Zakirova Gulnoza Alisherovnaning
fanlar doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Surunkali yurak etishmovchiligi bilan xastalangan bemorlarda buyraklar funksiyasi buzilishida endoteliy disfunksiyasining klinik-gumoral va genetik aspektlari” 14.00.05 - Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/Tib838.
Ilmiy maslahatchi: Alyavi Baxrom Anisxonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib30.02.
Rasmiy opponentlar: Sobirov Maqsud Atabaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Mullabaeva Guzal Uchkunovna, tibbiyot fanlari doktori, Tulabaeva Gavxar Mirakbarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali yurak etishmovchiligida buyraklar disfunksiyasi rivojlanishini erta tashxislashda klinik-genetik prediktorlarni aniqlash hamda prognozlash va davolash uslublarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali yurak etishmovchiligi bilan kasallangan bemorlarda buyraklar disfunksiyasini yuzaga kelishi va rivojlanishida NO-sintaza va endotelin, hamda fon Villebrand omili genlari xususiyatlarini baholash, uning faoliyati buzilishini erta aniqlash va bashoratlashdagi o‘rni asoslangan;
surunkali yurak etishmovchiligi bilan kasallangan bemorlarda buyraklar disfunksiyasini yuzaga kelishi va rivojlanishida NOS3 -sintaza geni T-786S polimorfizmining mutant S/S genotipining va S alleli yuqori uchrash soni aniqlanib, u buyrak etishmovchiligining og‘ir shakllari bilan bog‘liqligi hamda buyrak disfunksiyasida ahamiyati asoslangan;
NOS3 geni Glu298Asp polimorfizmi xususiyatlari xamda KFT<60 ml/daqiqa darajalari surunkali yurak etishmovchiligi mavjud bemorlarda buyraklar disfunksiyasini yuzaga kelishi va rivojlanishida bashorat qilishda ahamiyatsiz ekanligi aniqlangan;
surunkali yurak etishmovchiligi bilan kasallangan bemorlarda buyraklar disfunksiyasini yuzaga kelishi va rivojlanishida END1 geni Lys198 Asn polimorfik geni mutant Asn/Asn genotipi va Asn alleli SYuE bilan kasallangan bemorlarda kasallik kechishini og‘irlashtiruvchi genetik xavf omili ekanligi asoslangan;
surunkali yurak etishmovchiligi bilan kasallangan bemorlarda buyraklar disfunksiyasini yuzaga kelishi va rivojlanishida VWF geni rs1063857 polimorfizm lokusining mutant TT genotipi SYuE zo‘rayishiga ta’sir ko‘rsatib, surunkali buyrak kasalligi avj olish havfini oshirishi va uning kechishini og‘irlashtiruvchi omil sifatida namoyon bo‘lishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Surunkali yurak etishmovchiligi va buyraklar disfunksiyasi bo‘lgan bemorlarda endoteliy holatining gumoral va molekulyar-genetik ko‘rsatkichlarini tahlil qilish hamda ushbu ko‘rsatkichlar asosida kasallik kechishini erta bashoratlash imkoniyatlarini baholash orqali, patogenetik davolash samaradorligini oshirish hamda asoratlar rivojlanishini oldini olish bo‘yicha olingan natijalap asosida:
birinchi ilmiy yangilik: surunkali yurak etishmovchiligi bilan kasallangan bemorlarda buyraklar disfunksiyasini yuzaga kelishi va rivojlanishida NO-sintaza va endotelin, hamda fon Villebrand omili genlari xususiyatlarini baholash, uning faoliyati buzilishini erta aniqlash va bashoratlashdagi o‘rni asoslanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 29.12.2023-y 59-sonli va 06.01.2025-y 03-sonli, Toshkent viloyati Somatik klinik shifoxonasining 05.03.2024-y 01-40-sonli va 29.01.2025-y 01-37-sonli va Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 22.08.2024-y 45-sonli