Shamuratova Barno Yuvbasarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Mutafakkirlarning ijtimoiy-falsafiy qarashlari asosida yoshlarda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi (Ar Roziy va Ibn Sinoning ilmiy-falsafiy merosi asosida)”, 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped4935
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Xajieva Maqsuda Sultanovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Xurvalieva Tarmiza Latipovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Abdullaeva Shaxzoda Abdullaevna; pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi yoshlarda sog‘lom turmush tarzi va ma’naviy tarbiya ko‘nikmalarini rivojlantirishda Ar-Roziy va Ibn Sinoning ijtimoiy-falsafiy qarashlaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
yoshlarda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari Ar-Roziy va Ibn Sinoning yoshlarda sog‘lom turmush tarzi va ma’naviy tarbiya ko‘nikmalarini rivojlantirish borasidagi qarashlarining falsafiy hamda pedagogik jihatlarini tahliliy o‘rganish va dominant ilmiy mulohazalarni retrospektiv tahlil usulida nazariy tavsiflash asosida aniqlashtirilgan;
yoshlarda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi Ar-Roziy va Ibn Sinoning maʼnaviy-axloqiy va falsafiy-pedagogik qarashlarining metakognitiv, multiperspektiv va sinergetik omillarni kasbiy faoliyatga tatbiq etishning ta’sirchan mexanizmlarini kun talablari rakursida aniqlash hamda o‘qitishning metodik komponentlariga kognitiv va pragmatik yondashuvlarga muvofiq integratsiyalsh asosida takomillashtirilgan;
yoshlarda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini rivojlantirish jarayoni Ar-Roziy va Ibn Sinoning inson salomatligini ta’minlash va ma’naviyatini tarbiyalsh borasidagi falsafiy-pedagogik qarashlarini og‘zaki va yozma refleksiya, argumentatsiya, mobilizatsiya metodlarini taʼlim jarayoniga tatbiq etish va nazariy bilimlarni ta’lim oluvchilarning rivojlanish vektoriga muvofiq qo‘llashning ergonomik talablarini modelashtirish asosida takomillshtirilgan;
yoshlarda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini rivojlantirish samaradorligi ta’lim oluvchilarda jismoniy madaniyatning falsafiy mohiyatini anglash, ajdodlarimizning ilmiy merosidan konstruktiv, interpretativ, transmissiv va simulyativ yondashuvlarga muvofiq foydalanish hamda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonida foydalanishning pedagogik imkoniyatlari oila, jamoa, ustoz va shogird munosabatlarini optimallashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
“Mutafakkirlarning ijtimoiy-falsafiy qarashlari asosida yoshlarda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi (Ar-Roziy va Ibn Sinoning ilmiy-falsafiy merosi misolida)” mavzusida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
mutafakkirlarning ilmiy merosini bugungi kun talablari rakursida aksiologik-germenevtik deskripsion tahlil qilish asosida ochib berilgan Ar-Roziy va Ibn Sinoning yoshlarda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini rivojlantirish borasidagi qarashlarining falsafiy hamda pedagogik jihatlariga oid xulosalar Xorazm viloyati teleradiokanali tomonidan efirga uzatilgan “Assalom, Xorazm” dasturining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining 2024-yil 18-apreldagi 570-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlar uchun sog‘lom turmush tarzini yuksaltirishga xizmat qiluvchi zamonaviy falsafiy yondashuvlarni ishlab chiqishda keng foydalanilgan;
tadqiqot obektiga xos metakognitiv (chuqur tafakkurga qaratilgan), multiperspektiv (keng qamrovli) va sinergetik (birgalikdagi harakat) omillarni kasbiy faoliyatga tatbiq etishning amaliy mexanizmlarini gumanitar fanlarni o‘qitishning didaktik va metodik komponentlariga kognitiv va pragmatik yondashuvlar orqali integratsiyalash asosida takomillashtirilgan Ar-Roziy va Ibn Sinoning ma’naviy-axloqiy va falsafiy-pedagogik qarashlarining metodik xususiyatlariga oid taklif va tavsiyalar “Globallashuv asoslari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i 2024 yil 6 sentyabr № 333- son.) Natijada, talabalarning maʼnaviy-axloqiy va falsafiy-pedagogik qarashlari takomillashgan.
ta’lim oluvchilarda jismoniy madaniyatning falsafiy mohiyatini anglash bilan bog‘liq pedagogik-psixologik jarayonning samaradorligini oshirishda ajdodlarimizning ilmiy merosidan konstruktiv, interpretativ (tatbiqiy), transmissiv (aloqadorlik) va simulyativ (modellashtirish) yondashuvlarga muvofiq foydalanishning amaliy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan metodik tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filiali tomonidan bajarilgan “AI-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarda umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2024-yil 14-iyundagi 239-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarda jismoniy madaniyatning falsafiy mohiyatini anglash sog‘lom turmush tarzini yuksaltirish bo‘yicha xulosalar chiqarish imkoniyati yaratilgan;
og‘zaki va yozma refleksiya (tasvirlash), argumentatsiya (dalillash), mobilizatsiya (aloqadorlik va bog‘liqlik) metodlarini ta’lim oluvchilarning rivojlanish vektoriga muvofiq qo‘llashning ergonomik talablari ilmiy modellashtirish asosida takomillashtirilgan Ar-Roziy va Ibn Sinoning inson salomatligini ta’minlash borasidagi falsafiy-pedagogik qarashlarini ta’lim jarayoniga tatbiq etishning uslubiy texnologiyalariga oid takliflardan Xorazm viloyati teleradiokanali tomonidan efirga uzatilgan “Assalom Xorazm” dasturining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining 2024-yil 18-apreldagi 570-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlar uchun sog‘lom turmush tarzini yuksaltirishga xizmat qiluvchi zamonaviy falsafiy yondashuvlarni ishlab chiqishda keng foydalanilgan.