Rsaliev Arman Turdibekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Ingliz tili darslarida didaktik o‘yinlar vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining leksik kompetensiyasini shakllantirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2PhD/Ped5140
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Saidova Muhabbatxon Shukrullaevna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Rahmonov Aziz Bositxonovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Uteshova Zernegul Hurmetullaevna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Guliston davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi didaktik o‘yin vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ingliz tilida leksik kompetensiyasini shakllantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
leksik kompetensiyaga oid tushunchalarning mazmuni va ahamiyati lingvometodik yondashuv orqali ilmiy-pedagogik jihatdan asoslangan va bu tushunchalarning ta’lim jarayonidagi ahamiyati aniq ko‘rsatilgan;
didaktik o‘yinlar orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida motivatsiya, hissiyotlar, intellektual rivojlanish kabi psixologik omillar kommunikativ va leksik ko‘nikmalarni shakllantirish uchun foydalaniladigan usullar, qobiliyatlar va texnologiyalarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
umumta’lim maktablari boshlang‘ich sinf ingliz tili darslarida o‘quvchilarning leksik kompetensiyasini shakllantirish uchun mos keluvchi didaktik o‘yinlar va vositalar tanlash jarayoni tahlil qilingan va eng samarali metodlar aniqlangan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari leksik kompetensiyasini didaktik o‘yinlar vositasida shakllantirishga mo‘ljallangan mashqlar tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tili darslarida didaktik o‘yinlar vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining leksik kompetensiyasini shakllantirish bo‘yicha tadqiqot natijalari:
leksik kompetensiyaga oid tushunchalarning mazmuni va ahamiyati aniqlanib, bu tushunchalarning ta’lim jarayonidagi ahamiyati lingvometodik yondashuv orqali ilmiy-pedagogik asoslarni ishlab chiqishga doir taklif va tavsiyalardan “Mustahkamlash uchun mashqlar” nomli mashqlar tizimidan foydalanilgan (02-07-5152/04-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va Maktab ta’limi Vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining dalolatnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining leksik kompetensiyasini didaktik o‘yinlar vositasida shakllantirishga mo‘ljallangan mashqlar ishlab chiqishga erishilgan;
didaktik o‘yinlar orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida motivatsiya, hissiyotlar, intellektual rivojlanish kabi psixologik omillar kommunikativ va leksik ko‘nikmalarni shakllantirish uchun foydalaniladigan usullar, qobiliyatlar va texnologiyalarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan Toshkent shahrida joylashgan “Effective study” tashkilotining til markazi o‘quv jarayonini tashkil etishda foydalanilgan (02-07-5152/04-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va Maktab ta’limi vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining dalolatnomasi). Natijada, o‘quvchilarning tili o‘rganayotgan mamlakat vakillari va til sohiblari bilan muloqot jarayonida to‘siqlardan foydalana olish imkoniyatlari yaratilgan;
umumta’lim maktablari boshlang‘ich sinf ingliz tili darslarida o‘quvchilarning leksik kompetensiyasini rivojlantirish uchun mos keluvchi didaktik o‘yinlar va vositalarni tanlash jarayonini amalga oshirishga doir metodik tavsiyalardan O‘zbekiston teleradiokanali DM Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar muharriyatining “Bolalar uchun”, “Bolalar va biz”, “Ta’lim va taraqqiyot” kabi dasturlari senariysida (2022-2023-yillarda) samarali foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi O‘zbekiston teleradiokanali DM 04-36-1254-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich ta’limda didaktik o‘yinlar vositasida ingliz tilini zamon talablariga mos holda o‘zlashtirish bazasi yana bir ommaviy-televizion manbaa hisobiga boyitilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari leksik kompetensiyasini didaktik o‘yinlar vositasida shakllantirishga mo‘ljallangan takliflardan ingliz tilini oson o‘rganishga mo‘ljallangan tadqiqot materiallaridan Namangan muhandislik texnologiya institutining “InnoEnglish-Horijiy tillarni o‘qitishning zamonaviy usullari” amaliy granti loyihasi (2022-yy.) doirasida mobil ilovalar ishlab chiqishda foydalanilgan (Turan International University innovatsiya faoliyati transferi markazining 2023-yil 27-fevraldagi 107/4-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ingliz tili darslari hamda mustaqil til o‘rganish jarayonida ularning leksik kompetensiyasini shakllanganlik darajasi 13,1% ga oshgan.