Kamoldinova Diyora Jalolddin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Maktabgacha ta’lim tashkiloti psixologini o‘yin muhitida bola psixik rivojlanishiga ta’sir xususiyatlari », 19.00.06 – Yosh va pedogogik psixologiyasi.Rivojlanish psixologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro’yxatga olingan raqam: B2025.PhD/P1300.
Ilmiy rahbar: Xalimova Mashraboy Voxidovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat pedogogika instituti.
IK faoliyat ko’rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Kamilova Nodira G‘ayratovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor: Norbosheva Maqsuda Achilovna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa diktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo’nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: maktabgacha ta’lim tashkiloti psixologini o‘yin muhitida bola psixik rivojlanishiga ta’sir xususiyatlarini aniqlash orqali bolaning kognitiv rivojlanish imkoniyatlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda o‘yin faoliyati psixologik-pedagogik tizim bo‘lganligi tufayli, psixolog bolalarni rivojlantiruvchi ishlarini o‘yin faoliyatida amalga oshirishi samarali ta’sir ekanligi aniqlangan;
bolaning o‘yin faoliyatidagi “mustaqillik” yoki “tobelik”, “faollik” yoki “passivlik” xususiyati bolaning psixo-emotsional va shaxsiy rivojlanishiga ta’sir qiluvchi yetakchi mezon ekanligi dalillangan;
maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda integrativ o‘yin texnologiyalari, ularning kognitiv jarayonlariga ta’sir etishda va shaxsiy sifatlari shakllanishida muhim zarurat ekanligi isbotlangan;
maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’limlanayotgan bolalarning aqliy rivojlanish dinamikasini kuzatish zaif va o‘rtacha o‘quvchilarni kuchli, eng rivojlanganlar darajasiga ko‘tarish uchun maqbul imkoniyat va shart-sharoitlarni yaratish psixokorreksion dastur samaradorligiga tegishli ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Maktabgacha yoshdagi o‘yin faoliyatining bola kognitiv rivojlanishiga psixologik ta’siri bo‘yicha erishilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda o'yin faoliyati psixologik-pedagogik tizim bo‘lganligi tufayli, psixolog bolalarni rivojlantiruvchi ishlarini o‘yin faoliyatida amalga oshirishi samarali ta’sir ekanligi aniqlanganligiga oid ilmiy ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 25- dekabrdagi PM-288- son buyrug‘iga asosan “Ontogenez psixologiya va differensial psixologiya” moduliga kiritilgan. (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 20-dekabrdagi PM-288-a -son ma’lumotnomasi). Natijada o‘yin faoliyatini pedagogic-psixologik tizim sifatida psixolog faoliyatida ko‘rib chiqish imkoniyati yaratilgan;
bolaning o‘yin faoliyatidagi “mustaqillik” yoki “tobelik”, “faollik” yoki “passivlik” xususiyati bolaning psixo-emotsional va shaxsiy rivojlanishiga ta'sir qiluvchi yetakchi mezon ekanligi dalillangan xulosalar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 25- dekabrdagi PM-288- son buyrug‘iga asosan “Ontogenez psixologiya va differensial psixologiya” moduliga kiritilgan. (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 20-dekabrdagi PM-288-a son ma’lumotnomasi). Natijada o‘yin muhiti va bolaning shaxsiyat turini o‘zaro bog‘lash metodologiyasi ishlab chiqilgan;
maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda integrativ o‘yin texnologiyalari, ularning kognitiv jarayonlariga ta’sir etishda va shaxsiy sifatlari shakllanishida muhim zarurat ekanligi isbotlanganligi haqidagi ma’lumotlaridan Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 25- dekabrdagi PM-288- son buyrug‘iga asosan “Ontogenez psixologiya va differensial psixologiya” moduliga kiritilgan. (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 20-dekabrdagi PM-288-a son ma’lumotnomasi). Natijada bolaning psixik rivojlanishini korreksiyalash uchun psixologik-pedagogik shart-sharoitlarni va maktabgacha ta’lim tashkiloti psixologining korreksion ishlari usullarini tadqiq etish imkoniyati yaatilgan;
maktabgacha tarbiya tashkilotida tarbiyalanayotgan bolalarning aqliy rivojlanish dinamikasini kuzatish zaif va o'rtacha o'quvchilarni kuchli, eng rivojlanganlar darajasiga ko'tarish uchun maqbul imkoniyat va shart-sharoitlarni yaratish psixokorreksion dastur samaradorligiga tegishli ekanligi isbotlangan ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 25- dekabrdagi PM-288- son buyrug‘iga asosan “Ontogenez psixologiya va differensial psixologiya” moduliga kiritilgan. (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 20-dekabrdagi PM-288-a son ma’lumotnomasi). Natijada rivojlantiruvchi o‘yin muhitining asosiy psixik jarayonlar rivojlanishiga va maktabgacha yoshdagi bola shaxsining shakllanishiga ta’sirini o‘rganish imkoni yaratilgan.