Matyakubova Gulnoza Atabekovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Nosiriddin Tusiyning falsafiy-pedagogik qarashlari asosida talabalarning axloqiy tarbiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (falsafa) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3362.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Xajieva Maksuda Sultanovna, pedagogika fanlari doktori (DSc)
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Ismoilov Temurbek Islomovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Yusupov Konisbay Abilovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Nosiriddin Tusiyning falsafiy-pedagogik qarashlari asosida talabalarning axloqiy tarbiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqiqshdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Nosiriddin Tusiyning falsafiy-pedagogik qarashlari asosida talabalarning axloqiy tarbiyasini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari uning hayotiy va ijodiy faoliyati shakllanishidagi tarixiy shart-sharoitlarni falsafiy tahlil qilish, ma’naviy-axloqiy merosining tarbiyaviy yo‘nalishlariga oid namunalarini imitatsion va qiyosiy tipologik jihatdan ilmiy me’rosi ta’sirchanligini tasniflash asosida aniqlashtirilgan;
Nosiriddin Tusiyning falsafiy-pedagogik qarashlari asosida talabalar axloqiy tarbiyasini rivojlantirish jarayoni “Axloqi Nosiriy” asaridagi ma’naviy-ma’rifiy va axloqiy tarbiya nazariyasining didaktik jihatlari ochib berish, “Adab ul-mutaallimun” va “Avsof ul-Ashraf” kabi asarlaridagi gumanizm, vatanparvarlik, tolerantlik va xalqqa ziyo tarqatish g‘oyalarining bayon qilinishidagi mantiqiy izchillikning pedagogik mazmunini tasniflash asosida takomillashtirilgan;
Nosiriddin Tusiyning falsafiy va pedagogik qarashlari axloqiy fazilatlar, insoniy hislatlarni darajalash mahoratining tarbiyaviy salohiyatini qiyosiy tahlil qilish hamda uning imkoniyatlari ta’lim identifikatsiyani rivojlantirishbilan bog‘liq konyukturasining axloqiy xulq-atvor tizimli darajalash mezonlarini asosida takomillashtirilgan;
Nosiriddin Tusiyning falsafiy-pedagogik qarashlari asosida talabalarning axloqiy tarbiyasini rivojlantirish metodikasi determinlashtiruvchi kasbiy bilim, tajriba, malaka va ko‘nikma singari atributiv kategoriyalardan foydalanish, jamiyatning ijtimoiy ehtiyojlariga ko‘ra ta’limiy mazmun va tarbiyaviy ta’sir imkoniyatlarini prognostik aniqlash asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
 Nosiriddin Tusiy ma’rifiy-pedagogik qarashlarini yoshlar tarbiyasiga tadqiq etishni takomillashtirishga oid tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
Nosiriddin Tusiy ma’naviy-axloqiy merosining tarbiyaviy yo‘nalishlariga oid imitatsion va pedagogik aspektlarning qiyosiy tipologiyasini falsafiy-pedagogik jihatdan deontologik-monografiyaviy tizimlashtirish asosida aniqlashtirilgan mutafakkir ilmiy-falsafiy qarashlarining pedagogik imkoniyatlariga oid xulosalar, taklif va tavsiyalardan 70110201-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim) magistratura ta’lim yo‘nalishi mutaxassisligi uchun ishlab chiqilgan “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan  (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 1-avgustdagi 277-sonli buyrug‘i, 277-436 raqamli guvohnoma). Natijada, Nosiriddin Tusiyning ma’rifiy-pedagogik qarashlarini o‘rganishning ma’naviy-axloqiy va ijtimoiy pedagogik chora-tadbirlar rejasi hamda o‘quv dasturlarini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
mutafakkirning “Adab ul-mutaallimun” va “Avsof ul-Ashraf” kabi asarlaridagi gumanizm, vatanparvarlik, tolerantlik g‘oyalarini milliy mental xususiyatlarining ta’lim-tarbiya mazmuniga integrativ uslublar orqali singdirish asosida takomillashtirilgan Noѕiriddin Tuѕiuning redagogik aѕarlari aѕoѕida ta’limni taѕhkil etiѕhning didaktik ta’minoti bo‘yicha xulosa, taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston teleradiokanali” DMdagi “O‘zbekiston yoshlari”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bolalar va biz” dasturlarining ssenariylarini (2023-2024 yillar) tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 25-oktyabrdagi 04/36-1142-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Nosiriddin Tusiy ma’rifiy-pedagogik qarashlarining yoshlar tarbiyasidagi ahamiyatini asoslovchi nazariy manbalarning ilmiy-amaliy jihatlarini aniqlashtirishga erishilgan;
mutafakkir falsafiy va pedagogik qarashlaridagi axloqiy fazilatlar rivojlanganligining destruktiv va konstruktiv, pedagogik va metodik, amaliy mexanizmlarini ta’limiy identifikatsiyani takomillashtirish bilan bog‘liq xloqiy xulq-atvor mezonlariga tipologik moslashtirish asosida ochib berilgan Noѕiriddin Tuѕiu asarlari orqali uoѕhlar ma’naviu-axloqiu va iјtimoiu-madaniu qobiliuatini uukѕaltiriѕhning ѕamarali uo‘llari va voѕitalariga oid taklif va tavsiyalar 60112100-Milliy g‘oya ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi bakalavriyat ta’lim yo‘nalishi mutaxassisligi uchun ishlab chiqilgan “Globallashuv asoslari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-sonli buyrug‘i, №537361 raqamli guvohnoma). Natijada, Nosiriddin Tusiy ma’rifiy-pedagogik qarashlarining didaktik jihatlarini ochib berishga xizmat qilgan;
Nosiriddin Tusiyning ma’naviy-ma’rifiy merosi asosida ta’limni tashkil etishning didaktik jihatlari hamda undan zamonaviy yondashuvlarni determinlashtiruvchi kasbiy bilim, tajriba, malaka va ko‘nikma singari atributiv kategoriyalari uslubiy-metodik jihatdan takomillashtirish asosida ishlab chiqilgan mutafakkir qaraѕhlarida egoizm, altruizm va bolalarning intellektual rivoјlaniѕhiga doir redagogik qaraѕhlarni uaxlit o‘rganiѕh bo‘yicha taklif va tavsiyalar 60920100 – Ijtimoiy ish (oila va bolalar bilan ishlash) bakalavriyat ta’lim yo‘nalishi mutaxassisligi uchun ishlab chiqilgan “Ijtimoiy falsafa” nomli darslik  mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 1-avgustdagi 277-sonli buyrug‘i, 277-396 raqamli guvohnoma). Natijada, Nosiriddin Tusiyning ma’rifiy-pedagogik qarashlarini O‘zbekiston pedagogika fanlari tarixiga alohida mavzu qilib kiritish va uning muhim jihatlaridan o‘zbek pedagogikasi tarixi va tarbiya tizimi bilan bog‘liq fanlarni o‘qitishda keng foydalanishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish