Sanakulov Zayniddin Ibodullaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Badiiy onomastik birliklar vositasida talabalar lingvistik kompetensiyalarini rivojlantirishning nazariy-pedagogik asoslari”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.DSc/Ped.____.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy maslahatchi: Xodjamqulov Umid Negmatovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Xurvalieva Tarmiza Latipovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Jumabaeva Jamila Sharipovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Yakubbaev Murodilla Marufovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi badiiy onomastik birliklar vositasida talabalar lingvistik kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan nazariy-pedagogik asoslarni takomillshtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish, lingvodidaktik imkoniyatlarni asoslash hamda ta’lim jarayoniga integratsiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik model va metodik vositalarni yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
badiiy onomastik birliklar vositasida talabalar lingvistik kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari pedagogik-lingvistik tushunchalar tizimini ta’limiy maqsadlar mazmuniga integratsiyalashni madaniy va semiotik yondashuvlarga mos tahlil qilish, hamda funksional tahlilga ko‘ra fanlararo yondashuvlar orqali lingvistik kompetensiyani rivojlantirishga yo‘naltirilgan nazariy-metodik yondashuv asosida aniqlangan;
badiiy onomastik birliklar vositasida talabalar lingvistik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi badiiy-estetik anglashni nutqiy faollik va interpretatsiya ko‘nikmalariga mazmunli yo‘naltirish, ma’no qatlamlarini tahlil qilish, uslubiy tafsirlash va matn yaratish mahoratini o‘rgatishga yo‘naltirilgan amaliy usullar bilan o‘zaro uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
badiiy onomastik birliklar vositasida talabalar lingvistik kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik modeli lingvomadaniy yondashuv, badiiy tahlil faoliyati va interfaol ta’lim texnologiyalarini integrativ metodik prinsiplar orqali kompetensiyaviy maqsadlarga ko‘ra nazariy-amaliy jihatdan darajalash va badiiy kuchiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadigan adabiy funksiyadan maqsadli foydalanish asosida takomillshtirilgan;
badiiy onomastik birliklar vositasida talabalar lingvistik kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligi ma’no qatlamli tahlil, kognitiv interpretatsiya, madaniy kontekstuallash va tafakkur faoliyatlarini ta’limiy vazifalarga uslubiy transformatsiyalash va metodik jarayonni funksional modellash asosida ishlab chiqilgan;
badiiy onomastik birliklarni o‘quv jarayoniga integratsiya qilish mexanizmi janriy-uslubiy xususiyatlarni lingvomadaniy transformatsiya, tarjima interpretatsiyasi va kognitiv moslashuvga ko‘ra ta’limiy modellashtirish, funksional qayta ishlash hamda ijtimoiy muhit ta’sir darajasini faktik aniqlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Badiiy onomastik birliklar asosida talabalarda lingvistik kompetensiyani shakllantirishning ilmiy-pedagogik asoslari va uni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
badiiy onomastik birliklar vositasida talabalar lingvistik kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari pedagogik-lingvistik tushunchalar tizimini ta’limiy maqsadlar mazmuniga integratsiyalashni madaniy va semiotik yondashuvlarga mos tahlil qilish hamda funksional tahlilga ko‘ra fanlararo yondashuvlar orqali lingvistik kompetensiyani rivojlantirishga yo‘naltirilgan nazariy-metodik yondashuv asosida aniqlashga oid taklif va tavsiyalar “Nazariy grammatika” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 4-apreldagi 136-sonli buyrug‘i, 132154-raqamli guvohnoma). Natijada, badiiy onomastik birliklar asosida talabalarda lingvistik kompetensiyani rivojlantirish uchun mo‘ljallangan interfaol dars ssenariylarini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
badiiy onomastik birliklar vositasida talabalar lingvistik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi badiiy-estetik anglashni nutqiy faollik va interpretatsiya ko‘nikmalariga mazmunli yo‘naltirish, ma’no qatlamlarini tahlil qilish, uslubiy tafsirlash va matn yaratish mahoratini o‘rgatishga yo‘naltirilgan amaliy usullar bilan o‘zaro uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga doir xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Oʻzbekiston-24” ijodiy birlashmasi “Oʻzbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Adabiy jarayon”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” radioeshittirishlarining 2025-yil yanvar va may oylari sonlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 28-maydagi 05-09-757-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, lingvomadaniy yondashuv asosida onomastik birliklarni tahlil qilishga yo‘naltirilgan badiiy-tahlil mashg‘ulotlari kompleks dasturi ishlab chiqishga xizmat qilgan;
badiiy onomastik birliklar vositasida talabalar lingvistik kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik modeli lingvomadaniy yondashuv, badiiy tahlil faoliyati va interfaol ta’lim texnologiyalarini integrativ metodik prinsiplar orqali kompetensiyaviy maqsadlarga ko‘ra nazariy-amaliy jihatdan darajalash va badiiy kuchiga ezilarli ta’sir ko‘rsatadigan adabiy funksiyadan maqsadli foydalanish asosida takomillshtirishga oid takliflar va xulosalar “Nazariy grammatika” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 4-apreldagi 136-sonli buyrug‘i, 132154-raqamli guvohnoma). Natijada, badiiy onomastik birliklarni o‘quv jarayoniga integratsiya qilishga qaratilgan metodik qo‘llanma va lingvodidaktik tavsiyalar tizimi takomillashtirishga xizmat qilgan.
badiiy onomastik birliklar vositasida talabalar lingvistik kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligi ma’no qatlamli tahlil, kognitiv interpretatsiya, madaniy kontekstuallash va tafakkur faoliyatlarini ta’limiy vazifalarga uslubiy transformatsiyalash va metodik jarayonni funksional modellash asosida ishlab chiqishga oid tavsiyalar Toshkent davlat agrar universitetida bajarilgan AL-672205589-raqamli “O‘rmonchilik sohasiga oid atamalarning o‘zbekcha-inglizcha-ruscha-nemischa illyustrativ elektron lug‘at va mobil ilovasini yaratish” (2024-2025 yy.) mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat agrar universitetining 2025-yil 16-maydagi 1/4-615-son ma’lumotnomasi). Natijada, nemis tilidagi badiiy onomastik birliklarni tarjima qilish orqali lingvistik kompetensiyani rivojlantirishga yo‘naltirilgan tarjima mashg‘ulotlar modulini ommalashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish