Laxanov Asrorjon Olimqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bo‘lmachalar fibrillyasiyasi paroksizmal shakli bor bemorlarda miokard revaskulyarizatsiyasini klinik va gemodinamik jihatlari», 14.00.06-Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2022.1.PhD/Tib2418.
Ilmiy rahbar: Tashkenbaeva Eleonora Negmatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy – amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.64.01.
Rasmiy opponentlar: Zokirov Nodir Uzuevich, tibbiyot fanlari doktori, professor. Avezov Davlat Kurbanbaevich, tibbiyot fanlari doktori;
Yetakchi tashkilot: Respublika shoshilinch tibbiy yordam  ilmiy  markazi.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘tkir miokard infarkti (O‘MI) fonida rivojlanadigan bo‘lmachalar fibrillyasiyasida kaliy ion kanallari genlarining polimorfizmlarini inobatga olgan holda, salbiy kardiovaskulyar hodisalarni tashxislashni takomillashtirish va davolash yondashuvlarini optimallashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘tkir miokard infarkti fonida ilk marta rivojlangan bo‘lmachalar fibrillyasiyasining paroksizmal bo‘lmachalar fibrillyasiyasi bo‘lgan bemorlarga nisbatan klinik va gemodinamik yurak qisqarishi tezligi sezilarli darajada yuqori, sistolik va diastolik qon bosimi ko‘rsatkichlari esa past ekanligi aniqlangan;
o‘tkir miokard infarkti fonida bo‘lmachalar fibrillyasiyasining shakllanishiga va bemorlarning hayot prognoziga ta’sir qiluvchi omil sifatida o‘ng koronar arteriyaning va koronar arteriyalarning  ko‘p tomirli shikastlanishining ahamiyati aniqlangan;
ilk bor kaliy kanallari genlarining A allelini tashuvchanligi ilk marta rivojlangan bo‘lmachalar fibrillyasiyasi bilan og‘rigan bemorlarda sezilarli darajada ko‘proq ekanligi, A allelining mavjudligi yurak-qon tomir asoratlarining yuqori chastotasi bilan bog‘liqligi aniqlangan;
ilk bor o‘tkir miokard infarkti va bo‘lmachalar fibrillyasiyasi bilan og‘rigan bemorlarda teri orqali koronar aralashuv va trombolitik terapiyani bo‘lmachalar fibrillyasiyasining qaytalanishi chastotasini pasayishiga, statsionarga takroriy murojat qilish zaruratining kamayishiga olib kelishi asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2025 yil 15 yanvardagi 11 sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbiqi bo‘yicha №11/17 sonli xulosasiga binoan:
birinchi ilmiy yangilik: o‘tkir miokard infarkti fonida ilk marta rivojlangan bo‘lmachalar fibrillyasiyasining paroksizmal bo‘lmachalar fibrillyasiyasi bo‘lgan bemorlarga nisbatan klinik va gemodinamik yurak qisqarishi tezligi sezilarli darajada yuqori, sistolik va diastolik qon bosimi ko‘rsatkichlari esa past ekanligi aniqlangan. Ushbu xulosalar Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi Ekspert kengashining 2024 yil 23 martdagi 50-son "O‘tkir miokard infarktida bo‘lmachalar paroksizmal fibrillyasiyasi bo‘lgan bemorlarning hayot sifatini va davolanishga moyilligini baholash" va 2024 yil 23 martdagi 51-son "Miokard infarkti va bo‘lmachalar fibrillyasiyasi bo‘lgan bemorlarda koronar arteriyalarning gemodinamik holatini baholash" uslubiy tavsiyalariga kiritildi. Mazkur uslubiy tavsiyalar Samarqand viloyati Tayloq tumani tibbiyot birlashmasining 14.05.2024 yildagi 2155-7-104-TB/2024-son buyrug‘iga asosan va Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Surxondaryo filialining 21.05.2024 yildagi 22-T-son buyrug‘iga