Jurakulov Baxrom Azamatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Oqova suvlari cho‘kindilari va chiqindi fosforitlari asosida organik-mineral o‘g‘itlar olish texnologiyasi», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T5801.
Ilmiy rahbar: Temirov O‘ktam Shavkatovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.17/7.06.2024.K/T.06.03.
Rasmiy opponentlar: Umirov Farhod Ergashovich, texnika fanlari doktori, professor; Turaev Zokirjon, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: ishlab chiqarishga oqova suvlar cho‘kindilari va chiqindi fosforitlarni jalb qilish bilan keng assortimentdagi organomineral o‘g‘itlar olish texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
OSCh va sul`fat kislotasida faollashtirilgan shlamli fosforit (FShF) asosida organik mineral o‘g‘itlar olish jarayonlarini maqbul sharoiti, OSCh : FShF og‘irlik nisbatida 100:30 hamda H₂SO₄ me’yori 60%  ekanligi aniqlangan;
sul`fat kislotasida faollashtirilgan ShF va OSCh asosida olingan gumus-fosforli o‘g‘itlar tarkibidagi R2O5 va SaO larining o‘zlashuvchan shaklga o‘tishi hamda gumus moddalarining o‘zgarishlari aniqlangan;
oqova suvlar cho‘kindilari va faollashtirilgan ShF asosida kompost tayyorlash yo‘li bilan o‘g‘itlar olish jarayonlarini fizik va kimyoviy asoslari ishlab chiqilgan;
oqova suvlar cho‘kindilari va faollashtirilgan ShF qo‘shib kompost tayyorlanganda,  kompostlar tarkibidagi fosforitlar xisobiga esa azotni 4,6 marta, organik moddalarni 4,2 marta yo‘qolishini kamayishi asoslangan;
nitrat kislotasida faollashtirilgan MM va sul`fat kislota bilan yuvilgan oqova suvlar cho‘kindilari asosida murakkab gumusli o‘g‘itlar olishda OSCh va chiqindi fosforitning 75:25 og‘irlik nisbati hamda kislota me’yori 40% maqbul sharoitligi asoslangan;
MM nitrat kislota bilan past  me’yorda faollashtirilgan mahsulotini sul`fat kislota bilan yuvilgan oqova suvlar cho‘kindilari yordamida qayta ishlash jarayonida organik kislotalarni fosforitlar bilan ta’sirlashishi natijasida R2O5 o‘zlashuvchan shakli 6,7 marta ortishi aniqlangan;
chiqindi fosofritlarni qayta ishlashda oqova suvlar cho‘kindilarini jalb jalb qilish yo‘li bilan organik - mineral o‘g‘itlar olishning jadallashtirilgan texnologiyalari  ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Chiqindi fosforitlar va oqova suvlar cho‘kindilarini jalb qilish orqali organik - mineral o‘g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Markaziy qizilqum chiqindi fosforiti (shlamli fosforit) ni to‘liq bo‘lmagan me’yorda sul`fat kislotasi bilan faollashtirish va ularni oqova suvlar cho‘kindilari asosida organomineral o‘g‘itlarga qayta ishlash texnologiyasi Elektrokimyozavod QK-AJning “2026-2027 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Elektrokimyozavod” QK-AJ ing 2025 yil 16 maydagi 608-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, faollashtirilgan shlamli fosforit va oqova suvlar cho‘kmalari asosida qishloq xo‘jaligi zarur bo‘lgan fosfor-gumuslili o‘g‘itlar olish imkoniyati beradi;
Markaziy qizilqum chiqindi fosforiti (minerallashgan massa) ni nitrat kislotasi bilan faollashtirish va ularni sul`fat kislota bilan yuvilgan oqova suvlar cho‘kmalari bilan qayta ishlash asosida organik mineral o‘g‘it olish texnologiyasi Elektrokimyozavod QK-AJning “2026-2027 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Elektrokimyozavod” QK-AJning 2025 yil 16 maydagi 608-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tarkibida yuqori o‘zlashuvchan fosfor besh oksidi tutgan gumusli organik mineral o‘g‘itlar olish imkonini beradi.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish