Alimova Sofiya Ro‘zumbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Biznes jarayonlarda innovatsion loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3735
Ilmiy rahbar: Elmirzaev Samariddin Eshquvatovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: i.f.d., prof. Ro‘zieva Dilobar Isomjonovna, i.f.d., Umrzoqov Jamoliddin Sherbekovich.
Yetakchi tashkilot: Alfraganus universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Biznes jarayonlarda innovatsion loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
innovatsion loyihalarni moliyalashtirishda loyihaning hayotiylik davriga mos ravishda resurslarni samarali taqsimlash, venchur kapital moliyaviy infratuzilmani rivojlantirish hamda davlat qo‘llab-quvvatlash choralarini qamrab olgan moslashuvchan klasterli model taklif etilgan;
startap akseleratorlari va inkubatorlarini ko‘paytirish, grant dasturlarini yo‘lga qo‘yish va yosh tadbirkorlar uchun ta’lim-mutaxassislik dasturlarini tashkil etish asosida innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va venchur kapital uchun moliyaviy ekotizim yaratish taklif etilgan;
davlat-xususiy sherikchilik loyihalarini moliyalashtirishda samaradorligi ko‘rsatkichlari orqali innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini o‘zida mujassamlashtirgan institutional asosi ishlab chiqilgan.
ma’lumotlar qamrovi metodologiyasi asosida innovatsion loyihalarning samaradorligini baholash va moliyalashtirish jarayonida iqtisodiy ta'sirni aniqlash modeli taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Biznes jarayonlarda innovatsion loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
innovatsion loyihalarni moliyalashtirishda loyihaning hayotiylik davriga mos ravishda resurslarni samarali taqsimlash, venchur kapital moliyaviy infratuzilmani rivojlantirish hamda davlat qo‘llab-quvvatlash choralarini qamrab olgan moslashuvchan klasterli modeliga doir taklifi ATB “Aloqabank”ning tijorat bankining innovatsion rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (ATB “Aloqabank”ning 2024-yil 15-dekabrdagi 10-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 2030 yilgacha venchur moliyalashtirish hajmi 5 mlndan 100 mln dollargacha, innovatsion loyihalar soni 150 dan 800 gacha hamda davlat grantlari ulushi 5 foizdan 20 foizga, innovatsion klasterlar soni 2 dan 10 gacha ko‘payishi kutilmoqda;
startap akseleratorlari va inkubatorlarini ko‘paytirish, grant dasturlarini yo‘lga qo‘yish va yosh tadbirkorlar uchun ta’lim-mutaxassislik dasturlarini tashkil etish asosida innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va venchur kapital uchun moliyaviy ekotizim yaratishiga doir taklifi ATB “Aloqabank” tizimiga startap innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (ATB “Aloqabank”ning 2024-yil 15-dekabrdagi 10-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, "AloqaVentures" doirasida 2022–2024 yillarda 12 ta startap akseleratori, 8 ta grant dasturi tashkil etildi va 2500 nafar yosh tadbirkor ta’lim olgan;
davlat-xususiy sherikchilik loyihalarini moliyalashtirishda samaradorligi ko‘rsatkichlari orqali innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini o‘zida mujassamlashtirgan institutional asosiga doir taklifi ATB “Aloqabank” ATB “Aloqabank” tizimiga startap innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (ATB “Aloqabank”ning 2024-yil 15-dekabrdagi 10-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 2021–2024 yillarda 8 ta davlat-xususiy sheriklik loyihasida 60 mlrd so‘mdan ortiq xususiy investisiyalar jalb qilingan;
ma’lumotlar qamrovi metodologiyasi asosida innovatsion loyihalarning samaradorligini baholash va moliyalashtirish jarayonida iqtisodiy ta'sirni aniqlash modeliga doir taklifi ATB “Aloqabank” ATB “Aloqabank” tizimiga startap innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (ATB “Aloqabank”ning 2024-yil 15-dekabrdagi 10-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 2022–2024 yillarda 25 ta loyiha misolida sinovdan o‘tkazilgan va ularning 72 foizida yuqori iqtisodiy samaradorlik aniqlangan;