asosan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorlik: miokard infarktining turli shakllari va koronar tomirlar shikastlanishi bo‘lgan bemorlarda koronar arteriyalarni teri orqali stentlashdan foydalangan holda davolash usullarini qo‘llash natijasida bemorlarning hayot sifati va asosiy kasallikning kechishi yaxshilandi hamda yurak-qon tomir asoratlari rivojlanish chastotasi kamaydi. Iqtisodiy samaradorlik: miokard infarktining turli shakllari va koronar arteriyalar zararlanishi bo‘lgan bemorlarda stentlash o‘tkazilgandan so‘ng yurak etishmovchiligi funksional sinflarining pasayishi va stenokardiya xurujlari sonining kamayishi kuzatildi. Bu bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga, angiotenzin aylantiruvchi ferment ingibitorlari va gipolipidemik dori vositalari kabi preparatlar dozasini kamaytirish orqali dori-darmonlarga ketadigan xarajatlarni qisqartirishga hamda oyiga o‘rtacha 790000 so‘mni tejashga imkon bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: o‘tkir miokard infarkti fonida bo‘lmachalar fibrillyasiyasining shakllanishiga va bemorlarning hayot prognoziga ta’sir qiluvchi omil sifatida o‘ng koronar arteriyaning va koronar arteriyalarning  ko‘p tomirli shikastlanishining ahamiyati aniqlangan. Ushbu xulosalar Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi Ekspert kengashining 2024 yil 23 martdagi 50-son "O‘tkir miokard infarktida bo‘lmachalar paroksizmal fibrillyasiyasi bo‘lgan bemorlarning hayot sifatini va davolanishga moyilligini baholash" va 2024 yil 23 martdagi 51-son "Miokard infarkti va bo‘lmachalar fibrillyasiyasi bo‘lgan bemorlarda koronar arteriyalarning gemodinamik holatini baholash" uslubiy tavsiyalariga kiritildi. Mazkur uslubiy tavsiyalar Samarqand viloyati Tayloq tumani tibbiyot birlashmasining 14.05.2024 yildagi 2155-7-104-TB/2024-son buyrug‘iga asosan va Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Surxondaryo filialining 21.05.2024 yildagi 22-T-son buyrug‘iga asosan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorlik: miokard infarktining turli shakllari bilan og‘rigan bemorlarda miokard revaskulyarizatsiyasining (teri orqali koronar aralashuv) yillik natijalarini tahlil qilish bo‘lmachalar fibrillyasiyasining takroriy qaytalanishi kabi salbiy oqibatlarning oldini olishga qaratilgan keyingi davolash taktikasini optimallashtirish imkonini berdi. Bu esa o‘z navbatida bemorlar yashovchanligini yaxshilash va o‘lim ko‘rsatkichini kamaytirishga xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorlik: miokard revaskulyarizatsiyasidan so‘ng koronar arteriyalar shikastlanishi bo‘lgan bemorlarda klinik ko‘rsatkichlarning sezilarli yaxshilanishi natijasida dori vositalariga sarflanadigan xarajatlarni oyiga 189000 so‘mga kamaytirish mumkin bo‘ldi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor kaliy kanallari genlarining A allelini tashuvchanligi ilk marta rivojlangan bo‘lmachalar fibrillyasiyasi bilan og‘rigan bemorlarda sezilarli darajada ko‘proq ekanligi, A allelining mavjudligi yurak-qon tomir asoratlarining yuqori chastotasi bilan bog‘liqligi aniqlangangan. Ushbu xulosalar Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi Ekspert kengashining 2024 yil 23 martdagi 50-sonli "O‘tkir miokard infarktida bo‘lmachalar paroksizmal fibrillyasiyasi bo‘lgan bemorlarning hayot sifati va davolanishga moyilligini baholash" hamda 51-sonli "Miokard infarkti va bo‘lmachalar fibrillyasiyasi bo‘lgan