Shakadirova Nigora Irgashevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Blended learning texnologiyasi asosida bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi, 13.00.06 – Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Fayzieva Maxbubaxon Raximjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Kayumova Nasiba Ashurovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Abdullaev Botir Baxtiyorovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi blended learning texnologiyasi asosida bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari “A La Carte model”, “Face to face Driver”, “Enriched Virtual model”, “Flipped classroom”, “Lab Rotation” blended learning texnologiyasi modellari integrativ yaxlitligini taʼminlash, ta’lim texnologiyalarining diversifikatsiyasi, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, demokratik va sifatli oliy ta’limga o‘tish kabi yangi tendensiyalarning ko‘rgazmalilik, amaliyotga yo‘naltirilganlik, uzlyuksizlik, faollik tamoyillari bilan uyg‘unligini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
blended learning texnologiyasi asosida bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning dasturiy ta’minoti videodarslar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari, interfaol nazorat topshiriqlari (OnlineTestPad, EclipseCrossword, wordwall, educaplay), laboratoriya ishlari hisobotini boshqaruvchi (GoogleForm) komponentlarini asinxron-funksional integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
blended learning texnologiyasiga asoslangan dasturiy ta’minot vositasida bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning didaktik modeli ta’limiy platforma yaratishga oid Dik va Keri, ALD, Kirkpatrick yondashuvlarni uzlyuksizlik va faollik tamoyillariga singdirish hamda blended learning modellariga transformatsiyalash, raqamli ta’lim platformasi mazmuni metod va vositalarini aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
blended learning texnologiyasiga asoslangan dasturiy ta’minot vositasida bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi talabalarda fanlarni o‘rganish jarayonida vizual ko‘rish, eshitish va amalda bajarishga yo‘naltirish, mustaqil izlanish, muammoni hal qilish yo‘llarini mantiqiy tafakkur orqali aniqlashga qaratilgan VAK, Inquiry-Based Learning, Problem-Based Learning metodlarini kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Blended learning texnologiyasi asosida bo‘lajak informatika o‘qituvchilari kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari “A La Carte model”, “Face to face Driver”, “Enriched Virtual model”, “Flipped classroom”, “Lab Rotation” blended learning texnologiyasi modellari integrativ yaxlitligini taʼminlash, ta’lim texnologiyalarining diversifikatsiyasi, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, demokratik va sifatli oliy ta’limga o‘tish kabi yangi tendensiyalarning ko‘rgazmalilik, amaliyotga yo‘naltirilganlik, uzlyuksizlik, faollik tamoyillari bilan uyg‘unligini ta’minlash asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalar “Pedagogik dasturiy vositalar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 8-maydagi 11-05-2957/04 raqamli maʼlumotnomasi). Natijada mutaxassislik fani hisoblangan pedagogik dasturiy vositalar fanini o‘qitishning metodik tizimi takomillashtirilib, o‘qitish samaradorligini oshishiga erishilgan;
blended learning texnologiyasi asosida bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning dasturiy ta’minoti videodarslar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari, interfaol nazorat topshiriqlari (OnlineTestPad, EclipseCrossword, wordwall, educaplay), laboratoriya ishlari hisobotini boshqaruvchi (GoogleForm) komponentlarini asinxron-funksional integratsiyalash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Pedagogik dasturiy vositalar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 8-maydagi 11-05-2957/04 raqamli maʼlumotnomasi). Natijada ta’limni boshqarish tizimlaridan samarali foydalanishning metodik imkoniyatlari kengaytirilgan hamda raqamli ta’lim platformasi tarkibi takomillashtirilgan;
blended learning texnologiyasiga asoslangan dasturiy ta’minot vositasida bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning didaktik modeli ta’limiy platforma yaratishga oid Dik va Keri, ALD, Kirkpatrick yondashuvlarni uzlyuksizlik va faollik tamoyillariga singdirish hamda blended learning modellariga transformatsiyalash, raqamli ta’lim platformasi mazmuni metod va vositalarini aniqlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Pedagogik dasturiy vositalar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 8-maydagi 11-05-2957/04 raqamli maʼlumotnomasi). Natijada blended learning texnologiyasi asosida talabalarning mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi takomillashtirilib, ta’lim sifati oshgan;
blended learning texnologiyasiga asoslangan dasturiy ta’minot vositasida bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi talabalarda fanlarni o‘rganish jarayonida vizual ko‘rish, eshitish va amalda bajarishga yo‘naltirish, mustaqil izlanish, muammoni hal qilish yo‘llarini mantiqiy tafakkur orqali aniqlashga qaratilgan VAK, Inquiry-Based Learning, Problem-Based Learning metodlarini kiritish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Pedagogik dasturiy vositalar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 8-maydagi 11-05-2957/04 raqamli maʼlumotnomasi). Natijada pedagogik dasturiy vositalarga oid bilim va kompetensiyalarni kasbiy sohada qo‘llanilish samaradorligini oshirishga erishilgan.