Allaberganov Sirojali Sahatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Tijorat banklari resurs bazasining barqarorligini ta’minlash yo‘llari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B20252.2.PhD/Iqt5383
Ilmiy rahbar: Ortikov Oybek Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Xalqaro universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Izbosarov Boburjon Baxriddinovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Kulliev Istam Yangimurodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Trastbank XAB
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tijorat banklarini transformasiyalash jarayonida resurs bazasining barqarorligini ta’minlash yo‘llariga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bank tizimi barqarorligini ta’minlash, ularda transformasiya riskini kamaytirish maqsadi bank depozitlarining ajratilgan keditlardagi salmog‘ini minimal chegarasini 40 foiz qilib belgilash ilmiy asoslangan;
moliya bozori instrumenti ta’sirchanligini ta’minlash vositasida bankdan tashqari pul aylanmasini qisqartirish orqali bank resurs bazasida barqaror moliyaviy resurslar salmog‘ini oshirish hamda resurs bazasi barqarorligini mustahkamlash ilmiy asoslangan;
bank omonat va kredit mahsulotlarini lokal shart-sharoitlarga moslashtiruvchi innovasion strategiyalarni yaratish maqsadida hududiy resurslarni samarali jalb qilish hamda tijorat banklarining resurs bazasi barqarorligini ta’minlash taklif etilgan;
ATB Turonbank depozitlari hajmini oshirishning inflyasiya darajasi o‘zgarishi bilan bog‘liq jihatlarini ifodalovchi ekonometrik baholash modeli asosida 2028 yilga qadar prognoz ssenariylari taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Transformasiya jarayonida tijorat banklari resurs bazasining barqarorligini ta’minlash yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bank tizimi barqarorligini ta’minlash, ularda transformasiya riskini kamaytirish maqsadi bank depozitlarining ajratilgan keditlardagi salmog‘ini minimal chegarasini 40 foiz qilib belgilashga doir taklifi ATB Turonbank faoliystiga joriy etilgan (ATB Turonbankning 2025-yil 19 fevraldagi 23/02-145-son ma’lumotnomasi). Natijada, ATB Turonbank amaliyotida transformatsiya riskini kamaytirish uchun bank depozitlarining ajratilgan keditlardagi salmog‘ini 2023 yil yanvar holatiga 35,5 foizdan 2024 yil yanvar holatiga 41,3 foizgacha oshirishga erishilgan.
moliya bozori instrumenti ta’sirchanligini ta’minlash vositasida bankdan tashqari pul aylanmasini qisqartirish orqali bank resurs bazasida barqaror moliyaviy resurslar salmog‘ini oshirish hamda resurs bazasi barqarorligini mustahkamlashga doir taklifi ATB Turonbank faoliystiga joriy etilgan (ATB Turonbankning 2025-yil 19 fevraldagi 23/02-145-son ma’lumotnomasi). Natijada, pul bozori foizining bir foizga oshishi bank depozitlarining real hajmini 0,78 foizga, hamda qisqa muddatli deposit foizining bir foizga oshishi esa bank depozitlarining real hajmini 0,62 foizga oshirishi strukturaviy vektorli avtoregressiya modeli orqali aniqlangan.
bank omonat va kredit mahsulotlarini lokal shart-sharoitlarga moslashtiruvchi innovasion strategiyalarni yaratish maqsadida hududiy resurslarni samarali jalb qilish hamda tijorat banklarining resurs bazasi barqarorligini ta’minlashga doir taklifi ATB Turonbank faoliystiga joriy etilgan (ATB Turonbankning 2025-yil 19 fevraldagi 23/02-145-son ma’lumotnomasi). Natijada, ATB Turonbankning strategik rivojlanish dasturida lokal shart-sharoitlarga moslashtiruvchi innovatsion strategiyalarni yaratish va bunda hududlarda puldor jismoniy shaxslar hamda bank salohiyatidan kelib chiqqan holda kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlariga omonat turlarini kredit mahsulotlarini taklif qilish belgilab olingan.
ATB Turonbank depozitlari hajmini oshirishning inflyasiya darajasi o‘zgarishi bilan bog‘liq jihatlarini ifodalovchi ekonometrik baholash modeli asosida 2028 yilga qadar prognoz ssenariylarini ishlab chiqishga doir taklifi ATB Turonbank faoliystiga joriy etilgan (ATB Turonbankning 2025-yil 19 fevraldagi 23/02-145-son ma’lumotnomasi). Natijada, Seasonal ARIMA va Holt-Winters eksponensial silliqlash modellari asosida, optimal ssenariyga ko‘ra, 95 foiz ehtimollikda bank depozitlarining umumiy real hajmi 2028 yilda 2024 yildagiga nisbatan 51 foizga oshishi empirik tahlillar asosida prognoz qilingan.