va 27.01.2025-y 22-sonli buyruqlari bilan amaliyotga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 07.05.2025 yildagi 17/38 -son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: surunkali yurak etishmovchiligi I–III funksional sinf bemorlarda buyrak disfunksiyasi rivojlanishini erta aniqlash xavf omillarini stratifikatsiya qilish, qon plazmasidagi NO-sintaza, endotelin, L-selektin va trombomodulin hamda fon Villebrand omili darajasiga qarab amalga oshirildi. SYuE FS I–III bor bo‘lgan bemorlarda endotelial faoliyat markerlarining o‘sish dinamikasi va disfunksiya darajasining yaqqolligi buyrak disfunksiyasining kasalligini avj olishini va oqibatlarini aniqlash imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: surunkali yurak etishmovchiligini gumoral va genetik diagnostika asosida kasallik kechishini bashorat qilish, kasalxonada davolanish sonini kamaytirish, shuningdek, bemorlarning ijtimoiy faolligini saqlab qolish imkonini yaratdi. Tadqiqotlar asosida ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan tavsiyanomalar, erta bosqichlarda aniqlangan SYuE bilan mavjud bemorlarda buyrak disfunksiyasining rivojlanishini aniqlash, tekshirish usullarini o‘tkazish va maqsadli davolash chora-tadbirlarini ishlab chiqish iqtisodiy samaradorlikka erishilgan. Xulosa: surunkali yurak etishmovchiligining gumoral va genetik darajasini tahlil qilish bilan kasallik kechishi bashoratlanadi va noxush oqibatlarning oldi olinib, bemorlarning joriy terapevtik bo‘limlarida kasalxonada davo olish sonini kamaytirib ularning ijtimoiy faolligini saqlash imkonini berdi;
ikkinchi ilmiy yangilik: surunkali yurak etishmovchiligi bilan kasallangan bemorlarda buyraklar disfunksiyasini yuzaga kelishi va rivojlanishida NOS3 -sintaza geni T-786S polimorfizmining mutant S/S genotipining va S alleli yuqori uchrash soni aniqlanib, u buyrak etishmovchiligining og‘ir shakllari bilan bog‘liqligi hamda buyrak disfunksiyasida ahamiyati asoslangan hamda Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 29.12.2023-y 59-sonli va 06.01.2025-y 03-sonli, Toshkent viloyati Somatik klinik shifoxonasining 05.03.2024-y 01-40-sonli va 29.01.2025-y 01-37-sonli va Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 22.08.2024-y 45-sonli va 27.01.2025-y 22-sonli buyruqlari bilan amaliyotga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 07.05.2025 yildagi 17/38 -son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: SYuE va KFT past bo‘lgan bemorlarda NO-sintaza geni T-786C polimorfizmning mutant C/C genotipi va C alleli yuqori uchrash soni aniqlandi. Ushbu genotip buyrak etishmovchiligining og‘ir shakllari bilan bog‘liqligi hamda buyrak funksiyasining pasayishiga genetik ta’sir mavjudligini ko‘rsatdi. Nazorat guruhida T/T genotipining yuqori chastotada uchrashi uning himoya qiluvchi rolini tasdiqlashi va T allelining SYuE rivojlanishiga qarshi protektiv ta’sir ko‘rsatishga xizmat qilishi aniqlandi. Iqtisodiy samaradorligi: surunkali yurak etishmovchiligini gumoral va genetik diagnostika asosida kasallik kechishini bashoratlash hamda kasalxonada davolanish sonini kamaytiradi, ularni ijtimoiy faolligini saqlash imkonini bergan. Xulosa: NOS3 T-786S polimorfizmi, ayniqsa S/S genotipi va S alleli, SYuE bilan kasallangan bemorlarda buyrak etishmovchiligining og‘ir shakllari bilan bog‘liqligi isbotlandi. Bu ma’lumotlar asosida kasallik rivojlanish xavfini baholash imkoniyati yaratildi.
