Xojiev Jaxongir Dushabaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tijorat banklarining aktivlar portfeli samaradorligini takomillashtirish istiqbollari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Iqt1443.
Ilmiy rahbar: Karlibaeva Raya Xojabaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, IK raqami:, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Ismailov Alisher Agzamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent, Tojiev Raxmatilla Raxmonovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tijorat banklari aktivlar portfellarining samaradorligini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklarida muammoli kreditlar hajmi o‘sishining oldini olish va mijoz daromadlari hamda moliyaviy holati barqarorligini ta’minlash maqsadida so‘rovlariga asosan pul tushumlari sanasiga muvofiq kredit bo‘yicha asosiy qarz va foizlar bo‘yicha to‘lov kunini oyning ular uchun qulay bo‘lgan sanasiga o‘zgartirish imkonini berish taklifi asoslangan;
tijorat banklarida kreditlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlar ko‘rsatkichini aktivlarga nisbatan 1,3-1,8% darajadan kamaytirish orqali bank resurs bazasi hajmining yillik 7-10% gacha kengayishiga erishish hamda kreditlash faoliyatining samaradorligini oshirish asoslangan;
tijorat banklari aktivlari portfelini “Mijozlarning sodiqligi” modeli asosida muddatlar kesimidagi tahlil asosida mos ravishda “past” (0 < Dp ≤ 1 yil), “o‘rta” (1 yil < Do‘ ≤ 3 yil) va “yaxshi” (3 yil < Dya ≤ 5 yil va undan ortiq) segmentlarga ajratilib, bank resurs bazasini kengaytirish va aktivlarni samarali boshqarish taklifi asoslangan;
O‘zbekistondagi tijorat banklarining aktivlar portfeli samaradorligini oshirishga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida tijorat banklari resurslari hajmining 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tijorat banklari aktivlar portfellarining samaradorligini takomillashtirish istiqbollari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklarida muammoli kreditlar hajmi o‘sishining oldini olish va mijoz daromadlari hamda moliyaviy holati barqarorligini ta’minlash maqsadida so‘rovlariga asosan pul tushumlari sanasiga muvofiq kredit bo‘yicha asosiy qarz va foizlar bo‘yicha to‘lov kunini oyning ular uchun qulay bo‘lgan sanasiga o‘zgartirish imkonini berish taklifi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankida amaliyotga joriy etilgan (“Mikrokreditbank” ATBning 2025-yil 24-iyundagi 05-12/11115-son ma’lumotnomasi). Bu esa, o‘z navbatida, mijozlarda psixologik holatni yaxshilanishiga, ortiqcha va o‘rinsiz to‘lovlarni yuzaga kelmasligiga hamda bankda muammoli kreditlarni yuzaga kelishini oldini olishga ijobiy ta’sir qilmoqda;
tijorat banklarida kreditlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlar ko‘rsatkichini aktivlarga nisbatan 1,3-1,8% darajadan kamaytirish orqali bank resurs bazasi hajmining yillik 7-10% gacha kengayishiga erishish hamda kreditlash faoliyatining samaradorligini oshirish taklifi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki amaliyotiga joriy qilingan (“Mikrokreditbank” ATBning 2025-yil 24-iyundagi 05-12/11115-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Mikrokreditbank” Aksiyadorlik tijorat banki 2025-yilda 2024-yilga nisbatan kreditlardan olingan foizli daromadlar miqdori 27,5 foizga oshgani holda, kreditlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarning brutto aktivlarga nisbatan darajasi 0,21 foizli punktga pasayishiga erishilgan;
tijorat banklari aktivlari portfelini “Mijozlarning sodiqligi” modeli asosida muddatlar kesimidagi tahlil asosida mos ravishda “past” (0 < Dp ≤ 1 yil), “o‘rta” (1 yil < Do‘ ≤ 3 yil) va “yaxshi” (3 yil < Dya ≤ 5 yil va undan ortiq) segmentlarga ajratilib, bank resurs bazasini kengaytirish va aktivlarni samarali boshqarish taklifi ATB “Mikrokreditbank”ning amaliyotiga joriy etilgan (“Mikrokreditbank” ATBning 2025-yil 24-iyundagi 05-12/11115-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tijorat bankining 2024-yil yakuniga ko‘ra foydali aktivlar ulushi ortib uzoq muddatli kreditlar soni 15 foizga oshishga erishilgan;
O‘zbekistondagi tijorat banklarining aktivlar portfelini mustahkamlash va oshirishga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida tijorat banklari resurslari hajmining 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari “Mikrokreditbank” ATB tomonidan 2030-yilga mo‘ljallangan bank umumiy strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan va amaliyotga joriy qilingan (“Mikrokreditbank” ATBning 2025-yil 24-iyundagi 05-12/11115-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi “Mikrokreditbank” ATBning uzoq muddatli istiqboldagi resurs hajmi hamda u bilan bog‘liq asosiy faoliyat ko‘rsatkichlarini aniqlashtirish hamda o‘zaro muvofiqlashtirish imkonini bergan.