Shomurodova Maftuna Ubaydulloevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Sadriddin Ayniy – o‘zbek mumtoz adabiyoti tadqiqotchisi, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil4576.
Ilmiy rahbarning familiyasi, ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni: Rahmonova Zulayho Jamolovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, DSc.02/30.12.2019.Fil.46.01.
Rasmiy opponentlar: G‘ayipov Dilshod Qadambaevich, filologiya fanlari doktori, professor; Fayzulloev Baxtiyor Bobojonovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Sadriddin Ayniyning Sharq, asosan, o‘zbek mumtoz adabiyotiga bag‘ishlangan ilmiy va amaliy tadqiqotlarini yaxlit holda tahlil etish, o‘zbek adabiyotshunosligi rivojidagi hissasi, shuningdek, Alisher Navoiyga bag‘ishlangan izlanishlari, “Xamsa” asarining Tanlanma nashri va tadqiqining o‘ziga xosligini asoslab berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Sadriddin Ayniyning o‘zbek mumtoz adabiyoti tadqiqotchisi va targ‘ibotchisi sifatida shakllanishi uchun ta’sir ko‘rsatgan ijtimoiy, madaniy, adabiy omillar tarjimai holi, ilmiy-badiiy asarlari, tarixiy manbalar asosida oydinlashtirilib, adibning ijodiy merosiga tayangan holda turkiy adabiyot namunalarini g‘oyaviy-badiiy jihatdan tadqiq etish hamda ijodkorlar hayot yo‘lini o‘rganish mezonlari asoslangan;
adabiyotshunos Ayniyning o‘zbek mumtoz adabiyoti tadqiqiga bag‘ishlangan ilmiy qarashlari, xususan, adabiyot ravnaqi, adabiyotshunoslik rivoji uchun yozilgan maktublaridagi taklif hamda xulosalarining qimmati yoritilib, olimning mavzu va uslub tanlash mahorati dalillangan;
mumtoz asarlar tahliliga, turkiy va mumtoz adabiyot vakillari ijodiga bag‘ishlangan tadqiqotlari, lug‘atshunosligi, “Namunai adabiyoti tojik” tazkirasida keltirilgan zullisonayn turkiy ijodkorlar hayoti va ijodiga doir ma’lumotlar, adabiy tahlillarning ahamiyati ko‘rsatilib, olimning mavzu hamda ifoda tanlashdagi mahorati ilmiy izlanishlari asosida isbotlangan;
Sadriddin Ayniyning navoiyshunosligi maqolalari, “Alisher Navoiy” monografiyasining tahlili orqali belgilanib, matnshunoslik, targ‘ibotchilik faoliyati, shuningdek, tabdil va talqindagi mahorati tanlanma “Xamsa” nashri asosida ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“Sadriddin Ayniy – o‘zbek mumtoz adabiyoti tadqiqotchisi” mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Sadriddin Ayniyning o‘zbek mumtoz adabiyoti tadqiqotchisi va targ‘ibotchisi sifatida shakllanishi uchun ta’sir ko‘rsatgan ijtimoiy, madaniy, adabiy omillar tarjimai holi, ilmiy-badiiy asarlari, tarixiy manbalar asosida oydinlashtirilib, adibning ijodiy merosiga tayangan holda turkiy adabiyot namunalarini g‘oyaviy-badiiy jihatdan tadqiq etish hamda ijodkorlar hayot yo‘lini o‘rganish mezonlari asoslangani bilan bog‘liq xulosalardan Buxoro davlat universitetida 2024-yilda bajarilgan AL-662204396 “Buxoro adabiy muhiti ijodkorlarining ilmiy-adabiy merosi bo‘yicha elektron platforma yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanildi (2025-yil martdagi 01-04/1821-son ma’lumotnomasi). Natijada Ayniyning Buxoro adabiy muhitida Sadri Ziyo, Ahmad Donish, Hayrat kabi ziyolilar ta’sirida, noyob kutubxonalardan foydalanishi kabi omillar bilan mohir o‘zbek mumtoz adabiyoti tadqiqotchisi bo‘lib etishganligi, unda shakllangan adabiyot tadqiqotchisi uchun zarur me’zonlar hozirgi davr izlanuvchilari uchun ham o‘rnak bo‘la olishi kabi masalalar asoslangan;
adabiyotshunos Ayniyning o‘zbek mumtoz adabiyoti tadqiqiga bag‘ishlangan ilmiy qarasglari, xususan, adabiyot ravnaqi, adabiyotshunoslik rivoji uchun yozilgan maktublaridagi taklif hamda xulosalarining qimmati yoritilib, olimning mavzu va uslub tanlash mahorati dalillangani, mumtoz asarlar tahliliga bag‘ishlangan tadqiqotlari, lug‘atshunosligi, “Namunai adabiyoti tojik” tazkirasida keltirilgan zullisonayn turkiy ijodkorlar hayoti va ijodiga doir ma’lumotlar, adabiy tahlillarning ahamiyati ko‘rsatilib, olimning mavzu hamda ifoda tanlashdagi mahorati ilmiy izlanishlari asosida isbotlangan;bilan bog‘liq xulosalardan Qoʻqon davlat pedagogika institutida 2022-yilda bajarilgan AL-322103020 raqamli “Qo‘qon adabiy muhiti ijodkorlari hayoti va ijodi bo‘yicha web sayt va platforma yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Muqimiy nomidagi Qo‘qon davlat pedagogika institutining 2024-yil 12-dekabrdagi 1622/04-son ma’lumotnomasi). Natijada Ayniy tazkirasida keltirilgan muhim ma’lumotlar, Muhammad Aminxo‘ja Muqimiy haqidagi maqolasi tahlili yoritilgan o‘rinlar orqali Qo‘qon adabiy muhiti yaxlit planda aks etganligi hamda asar o‘zbek mumtoz adabiyoti uchun qimmatli manbaa ekanligi kabi masalalar ilmiy dalillar asosida ochib berilgan;
Sadriddin Ayniyning navoiyshunosligi maqolalari, “Alisher Navoiy” monografiyasining tahlili orqali belgilanib, matnshunoslik, targ‘ibotchilik faoliyati, shuningdek, tabdil va talqindagi mahorati tanlanma “Xamsa” nashri asosida ochib berilganiga oid xulosalardan “O‘zbekiston” teleradiokanali” DM tomonidan tayyorlangan “G‘azal bo‘stoni”, “Ta’lim va taraqqiyot” nomli dasturlarning ssenariylarida foydalanilgan, 2025-yil yanvar, fevral oylari sonlarida Ayniy ilmiy va ijodiy merosini O‘zbek mumtoz adabiyotshunosligi nuqtayi nazaridan baholash kabi masalalar borasida tadqiqotchi bilan bevosita suhbat olib borilgan (O‘zbekiston” teleradiokanali” DMning 2025-yil 20-martdagi 05-09-354-son ma’lumotnomasi). Natijada Amiriy, Nodira, Shavqiy Kattaqo‘rg‘oniy, So‘fi Olloyor, xoja Ismat Buxoriy, Shermuhammad Akmal, Maxmur, Gulxaniy va boshqa ko‘pgina Qo‘qon adabiy muhiti vakillari haqidagi Sadriddin Ayniy mulohazalari va ular ijodidan “Namunai adabiyoti tojik” tazkirasida keltirilgan namunalar, mumtoz an’analar doirasida qilingan tahlillar radiotinglovchilar uchun muhim ahamiyat kasb etishiga erishilgan.