bemorlarda koronar arteriyalarning gemodinamik holatini baholash" uslubiy tavsiyalariga kiritilgan. Mazkur uslubiy tavsiyalar Samarqand viloyati Tayloq tumani tibbiyot birlashmasining 2024 yil 14 maydagi 2155-7-104-TB/2024-sonli buyrug‘iga asosan va Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Surxondaryo filialining 2024 yil 21 maydagi 22-T-sonli buyrug‘iga asosan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: miokard infarkti bilan og‘rigan bemorlarda yurak ritmi buzilishi rivojlanishining o‘ziga xos xavf omillarini aniqlash qisqa muddatda infarkt asoratlari va bo‘lmachalar fibrillyasiyasi qaytalanishining oldini olish imkonini beradi. Bu miokard infarkti bilan og‘rigan bemorlarning hayot sifatini va turmush darajasini yaxshilashga yordam beradi. Ushbu holat muammoning ijtimoiy ahamiyatini ta’kidlaydi. Iqtisodiy samaradorlik quyidagilardan iborat: Insul`t va tromboemboliyalar xavfining ortishi, gemodinamikaning yomonlashuvi, yurak etishmovchiligining zo‘rayishi, shifoxona ichidagi va uzoq muddatli o‘lim ko‘rsatkichlarining ko‘payishi, shuningdek takroriy infarkt va kasalxonaga yotqizish holatlari sonining oshishi bilan bog‘liq salbiy oqibatlar chastotasini kamaytirishdan iborat. Bu esa, o‘z navbatida, miokard infarkti fonida og‘ir yurak-qon tomir asoratlari, jumladan bo‘lmachalar fibrillyasiyasi bilan asoratlangan o‘tkir miokard infarkti rivojlanishining oldini olish orqali xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor o‘tkir miokard infarkti va bo‘lmachalar fibrillyasiyasi bilan og‘rigan bemorlarda teri orqali koronar aralashuv va trombolitik terapiyani bo‘lmachalar fibrillyasiyasining qaytalanishi chastotasini pasayishiga, statsionarga takroriy murojat qilish zaruratining kamayishiga olib kelishi asoslangan. Ushbu xulosalar Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi Ekspert kengashining 2024 yil 23 martdagi 50-sonli "O‘tkir miokard infarktida bo‘lmachalar paroksizmal fibrillyasiyasi bo‘lgan bemorlarning hayot sifati va davolanishga moyilligini baholash" hamda 51-sonli "Miokard infarkti va bo‘lmachalar fibrillyasiyasi bo‘lgan bemorlarda koronar arteriyalarning gemodinamik holatini baholash" uslubiy tavsiyalariga kiritilgan. Mazkur uslubiy tavsiyalar Samarqand viloyati Tayloq tumani tibbiyot birlashmasining 2024 yil 14 maydagi 2155-7-104-TB/2024-sonli buyrug‘iga asosan va Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Surxondaryo filialining 2024 yil 21 maydagi 22-T-sonli buyrug‘iga asosan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: koronar arteriyalar revaskulyarizatsiyasini o‘tkazgan miokard infarktining turli shakllari bilan og‘rigan bemorlarda stenokardiya kechishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi, hayot sifatini yaxshilashi va jismoniy faollikni oshirishi, og‘riq xurujlari davomiyligini kamaytirishi aniqlangan. Iqtisodiy samaradorlik: koronar arteriyalar shikastlanishi bo‘lgan bemorlarda, salbiy bashorat omillarini hisobga olgan holda, davolashning samarali usullari taklif etilgan. Bu terapiya samaradorligini oshirishga, qo‘shimcha dori-darmonlarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirishga, kasalxonada bo‘lish muddatini qisqartirishga va qo‘shimcha davolanishga bo‘lgan ehtiyojni pasaytirishga yordam beradi. Bu esa optimal davolash usulini tanlashda har bir bemor uchun o‘rtacha 3100000 so‘mni tejash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish