Daminova Shaxlo Sharipovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Rangli va nodir metallarni P,S,O,N-saqlagan qattiq ekstragentlar bilan sorbsiyalash qonuniyatlari va ularning o‘ziga xosliklari», 02.00.01–Noorganik kimyo, 02.00.04–Fizik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/K2.
Ilmiy maslahatchi: Sharipov Xasan Turabovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Parpiev Nusrat Agzamovich, kimyo fanlari doktori, professor, akademik; Ibragimov Baxtiyar Tulyaganovich, kimyo fanlari doktori, professor, akademik; Xasanov Abdurashid Solievich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: rangli va nodir metallarni P,S,O,N-saqlagan qattiq ekstragentlar bilan sorbsiyalash qonuniyatlari hamda ularning fizik-kimyoviy va kompleks hosil qilish xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor tarkibida dialkilditiofosfat-ionlari va MAV bo‘lgan 30 ta yangi aralash ligandli kompleks birikmalar sintez qilingan;
spektroskopik ma’lumotlar va kvant-kimyoviy hisoblash natijalariga ko‘ra aralash ligandli yangi komplekslarda DADTR va MAB molekulalarining koordinatsiyalanish qobiliyatlari, tuzilishi xamda kompleks hosil qiluvchi va ligandlar tabiatiga bog‘liq holda termik o‘zgarishlardagi xususiyatlari aniqlangan;
ilk bor 3 ta oniyli benzimidazol birikmalari, Co(II), Cd(II), Bi(III) diizopropildi-tiofosfatlarining MAV bilan 3 ta yangi koordinatsion birikmalarining kristall tuzilishlari aniqlangan hamda kompleks [MAB+H]×(iC3H7O)2PS2 va [MAB+H]×Cl×3H2O tarkibli ikkita barqaror polimorflar uchun benzimidazoliy ion juftining hosil bo‘lishi, polimorflar organik kationning suv molekulalari va xlorid ionlari bilan o‘zaro ta’siri tabiati bilan farq qilishi isbotlangan;
metall ioni radiusi va tashqi elektron pog‘onasiga bog‘liq holda ditiofosfat ion bilan monodentat koordinatsiyalangan tetraedrik N2S2-konfiguratsiyadan ([Cd(MAB)2((iC3H7O)2PS2)2]) bidentat koordinatsiyalangan buzilgan pentagonal bipiramidali N1S6-konfiguratsiya ([Bi(MAB)((iC3H7O)2PS2)3]) va buzilgan tetragonal-piramidali N1S4-konfiguratsiyaga [Co(MAB)((iC3H7O)2PS2)2] o‘tishi aniqlangan, shuningdek vodorod bog‘lanishsiz alohida monomer molekulyar tuzilishning barqarorlashuvi sodir bo‘lishi isbotlangan;
ilk bor noionogen stirol-divinilbenzol sopolimeri asosidagi polimer matrisaga DADTF va MAB larni impregnirlab, xossalari oldindan belgilangan yangi qattiq ekstragentlar olingan;
ilk bor olingan qattiq ekstragentlarning metall ionlariga nisbatan sorbsion va kinetik xususiyatlari, sorbsiya jarayoning qulay sharoiti aniqlangan;
sorbent fazasida hosil bo‘ladigan komplekslar tarkibi va tuzilishining Zn(II), Cd(II), Cu(II), Ni(II), Fe(III), Ag(I), Au(III), Pt(II) metall ionlari sorbsiyasiga ta’siri ko‘rsatilgan, sorbsiya mexanizmi, desorbsion xossalar va mul`tikomponentli eritmalarda sorbsiya selektivligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Rangli va nodir metallarni P,S,O,N-saqlagan qattiq ekstragentlar bilan sorbsiyalash qonuniyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oltita yangi birikmalarning rentgen tuzilishi tahlili natijalari Kembrij kristallografik ma’lumotlar bazasiga kiritilgan (Cambridge Structural Database, https://www.ccdc.cam, CCDC, 1847610, 1847963, 1847965, 1847609, 1846854, 1847608). Natijada bazaga kiritilgan yangi kimyoviy birikmalar o‘xshash birikmalarni sintez qilishda, tuzilishini tavsiflash imkonini bergan;
impregnirlangan qattiq ekstragentlarda metall ionlari sorbsiyasi va kompleks hosil bo‘lishi bo‘yicha olingan ma’lumotlardan yuqori inpakt-faktorli (IF) 5 ta xorijiy jurnallarda namunalarning kristall va molekulyar tuzilishi, qattiq ekstragentlarning fizik-kimyoviy va spektral tahlili uchun foydalanilgan (Journal of Structural Chemistry, 2008, V.49, Springer, IF-0.579; Contemporary Engineering Sciences, 2018, V.11, ResearchGate, IF-0,59; Journal of Environmental Chemical Engineering, 2018, V.6, ResearchGate, IF-3.42; Applied Surface Science, 2019, V.266, Elsevier, IF-4.44; Journal of Cleaner Production, 2019, V.213, Elsevier, IF-5,65). Natijada tarkibida N, P, S bo‘lgan organik ligandlar asosidagi impregnirlangan sorbentlarni yo‘naltirilgan sintezini amalga oshirish, metall ionlarini aniqlash imkonini bergan;
suvni tozalashni tezlashtirish va tozalik darajasini oshirish bo‘yicha uslubiy tavsiyanoma Surxondaryo viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi amaliyoti maishiy chiqindi suvlarni sorbsion tozalash jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2018 yil 29 yanvardagi 03-03-751-son ma’lumotnomasi). Natijada maishiy chiqindi suvlarni tozalash samaradorligi va tezligini oshirish imkonini bergan;
PAD600-MAV sorbenti “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DKda texnologik eritmalaridan reniy ionlarni ajratib olish jarayoniga joriy etilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DKning 2018 yil 28 noyabrdagi 02-06-04/15010-son ma’lumotnomasi). Natijada reniyning massa konsentratsiyasini spektrofotometrik usulda aniqlash imkonini bergan;
PAD600 asosidagi sorbent “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ qarashli «Xandiza» kon boyitish kompleksida sanoat oqava suvlarini tozalash jarayoniga joriy etilgan (“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJning 2018 yil 29 noyabrdagi OP-10955-son ma’lumotnomasi). Natijada chiqindi suvlarni tozalash jarayonini yaxshilash imkonini bergan;
qattiq ekstragentlarni olinish usullari va ularning sorbsion xamda kompleks hosil qilish xossalari Yaponiyaning Meyji universitetining maqsadli ilmiy tadqiqotida foydalanilgan (Yaponiya Meyji universitetining 2018 yil 25 noyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada noionogen stirol-divinilbenzol sopolimeri asosida yangi sorbsion polimerlar olish imkonini bergan;
olingan qattiq ekstragentlar va sorbentlar OT-F7-48 raqamli “Polimer materiallar sirtiga immobillangan metallar nanozarrachalarining fazaviy o‘zgarishlari mexanizmini tadqiq qilish” mavzusidagi loyihada texnologik va ekologik maqsadlar uchun yangi sorbsion materiallarni yaratish va chiqindi suvlardan metall ionlarini tozalashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 7 dekabrdagi 89-03-4261-son ma’lumotnomasi). Natijada nodir metallarni sorbentlar yordamida konsentrlab spektrofotometrik aniqlash imkonini bergan.