uchinchi ilmiy yangilik: NOS3 geni Glu298Asp polimorfizmi xususiyatlari xamda KFT<60 ml/daqiqa darajalari surunkali yurak etishmovchiligi mavjud bemorlarda buyraklar disfunksiyasini yuzaga kelishi va rivojlanishida bashorat qilishda ahamiyatsiz ekanligi asosida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 29.12.2023-y 59-sonli va 06.01.2025-y 03-sonli, Toshkent viloyati Somatik klinik shifoxonasining 05.03.2024-y 01-40-sonli va 29.01.2025-y 01-37-sonli va Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 22.08.2024-y 45-sonli va 27.01.2025-y 22-sonli buyruqlari bilan amaliyotga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 07.05.2025 yildagi 17/38 -son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Koptokcha fil`tratsiyasi tezligi darajasiga qarab, surunkali yurak etishmovchiligi bilan kasallangan bemorlar orasida mustaqil marker sifatida NOS3 geni Glu298Asp polimorfizmi KFT < 60 ml/daq va KFT > 60 ml/daq darajasida buyrak disfunksiyasini bashoratlash uchun mustaqil prognostik marker emasligini ko‘rsatdi. Ushbu natijalar orqali klinik amaliyotda asossiz genetik testlar soni kamayib, bemorlar ortiqcha tekshiruvlardan saqlash imkoni yaratildi. Iqtisodiy samaradorligi: NOS3 Glu298Asp genetik testining ahamiyatsiz bashoratlash testlarni klinik amaliyotdan chiqarish orqali genetik tahlillar uchun sarflanadigan moliyaviy xarajatlar sezilarli darajada kamayadi. Yuqori qiymatli genetik testlar sonini qisqartirish hisobidan, sog‘liqni saqlash tizimi uchun byudjet mablag‘larini tejashga xizmat qiladi. Xulosa: NOS3 geni Glu298Asp polimorfizmining buyraklar disfunksiyasi bashoratlashda past axborotiy qiymatga ega ekanini ko‘rsatdi. Bu esa SYuE va KFT <60 ml/daqiqa bo‘lgan bemorlarda bashoratlashning samaradorligini oshirish uchun faqat yuqori sezgirlika ega biomarkerlarni tanlash zarurligini asoslab berdi. Oqibatda, ham ijtimoiy, ham iqtisodiy jihatdan resurslar maqsadli va oqilona taqsimlanish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: surunkali yurak etishmovchiligi bilan kasallangan bemorlarda buyraklar disfunksiyasini yuzaga kelishi va rivojlanishida END1 geni Lys198 Asn polimorfik geni mutant Asn/Asn genotipi va Asn alleli SYuE bilan kasallangan bemorlarda kasallik kechishini og‘irlashtiruvchi genetik xavf omili ekanligi asosida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 29.12.2023-y 59-sonli va 06.01.2025-y 03-sonli, Toshkent viloyati Somatik klinik shifoxonasining 05.03.2024-y 01-40-sonli va 29.01.2025-y 01-37-sonli va Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 22.08.2024-y 45-sonli va 27.01.2025-y 22-sonli buyruqlari bilan amaliyotga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 07.05.2025 yildagi 17/38 -son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: END1 (Lys198Asn) polimorfik geni mutant Asn/Asn genotipi va Asn alleli SYuE bilan kasallangan bemorlarda kasallik kechishini og‘irlashtiruvchi genetik xavf omili sifatida aniqlandi. Mutant Asn/Asn genotipi va Asn alleli tashuvchilarida FS III bor bemorlarda kasallik kechishini og‘irlashtiruvchi omil sifatida namoyon bo‘lib, SYuE bilan kasallangan bemorlarda OF < 40 % va KFT < 60 ml/daq bilan bog‘liq gemodinamik o‘zgarishlar aniqlandi. Surunkali yurak etishmovchiligi fonida buyrak disfunksiyasi rivojlanishining oldini olishga natijalari orqali xavfli genotipga ega bemorlarni erta aniqlash va ular uchun shaxsiylashtirilgan patogenetik davolash dasturlarini joriy etish imkoniyati yaratildi. Iqtisodiy samaradorligi: genetik xavf guruhlarini aniqlash orqali davolash va profilaktik chora-tadbirlar maqsadli yo‘naltirildi, bu esa ortiqcha va samarasiz davolash xarajatlarini qisqardi. Og‘ir asoratlar terminal buyrak etishmovchiligi yoki dekompensatsiyalangan SYuE oldini olish hisobidan kasalxonada davolash, gemodializ va yuqori qiymatli preparatlar xarajatlari kamayish imkonini bergan. Xulosa: END1 geni Lys198Asn polimorfizmining Asn/Asn genotipi va Asn alleli SYuE bilan kasallangan bemorlarda buyraklar disfunksiyasini og‘irlashtiruvchi ishonchli genetik xavf omili sifatida aniqlash imkonini bergan.
