchilarining tolerantlik qirralari aniqlangan va ularning oilaviy muhitda shakllangan ijtimoiy-psixologik xususiyatlar bilan bog‘liqligini o‘rganish imkoniyati yaratilgan;
davlat fuqarolik xizmatchilarining kommunikativ tolerantlik darajasi ularning lavozim malakasi va faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi referent guruhlar, xususan, oila a’zolari bilan shakllangan ijtimoiy-psixologik munosabatlar kontekstida namoyon bo‘lishi tufayli, kommunikativ tolerantlik davlat fuqarolik xizmati faoliyatida shaxslararo muloqotni boshqarishga xizmat qiluvchi muhim ijtimoiy-psixologik xususiyat ekanligi empirik jihatdan dalillangan ma’lumotlar O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM–357-son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM–357-a-son ma’lumotnomasi). Natijada davlat fuqarolik xizmatchilarining kommunikativ tolerantlik darajasi oilaviy ijtimoiy munosabatlar kontekstida aniqlangan va uning shaxslararo muloqotni boshqarishga ta’sirini tadqiq qilish imkoni asoslab berilgan;
davlat fuqarolik xizmatchilarining tolerantlik darajasi ularning kasbiy lavozimi, ijtimoiy maqomi va oila a’zolari bilan shakllangan munosabatlar tizimida hukmronlik va do‘stona munosabat oktantlari kesimidagi real va ideal “Men” ko‘rsatkichlari differensial tarzda namoyon bo‘lishi tufayli, oilaviy tolerantlik davlat xizmati faoliyatida kasbiy barkamollik va ijtimoiy moslashuvni ta’minlovchi muhim ijtimoiy-psixologik xususiyat ekanligi asoslangan ma’lumotlar O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM–357-son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM–357-a-son ma’lumotnomasi). Natijada davlat fuqarolik xizmatchilarining oilaviy tolerantlik darajasi real va ideal “Men” munosabatlari kesimida o‘rganilgan hamda ko‘rsatkichlarning kasbiy lavozim va ijtimoiy maqom bilan aloqadorligini o‘rganish imkoniyati yaratilgan;
davlat fuqarolik xizmatchilarining tolerantlik darajasida kuzatilgan farqlar, xususan, millatlararo, hududiy, madaniy, stereotipik va mavhum ijtimoiy hodisalarga bo‘lgan munosabat shakllarining rahbar, mutaxassis va ularning oila a’zolari o‘rtasida differensial tarzda namoyon bo‘lishi, tolerantlikning faqat shaxsiy fazilat emas, balki oilaviy ijtimoiylashuv modeli, kasbiy rol va lavozimiy mas’uliyat bilan uzviy bog‘liqlikdagi ijtimoiy-psixologik tizim ekanligi isbotlangan ma’lumotlar O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM–357-son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM–357-a-son ma’lumotnomasi). Natijada tolerantlikning shaxsiy, oilaviy va kasbiy omillar ta’sirida shakllanish ko‘lami aniqlangan, uni davlat fuqarolik xizmati faoliyatida muhim ijtimoiy-psixologik tizim ekanligi asoslangan hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqilishiga erishilgan.