Asadova Aziza Olimjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hududlarda nostalgik turizmni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt5284.2.PhD/Iqt1282
Ilmiy rahbar: Mansurova Nargiza Shamsidinovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, DSc.33/01.02.2022.I.145.01
Rasmiy opponentlar: Mirzaev Abdullajon Topilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Mardonov Baxodir Baxronovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: hududlarda nostalgik turizmni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nostalgik turizm ishtirokchilarini yanada ko‘proq jalb etish, hududlarda kirish turizmini rivojlantirish yoʻnalishida Navro‘z bayrami va Mustaqillik kuni arafasida xorijlik vatandoshlar uchun “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” va “O‘zbekistonda Navro‘z” nomli maxsus turpaketlar ishlab chiqish asosida “O‘zbekiston-ikkinchi uyim” maxsus arzonlashtirilgan turmahsulotini tayyorlash bo‘yicha takliflar asoslangan;
hududlarning nostalgik turizm resurslari va mavjud turistik salohiyatini namoyon etish, ishtirokchilar bilan aloqani mustahkamlash maqsadida respublikadagi turizm namoyishi obektlarini o‘zaro bog‘lovchi “Tourist routes” turistik yoʻnalishlarning yagona reestrini yuritish tartibini ishlab chiqish asosida “nostalgytour.uz” platformasini yaratish bo‘yicha takliflar dalillangan;
umummilliy totuvlikni mustahkamlashga qaratilgan har yili “O‘zbekiston yagona Vatan!” shiori ostida xorijdagi vatandoshlar, diaspora vakillari turizmini rivojlantirish kabi masalalarda o‘zaro fikr-mulohaza almashish maqsadida “Xorijdagi vatandoshlar orqali bilimlarni transfer qilish” (TOKTEN) dasturi asosida ekspertlik va ilmiy doiralar vakillari hisoblangan xorijdagi vatandoshlarning doimiy muloqoti ko‘rinishida “Uz Global Think” infoturini tashkil etish bo‘yicha takliflari asoslangan;
hududda nostalgik turizmni samarali rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillarning tahlili asosida xorijiy turistlar oqimining 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Hududlarda nostalgik turizmni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
nostalgik turizm ishtirokchilarini yanada ko‘proq jalb etish maqsadida hududlarda kirish turizmini rivojlantirish yoʻnalishida Navro‘z bayrami va Mustaqillik kuni arafasida xorijlik vatandoshlar uchun “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” va “O‘zbekistonda Navro‘z” nomli maxsus turpaketlar ishlab chiqish asosida “O‘zbekiston-ikkinchi uyim” maxsus arzonlashtirilgan turmahsulotini tayyorlash bo‘yicha asoslangan takliflari 2024-yil 12-yanvardagi PF-9-son “Xorijiy va mahalliy turistlar oqimini yanada oshirish hamda zarur shart-sharoitlarni yaratish” bo‘yicha “Yoʻl xaritasi”ga kiritilgan (Turizm qo‘mitasining 2025-yil 11-iyuldagi 03-10-17-6231-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida hududlarda turistik oqimning o‘rtacha darajasi 17%ga oshgan;
hududlarning nostalgik turizm resurslari va mavjud turistik salohiyatini namoyon etish, ishtirokchilar bilan aloqani mustahkamlash maqsadida respublikadagi turizm namoyishi obektlarini o‘zaro bog‘lovchi “Tourist routes” turistik yoʻnalishlarning yagona reestrini yuritish tartibini ishlab chiqish asosida “nostalgytour.uz” platformasini yaratish bo‘yicha dalillangan takliflar 2024-yil 12-yanvardagi PF-9-son “Xorijiy va mahalliy turistlar oqimini yanada oshirish hamda zarur shart-sharoitlarni yaratish” bo‘yicha “Yoʻl xaritasi”ga kiritilgan (Turizm qo‘mitasining 2025-yil 11-iyuldagi 03-10-17-6231-son dalolatnomasi). Mazkur taklif bo‘yicha turizm infratuzilmasini raqamli texnologiyalar bilan uygʻunlashuvi tashrif buyuruvchilarning qoniqish darajasini 25%ga oshirish imkoniyatini yaratgan;
umummilliy totuvlikni mustahkamlashga qaratilgan har yili “O‘zbekiston yagona Vatan!” shiori ostida xorijdagi vatandoshlar, diaspora vakillari turizmini rivojlantirish kabi masalalarda o‘zaro fikr-mulohaza almashish maqsadida “Xorijdagi vatandoshlar orqali bilimlarni transfer qilish” (TOKTEN) dasturi asosida ekspertlik va ilmiy doiralar vakillari hisoblangan xorijdagi vatandoshlarning doimiy muloqoti ko‘rinishida “Uz Global Think” infoturini tashkil etish bo‘yicha asoslangan takliflari 2025-yil 19-martdagi PF-52-son “Umummilliy totuvlik va xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlashni yangi bosqichga olib chiqishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi “Nazorat rejasiga” kiritilgan (Turizm qo‘mitasining 2025-yil 11-iyuldagi 03-10-17-6231-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida xorijdagi vatandoshlar va diasporalar vakillarining O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishi 15 foizga oshgan;
hududda nostalgik turizmni samarali rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillarning tahlili asosida xorijiy turistlar oqimining 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari Turizm qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan “2025-2030-yillarda hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar” dasturi va “Yoʻl xaritalari”ga kiritilgan (Turizm qo‘mitasining 2025-yil 11-iyuldagi 03-10-17-6231-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida nostalgik turizmga bo‘lgan talabni aniqlash orqali mamlakatimiz hududlariga xorijiy turistlar sonining 10%ga oshishi dalillangan.