beshinchi ilmiy yangilik: surunkali yurak etishmovchiligi bilan kasallangan bemorlarda buyraklar disfunksiyasini yuzaga kelishi va rivojlanishida VWF geni rs1063857 polimorfizm lokusining mutant TT genotipi SYuE zo‘rayishiga ta’sir ko‘rsatib, surunkali buyrak kasalligi avj olish havfini oshirishi va uning kechishini og‘irlashtiruvchi omil sifatida namoyon bo‘lishi isbotlandi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 29.12.2023-y 59-sonli va 06.01.2025-y 03-sonli, Toshkent viloyati Somatik klinik shifoxonasining 05.03.2024-y 01-40-sonli va 29.01.2025-y 01-37-sonli va Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 22.08.2024-y 45-sonli va 27.01.2025-y 22-sonli buyruqlari bilan amaliyotga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 07.05.2025 yildagi 17/38 -son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: VWF geni rs1063857 polimorfizm lokusining noxush Asp alleli va genotipik variantlari SYuE hamda buyrak disfunksiyasi rivojlanish mexanizmida mustaqil ta`siri aniqlandi. U yurak etishmovchiligining ta’sir qilib, otish fraksiyasining 40 % dan pastga tushishi va KFT > 60 ml/daq bo‘lgan bemorlarda mutant TT genotipining uchrash tezligi 2,5 barobar oshganligi aniqlandi. Bu genotipga ega bemorlarni kasallikning erta aniqlash, asoratlarni oldini olish, bemorlarning hayot sifatini yaxshilash va ularning ijtimoiy faolligini uzoq muddat saqlash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Iqtisodiy samaradorligi: genetik xavf guruhlarini belgilash orqali oldini olish va davolash choralari maqsadli ravishda yo‘naltirilib, kardiologiya va nefrologiya amaliyotiga tadbiq qilinishi kasallikning turli bosqichlarida surunkali yurak va buyrak etishmovchiligi rivojlanish xavfini bashoratlash imkonini va uning noxush asoratlarini oldini olib, patogenetik davo samapadoplikni oshipishi tufayli bemoplapning mehnatga layoqatsizlik muddatini qisqapishi samapadorligi aniqlandi. Xulosa: VWF geni rs1063857 polimorfizm lokusining mutant TT genotipi SYuE bilan kasallangan bemorlarda surunkali buyrak kasalligi (SBK) rivojlanishi va kechishini og‘irlashtiruvchi ishonchli genetik xavf omili sifatida tavsiya etiladi. Ushbu genetik ko‘rsatkich endotelial disfunksiyaning kuchayishi, mikrotsirkulyasiya buzilishi va buyrak to‘qimalari zararlanishiga olib keluvchi patogenetik mexanizmlarni kuchaytirishi ehtimoli borligini ko‘rsatdi. Genetik skrining va maqsadli profilaktika choralari orqali SBK avj olishini sekinlashtirish, bemorlarning hayot sifatini yaxshilash va dializgacha bo‘lgan davrni uzaytirish mumkin. Shuningdek, bunday yondashuv dializga muhtoj bemorlar sonini kamaytirish imkonini bergan.