Jaksimuratova Elmira Sarsenovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpoq xalq an’analari asosida maktabgacha tarbiya yoshidagi bola shaxsini rivojlantirishning psixologik xususiyatlari”. 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/P320.
Ilmiy rahbar:  Saparov Shingiz Baxievich, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.10.2024.P.72.06.
Rasmiy opponentlar: G‘ofurov Azizbek Umarjonovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent, Shadiev Feruz Djaxonovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa fanlari doktori (PhD).
Yetakchi  tashkilot:  Ma’mun universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpoq xalq an’analari asosida maktabgacha tarbiya yoshidagi bola shaxsini rivojlantirishning psixologik xususiyatlari asosida amaliy tavsiyalar ishlab shiqishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
maktabgacha tarbiya yoshidagi bola shaxsining rivojlanishiga qoraqalpoq xalq an’analarini ta’siri tarbiyachi-ota-ona-bola munosabatlarida milliy qadriyatlarni ustuvor namoyon bo‘lishidagi differensial farqlarga asoslanib “sagiyra”  va  “kabiyra” jarayonidagi milliy qadriyatlarga qiziqish motivatsiyasi, o‘zaro munosabatlardagi ijtimoiy faollik xususiyatlari bilan determinatsiyalashganligi dalillangan;  
qoraqalpoq xalq an’analari ta’sirida boladagi ijtimoiy identivlikni shakllanishi milliy qadriyatlarga qiziqish va urf-odatlarni o‘rganish motivatsiyasi “o‘zini qadrlash”, “o‘zini hurmat qilish”, “o‘ziga ishonch”ni rivojlanishiga olib kelishiga asoslanib shaxsning o‘ziga beradigan bahosini “etnik Men” rakursida ifodalanishiga bog‘liq ekanligi dalillangan;
qoraqalpoq xalq an’analariga ko‘ra, oilaviy munosabatlardagi milliy qadriyatlar, urf-odatlar transmissiyasi intellektual qiziquvchanlikni etnik identifikatsiya rakursida ifodalanishiga ta’sir etganligi tufayli  bolalarning “sagiyra” jarayoni “semantik va obrazli moslashuvchanlik” bilan uyg‘un namoyon bo‘lishi isbotlangan; 
qoraqalpoq xalq an’analari asosida maktabgacha tarbiya yoshidagi bola shaxsini rivojlantirishda milliy qadriyatlarni bilishga intilishdagi kognitiv, oiladagi tarbiyaviy ta’sirning xulq-atvor, o‘zaro munosabatlardagi hissiy jihatlarni barqarorlashtirish muhimligi tufayli axloqiy tushunchalar tizimining differensial komponentlariga korreksion-adaptiv ta’sir etish zarurati isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Qoraqalpoq xalq an’analari asosida maktabgacha tarbiya yoshidagi bola shaxsini rivojlantirishning psixologik xususiyatlari yuzasidan o’tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida: 
maktabgacha tarbiya yoshidagi bola shaxsining rivojlanishiga qoraqalpoq xalq an’analarini ta’siri tarbiyachi-ota-ona-bola munosabatlarida milliy qadriyatlarni ustuvor namoyon bo‘lishidagi differensial farqlarga asoslanib  “sagiyra”  va  “kabiyra” jarayonidagi milliy qadriyatlarga qiziqish motivatsiyasi, o‘zaro munosabatlardagi ijtimoiy faollik xususiyatlari bilan determinatsiyalashganligi dalillanganligiga oid ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 12-apreldagi PM-333-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 7-apreldagi PM-333a-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha tarbiya yoshidagi bolarda Qoraqalpoq xalq an’analariga yo‘nalganlikning o‘ziga xos jihatlarini aniqlangan;
qoraqalpoq xalq an’analari ta’sirida boladagi ijtimoiy identivlikni shakllanishi milliy qadriyatlarga qiziqish va urf-odatlarni o‘rganish motivatsiyasi “o‘zini qadrlash”, “o‘zini hurmat qilish”, “o‘ziga ishonch”ni rivojlanishiga olib kelishiga asoslanib shaxsning o‘ziga beradigan bahosini “etnik Men” rakursida ifodalanishiga bog‘liq ekanligi dalillanganligiga oid ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 12-apreldagi PM-333-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 7-apreldagi PM-333a-son ma’lumotnomasi).  Natijada maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning Qoraqalpoq xalq an’analariga yo‘nalganligining shaxsni o‘ziga beradigan bahosiga bog‘liqligini tadqiq etilgan;
qoraqalpoq xalq an’analariga ko‘ra, oilaviy munosabatlardagi milliy qadriyatlar, urf-odatlar transmissiyasi intellektual qiziquvchanlikni etnik identifikatsiya rakursida ifodalanishiga ta’sir etganligi tufayli  bolalarning “sagiyra” jarayoni “semantik va obrazli moslashuvchanlik” bilan uyg‘un namoyon bo‘lishi isbotlanganligiga oid ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 12-apreldagi PM-333-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 7-apreldagi PM-333a-son ma’lumotnomasi). Natijada bolalardagi xalq an’analariga yo‘nalganlikning tasavvurlar darajasini rivojlanishiga ta’sirini aniqlangan;
qoraqalpoq xalq an’analari asosida maktabgacha tarbiya yoshidagi bola shaxsini rivojlantirishda milliy qadriyatlarni bilishga intilishdagi kognitiv, oiladagi tarbiyaviy ta’sirning xulq-atvor, o‘zaro munosabatlardagi hissiy jihatlarni barqarorlashtirish muhimligi tufayli axloqiy tushunchalar tizimining differensial komponentlariga korreksion-adaptiv ta’sir etish zarurati isbotlanganligiga oid ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 12-apreldagi PM-333-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 7-apreldagi PM-333a-son ma’lumotnomasi). Natijada bolalardagi xalq an’analariga yo‘nalganlikning axloqiy tushunchalar tizimiga bog‘liq jihatlarini tadqiq etish orqali amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish