Islomova Shoira Xushbokovnaning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qashqadaryo qipchoq shevalari frazeologizmlarining ma’noviy va leksikografik talqini” 10.00.01 - O‘zbek tili. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil3707 
Ilmiy rahbar: Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Fil.70.01. 
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor Yo‘ldosheva Nilufar Ergashevna; filologiya fanlari doktori, professor Mamatov Abdi Eshonqulovich. 
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi Qashqadaryo qipchoq shevasiga mansub iboralarning leksik-semantik, struktur xususiyatlari, leksikografik talqini hamda sheva iboralarining adabiy tilga munosabatini tadqiq etishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Qashqadaryo qipchoq shevasidagi frazeologik birliklarning o‘ziga xos leksik-semantik, struktur, morfemik xususiyatlari, milliy-madaniy belgilari adabiy til va sheva munosabati doirasida ochib berilgan;
Qashqadaryo qipchoq shevalarida adabiy til tarkibidan o‘rin olmagan, adabiy nutq doirasida ishlatilmaydigan bitta sinonimiya uyasiga o‘ndan ortiq  (ǯöli bolmaq, aγzï kalnïƞ aγzïdaj bolmaq, part bo‘lib qalmaq, dïmaγï čaγ bolmaq, aγzï kälišdek ačïlïb qalmaq, jārilgudak bolïb qalmaq, ǯürägi tašmaq) frazeologik sinonimning birikish holatlari aniqlangan;
sheva frazeologizmlari ba’zilari o‘zgarishsiz, ba’zilari tarkibida leksema tushishi, ortishi yoki almashishi kabi leksik o‘zgarishga uchrashi til egalarining turmush tarzi, kasb-kori, kundalik hayoti, mashg‘uloti singarilar bilan bevosita bog‘ligi ochib berilgan; 
shevalarda adabiy til tarkibiga kirmagan, tarkibida qadimiy va sof turkiy leksemalarni saqlab kelayotgan minglab frazemalar uchraydiki, ular sheva leksikasida, sheva vakillarining nutqidagina namoyon bo‘lishi,  ularni o‘z vaqtida keksa avlod nutqidan yozib olish, to‘plash, manbalarda aks ettirish, ommalashtirish muhim ekanligi dalillangan;
dialektal frazemalar tizimida grammatik shakllarda o‘zgaruvchi iboralar bilan birga, ravish tarkibiga kiruvchi iboralarda, komponentlari ismlar bilan ifodalangan iboralarda hamda hech qanday qo‘shimcha olmagan, tuzilishi jihatidan bir xil, bir turkumga mansub iboralarning barchasida ham grammatik shakllanish xususiyati mavjud emasligi dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qashqadaryo qipchoq shevasidagi frazeologik birliklarning leksik-semantik, leksikografik talqini va tavsifi yuzasidan olingan ilmiy tahlil, xulosa hamda natijalar asosida: 
sheva frazeologizmlari ba’zilari o‘zgarishsiz, ba’zilari tarkibida leksema tushishi, ortishi yoki almashishi kabi leksik o‘zgarishga uchrashi til egalarining turmush tarzi, kasb-kori, kundalik hayoti, mashg‘uloti singarilar bilan bevosita bog‘ligi ochib berilganiga oid ilmiy xulosalaridan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2022-2024-yillarda amalga oshirilgan IL-402104209 raqamli “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 25-fevraldagi 04/1-722-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha doirasida amalga oshirilgan o‘zbek tilining morfoanalizatori dasturida leksik birliklarning morfologik tarkibiga ishlov berish, materiallar bilan boyitish imkonini bergan; 
shevalarda adabiy til tarkibiga kirmagan, tarkibida qadimiy va sof turkiy leksemalarni saqlab kelayotgan minglab frazemalar uchraydiki, ular sheva leksikasida, sheva vakillarining nutqidagina namoyon bo‘lishi,  ularni o‘z vaqtida keksa avlod nutqidan yozib olish, to‘plash, manbalarda aks ettirish, ommalashtirish muhim ekanligi dalillanganiga oid xulosalaridan Qashqadaryo viloyati teleradiokanali “Fayzli kun” dasturining 2025-yil 18-yanvar sonida foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati teleradiokanalining 2025-yil 18-yanvardagi 17-05/48-son ma’lumotnomasi). Natijada dastur davomida o‘zbek tili va shevalarining rivoji, jamiyat hayotida tutgan o‘rni, sheva va shevaga xos so‘z, iboralarning o‘zbek adabiy tili rivojidagi ahamiyati haqidagi ma’lumotlar bilan boyitish imkonini bergan;
Qashqadaryo qipchoq shevalarida adabiy til tarkibidan o‘rin olmagan, adabiy nutq doirasida ishlatilmaydigan bitta sinonimiya uyasiga o‘ndan ortiq  (ǯöli bolmaq, aγzï kalnïƞ aγzïdaj bolmaq, part bo‘lib qalmaq, dïmaγï čaγ bolmaq, aγzï kälišdek ačïlïb qalmaq, jārilgudak bolïb qalmaq, ǯürägi tašmaq) frazeologik sinonimning birikish holatlari aniqlanganiga oid xulosalari asosida “Qashqadaryo qipchoq shevalari frazeologizmlarining izohli lug‘ati” (ISBN 978-9910-698-76-7) tuzilgan. Natijada o‘zbek tilidagi dialektal frazemalarni nutqda to‘g‘ri qo‘llash, foydalanishga hissa qo‘shilgan hamda sheva iboralari lug‘atining izohli variantini yaratish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish