Karimova Zuxra Shamsiddin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Yangi O‘zbekistonda giyohvandlikka qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy omillari: ijtimoiy-falsafiy tahlil” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fal904
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Dexkanov Narimon Burxonjonovich siyosiy fanlar doktori(DSc), professor
Rasmiy opponentlar: Gʻaniev Baxodirjon Sadikjanovich, falsafa fanlari doktori(DSc), professor, Raxmonov Sunnatilla Mavlonovich, falsafa fanlari doktori(DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Yangi O‘zbekistonda giyohvandlikka qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy omillarini ijtimoiy-falsafiy jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yoshlar ijtimoiy ongida aksiologik immunitetni takomillashtirish, ijtimoiy tafakkurda dunyoqarashning ratsional va praksiologik jihatlarini rivojlantirib, giyohvandlikka qarshi kurashning mental xususiyatlariga ijobiy ta’sir qiluvchi natijador omil ekanligi ochib berilgan;
jamiyatda giyohvandlikka qarshi kurash strategiyalariga ijtimoiy ta’sir etuvchi, regulyativ (nazorat qiluvchi), integratorlik (birlashtiruvchi), legitimlik (qonunlashtiruvchi) funksiyalarini rivojlantirish, atributiv kategoriyalar (ijtimoiylashuv, jamoaviylik, ijtimoiy nazorat va konsolidatsiya)ning madaniy transformatsiyasiga intensiv ijobiy ta’siri falsafiy asoslangan;
o‘zbek kontekstida yoshlar o‘rtasida giyohvandlikka qarshi kurash komplaens faoliyatning institutsional (tenglik, qonuniylik, adolat) mezonlarini rivojlantirish, yoshlarda ijtimoiy ishonchni mustahkamlab, shaxsda statik (mavjud qonunlar) hamda dinamik (jamiyatning rivojlanishi qonunlari) qonunlarga nisbatan axloqiy mas’uliyatni oshirishi ochib berilgan;
jamiyatda an’anaviy-axloqiy qadriyatlarni rivojlantirish, yoshlar ongida giyohvandlikni idrok etish ko‘nikmasini mustahkamlab, giyohvandlikka qarshi kurash huquqiy javobgarlik va ijtimoiy murosasiz muhitni yuzaga keltiruvchi ijtimoiy faol shaxs pozisiyasini shakllantirish aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yoshlar o‘rtasida giyohvandlikka qarshi kurashishning ijtimoiy-falsafiy tahlili yuzasidan olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
yoshlar ijtimoiy ongida aksiologik immunitetni takomillashtirish, ijtimoiy tafakkurda dunyoqarashning ratsional va praksiologik jihatlarini rivojlantirib, giyohvandlikka qarshi kurashning mental xususiyatlariga ijobiy ta’sir qiluvchi taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “Ichki ishlar organlarida Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish-oliy burchimiz” shiori ostida “Vatanparvarlik oyligi”ni o‘tkazish to‘gʻrisida”gi hamda 2023 yil 11 aprel kunidagi “Ma’naviyat oyligini o‘tkazish to‘gʻrisida”gi farmoyishlari hamda ularni amalga oshirish bo‘yicha dasturlar loyihasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 24-sentyabrdagi 2/2474-son dalolatnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan taklif va tavsiyalaridan vazirlik tasarrufida o‘tkaziladigan proflaktik tadbirlarning samaradorligini oshishiga xizmat qilgan;
jamiyatda giyohvandlikka qarshi kurash strategiyalariga ijtimoiy ta’sir etuvchi, regulyativ (nazorat qiluvchi), integratorlik (birlashtiruvchi), legitimlik (qonunlashtiruvchi) funksiyalarini rivojlantirish, atributiv kategoriyalar (ijtimoiylashuv, jamoaviylik, ijtimoiy nazorat va konsolidatsiya)ning madaniy transformatsiyasiga intensiv ijobiy ta’siriga doir xulosa va takliflaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining 5-yo‘nalishida belgilangan “Jamiyatda sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni ta’minlash masalalari” 24-bandi “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga qaratilgan ilmiy asoslangan monitoring hamda sotsiologik tadqiqotlarni tizimli tashkil qilish va o‘tkazish choralarini ko‘rish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024-yil 8 oktyabrdagi 391/1-son dalolatnomasi). Natijada yoshlar o‘rtasida giyohvandlikni oldini olish va ijtimoiy sog‘lomlashtirishga xizmat qilgan;
o‘zbek kontekstida yoshlar o‘rtasida giyohvandlikka qarshi kurash komplaens faoliyatning institutsional (tenglik, qonuniylik, adolat) mezonlarini rivojlantirish, yoshlarda ijtimoiy ishonchni mustahkamlab, shaxsda statik (mavjud qonunlar) hamda dinamik (jamiyatning rivojlanishi qonunlari) qonunlarga nisbatan axloqiy mas’uliyatni oshirishiga olib kelishiga doir taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi markaziy kengashi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi markaziy kengashining 2024-yil 8 noyabrdagi 1-466-son dalolatnomasi). Natiјada, huquqni muhofaza qilish organlari, davlat xokimiyati idoralari, siyosiy partiyalar, nodavlat va notijorat tashkilotlar, o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini oshiriga xizmat qilgan;
jamiyatda an’anaviy-axloqiy qadriyatlarni rivojlantirish, yoshlar ongida giyohvandlikni idrok etish ko‘nikmasini mustahkamlab, giyohvandlikka qarshi kurash huquqiy javobgarlik va ijtimoiy murosasiz muhitni yuzaga keltiruvchi ijtimoiy faol shaxs pozisiyasini shakllantirishiga oid taklif va xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “Ichki ishlar organlarida Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish-oliy burchimiz” shiori ostida “Vatanparvarlik oyligi”ni o‘tkazish to‘gʻrisida”gi hamda 2023 yil 11 aprel kunidagi “Ma’naviyat oyligini o‘tkazish to‘gʻrisida”gi farmoyishlari hamda ularni amalga oshirish bo‘yicha dasturlar loyihasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 24-sentyabrdagi 2/2474-son dalolatnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan taklif va tavsiyalaridan vazirlik tasarrufida o‘tkaziladigan proflaktik tadbirlarning samaradorligini oshishiga xizmat qilgan.