Xolboeva Munisxon Mavlanovnaning  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Myammoli va loyihalashtirish ta’lim texnologiyalari asosida biologiya fani o‘qituvchilarining uzluksiz malaka oshirishini takomillashtirish», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari (biologiya)).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8828.
Ilmiy rahbar: Raxmatov Uchkun Ergashevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan myassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan myassasa nomi, IK raqami: Guliston davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.B.91.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Raximov Atanazar Karimovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Sarimova Dildora Soatalievna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: muammoli va louihalashtirish ta’lim texnologiyalari asosida biologiya fani o‘qituvchilarining uzluksiz malaka oshirishini takomillashtirishga doir metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
muammoli va loyihalashtirish ta’lim texnologiyalari asosida biologiya fani o‘qituvchilarining uzluksiz malaka oshirishini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari o‘quv jarayonining tashkiliy-didaktik aspektlaridan faol foydalanish mobilligini oshirishga yo‘naltirilgan shaxsiy, metapredmetli, fanga oid kompetensiyalarini rivojlantirish hamda nostandart didaktik vaziyatlarni bartaraf etishga maqsadli yo‘naltirish asosida aniqlashtirilgan;
muammoli va loyihalashtirish ta’lim texnologiyalari asosida biologiya fani o‘qituvchilarining uzluksiz malaka oshirishini takomillashtirish samaradorligi maqsadli-kognitiv, mazmunli-pragmatik va tashkiliy-boshqaruv komponentlarini tizimli yaxlitlash hamda tabiiy-ilmiy bilimlarni ta’limiy maqsadlarga mos ravishda intensivlashtirish asosida takomillashtirilgan;
muammoli va loyihalashtirish ta’lim texnologiyalari asosida biologiya fani o‘qituvchilarining uzluksiz malaka oshirishini takomillashtirish jarayoni yaxlitlik va sifatga zarar etkazmasdan axborot xavfsizligini ta’minlash imkoniyatlarini taqdim etish hamda mashg‘ulotlarni tashkil etish traektoriyasini tahliliy-prognostik kontekstda shakllantirish asosida takomillashtirilgan;
muammoli va loyihalashtirish ta’lim texnologiyalari asosida biologiya fani o‘qituvchilarining uzluksiz malaka oshirishini takomillashtirish jarayoni mazmuni raqobatdoshlikni ta’minlaydigan asosiy kasbiy va shaxsiy fazilatlarni rivojlantirishga qaratilgan innovatsion ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish va natijadorlik komponentlarini aniqlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Muammoli va loyihalashtirish  ta’lim texnologiyalari asosida biologiya fani o‘qituvchilarining uzluksiz malaka oshirishini takomillashtirish metodikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
muammoli va louihalashtirish  ta’lim texnologiyalari asosida biologiya fani o‘qituvchilarining uzluksiz malaka oshirishini takomillashtirishda kompetentli-yo‘naltirilgan o‘quv jarayonining  tashkiliy-didaktik aspektlari ta’lim oluvchilarda shaxsiy, metapredmetli, fanga oid kompetensiyalarini rivojlantirish nuqtai nazaridan asoslashga oid tavsiyalar “Biologiya o‘qituvchilarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish”  nomli darslik mazmuniga singdirilgan.(Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-martdagi 55-son buyrug‘i asosida berilgan 912966 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, muammoli va loyihalashtirish  ta’lim texnologiyalari asosida biologiya fani o‘qituvchilarining uzluksiz malaka oshirishini takomillashtirish imkoni yaratilgan;
muammoli va loyihalashtirish  ta’lim texnologiyalari asosida biologiya fani o‘qituvchilarining uzluksiz malaka oshirishini takomillashtirishning maqsadli, mazmunli, tashkiliy-boshqaruv komponentlarining mujassamlashtirgan  modeli kompetentli-yo‘naltirilgan texnologiyalarni fan mazmuniga integratsiyalash asosida takomillashtirishga oid xulosalar “Biologiya o‘qituvchilarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-martdagi 55-son buyrug‘i asosida berilgan 912966 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, muammoli va loyihalashtirish  ta’lim texnologiyalari asosida biologiya fani o‘qituvchilarining uzluksiz malaka oshirishini takomillashtirilgan texnologiyalardan foydalanish modelini ishlab chiqish samaradorligi oshgan; 
muammoli va loyihalashtirish  ta’lim texnologiyalari asosida biologiya fani o‘qituvchilarining uzluksiz malaka oshirishini takomillashtirilganlik darajasining mezonli-diagnostik apparati va diagnostikalash metodikasini ishlab chiqishga oid xulosalar “Biologiya o‘qituvchilarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish” nomli darslik mazmuniga singdirilgan  (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-martdagi 55-son buyrug‘i asosida berilgan 912966 raqamli nashr ruxsatnomasi).  Natijada, biologiya fani o‘qituvchilarining uzluksiz malaka oshirishini takomillashtirilganlik darajasini aniqlashga sharoit yaratilgan;
muammoli va loyihalashtirish ta’lim texnologiyalari asosida biologiya fani o‘qituvchilarining uzluksiz malaka oshirishini takomillashtirish texnologiyasini yaratishga doir ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan va ularning samaradorlik darajasini aniqlashga oid tavsiyalar  “Biologiya o‘qituvchilarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-martdagi 55-son buyrug‘i asosida berilgan 912966 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, biologiya fani o‘qituvchilarining uzluksiz malaka oshirishini takomillashtirishda kompetentli-yo‘naltirilgan texnologiyalardan foydalanishga sharoit yaratilgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish