Payzibaeva Madinaxon Sobirjon qizining
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ingliz xalq ertaklarining tarixiy-genetik asoslari va g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari” mavzusidagi  10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
    Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil4831.
    Ilmiy rahbar: Dadaboev Olimjon Ortiqovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti huzuridagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini beruvchi PhD.03.05.05.2023.Fil.163.01. raqamli Ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar:  
To‘raeva Bahor Bahriddinovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Tursunov Akmaljon Hamidjonovich,  filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor. 
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.            
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ingliz xalq ertaklari genezisi, strukturasi, g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari, badiiy-estetik vazifalari va poetik xossalarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
xalq ertaklarining tarixiy genetik asoslari, kelib chiqishi, ularning shakllanishi va taraqqiyotiga turli mifologik obrazlar, motivlar va syujetlarning ta’siri katta ekani, xususan, ingliz xalq ertaklaridagi suv xavzalari personajlari va ularning ayyorliklari bilan bog‘liq motivlar Kelt hamda Skandinaviya mifologik tizimlari elementlarining takrori ekanligi, ertak qahramonlarining atributlarida, shuningdek, turli personajlar nominatsiyalarida esa German-Skandinaviya e’tiqodlari elementlarining mavjudligi asoslangan;
ingliz xalq ertaklaridagi mifologik g‘oyalar tizimini o‘zgartirishda yozuvchilarning ijodi ham muayyan rol o‘ynagani, ularning asarlarida gavdalangan obrazlar tufayli xalq ertaklarida uchrovchi ziyonkor parilar endi go‘zal va zararsiz mavjudotlar sifatida qabul qilina boshlagani, ertak matnida qadimgi mifologiya obrazlarining paydo bo‘lishi ko‘p jihatdan xalq ertaklari to‘plamlarini tuzuvchilarning adabiy faoliyati bilan ham bevosita bog‘liqligi, tuzuvchilar ularni ertak hikoyasiga qahramon sifatida sun’iy ravishda kiritgani, ertak matniga nasroniylik g‘oyalarining kiritilishi esa xalq matnlarini ingliz folklorining birinchi yig‘uvchilari – monaxlar tomonidan qayta ishlanishi bilan bog‘liq ekani dalillangan;
jahon xalq ertaklariga xos an’anaviy tugallamalardan farqli o‘laroq ingliz xalq ertaklari tugallamalarida hikoyaning haqiqatga muvofiqligini ko‘rsatib berish uchun hikoyachi tomonidan hujjatlar va artefaktlar bilan asoslanishi, ayrim ingliz xalq ertaklarida esa aniq zamon va makon kategoriyalarini ko‘rsatuvchi boshlamalardan foydalanilganligi isbotlangan;
jahon xalq ertaklaridan farqli ravishda ingliz xalq ertaklari g‘oyaviy-badiiy jihatlarining rivojlanishida ingliz jamiyati boshdan kechirgan burjua va kapitalistik tizimlarga xos bo‘lgan mentalitetning ta’siri katta ekani, xususan, ingliz xalq ertaklari bosh qahramonlari xarakterida kuzatiladigan xudbinlik va insofsizlik, yolg‘onchilik va ayyorlik kabi xususiyatlar  dunyoda kapitalizm birinchi bo‘lib rivojlana boshlagan burjua Angliyasi kishilik jamiyatida qadrlangan xarakter belgilarining bir ko‘rinishi ekani aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz xalq ertaklarining tarixiy-genetik asoslari va g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari tadqiqi natijasida olingan xulosalar asosida:
jahon xalq ertaklaridan farqli ravishda ingliz xalq ertaklari bosh qahramonlari xarakterida kuzatiladigan xudbinlik va insofsizlik, yolg‘onchilik va ayyorlik kabi xususiyatlar  dunyoda kapitalizm birinchi bo‘lib rivojlana boshlagan burjua Angliyasi kishilik jamiyatida qadrlangan xarakter belgilarining bir ko‘rinishi ekani, jahon xalq ertaklariga xos an’anaviy tugallamalardan farqli o‘laroq ingliz xalq ertaklari tugallamalarida hikoyaning haqiqatga muvofiqligini ko‘rsatib berish uchun hikoyachi tomonidan hujjatlar va artefaktlar bilan asoslanishi, ayrim ingliz xalq ertaklarida esa aniq zamon va makon kategoriyalarini ko‘rsatuvchi boshlamalardan foydalanilishi haqida olingan ilmiy xulosalardan “Namangan teleradiokanali” ijodkorlari tomonidan tayyorlangan “Ma’naviyat”, “Ayol – jamiyat ko‘zgusi” va “Guldasta” ko‘rsatuvlarining 2025-yil yanvar va mart oylaridagi efirlarini tayyorlashda foydalanilgan. (“Namangan teleradiokanali” DMning 2025-yil 18-apreldagi № 02-4-91-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz xalq ertaklariga xos bo‘lgan motiv va syujetlar, qahramonning evrilishi kabi ayrim juft funksiyalarning yoʻqolishi to‘g‘risidagi foydali ma’lumotlar bilan ushbu ko‘rsatuvlarning mazmuni ilmiy va amaliy jihatdan boyigan;
ingliz xalq ertaklaridagi suv havzalari personajlari va ularning ayyorliklari bilan bog‘liq motivlar Kelt va Skandinaviya mifologik tizimi elementlarining takrorlanishi ekani, ertak qahramonlarining atributlarida, ulkan odamlar kabi personajlar nominatsiyalarida esa German-Skandinaviya e’tiqodlari elementlarining mavjudligi hamda ingliz xalq ertaklaridagi mifologik g‘oyalar tizimini o‘zgartirishda yozuvchilarning ijodi ham muayyan rol o‘ynagani, ularning asarlarida gavdalangan obrazlar tufayli xalq ertaklarida uchrovchi ziyonkor parilar endi go‘zal va zararsiz mavjudotlar sifatida qabul qilina boshlagani, ertak matnida qadimgi mifologiya obrazlarining paydo bo‘lishi ko‘p jihatdan xalq ertaklari to‘plamlarini tuzuvchilarning adabiy faoliyati bilan ham bevosita bog‘liqligi, tuzuvchilar ularni ertak hikoyasiga qahramon sifatida sun’iy ravishda kiritgani, ertak matniga nasroniylik g‘oyalarining kiritilishi xalq matnlarini ingliz folklorining birinchi yig‘uvchilari – monaxlar tomonidan qayta ishlanishi bilan bog‘liq ekani haqida olingan ilmiy xulosalardan 2019-2021-yillarda amalga oshirilgan “O‘zbek va ingliz tillarining elektron (Inson qiyofasi, feʼl-atvori, tabiat va milliy timsollar tasviri) poetik lug‘atini yaratish” nomli loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 1-maydagi 01/4-1816-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz xalq ertaklari g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari, uning shakllanish jarayonidagi ta’sirlar, taraqqiyoti, obrazlar tizimi haqidagi ma’lumotlar hisobiga loyiha amaliy natijalarining samaradorligi va foydalanish darajasi ortgan; 
xalq ertaklarining tarixiy genetik asoslari, kelib chiqishi, ularning shakllanishi va taraqqiyotiga turli mifologik obrazlar, motivlar va syujetlarning ta’siri haqida olingan ilmiy xulosalardan 2020-2023-yillarda amalga oshirilgan FZ-201912099 “O‘zbek folklorining o‘zbek va ingliz tillaridagi veb-sayti va multimedia mahsulotini yaratish” nomli amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (Namangan davlat universitetining 04.04.2025 dagi № 099-5/24-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz xalq ertaklarining kelib chiqishi, shakllanishi, rivoji va bu jarayonlarga turli xalqlar mifologiyasining roli to‘g‘risida foydali ma’lumotlar bilan ushbu loyiha mazmuni  amaliy hamda ilmiy jihatdan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish