Ergasheva Surayyo Tulqinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Bo‘lajak boshlangʻich sinf o‘qituvchilarini o‘quvchilar o‘qish savodxonligini rivojlantirishga metodik tayyorgarligini takomillashtirish 13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3693
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
    Ilmiy rahbar: Masharipova Umida Abduvohidovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Usmanova Umida Aybekovna, pedagogika fanlari doktori (DSc); Kenjaeva Muhayyo Abdumurodovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori  (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II Tadqiqotning maqsadi. bo‘lajak boshlangʻich sinf o‘qituvchilarini o‘quvchilar o‘qish savodxonligini rivojlantirishga metodik tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini o‘quvchilar o‘qish savodxonligini rivojlantirishga metodik tayyorgarligini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlari ma’lumotlarni qabul qilish va to‘g‘ridan to‘g‘ri xulosalar chiqarish, talqin qilish, integratsiya qilish va baholash, tanqidiy tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan ijodiy-faol va hamkorlikda ishlash muhitini shakllantirish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilar o‘qish savodxonligini rivojlantirishga metodik tayyorgarligi ta’limning ijodiy yo‘nalganligini rivojlantirishga qaratilgan fonemik xabardorlik, fonika va so‘zlarni o‘rganish, ravonlik, lug‘atni boyitish, muloqotga yo‘nalganlik, stilistik differensiatsiya ko‘rsatkichlarini didaktik maqsadlar mazmuniga maqsadli uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilar o‘qish savodxonligini rivojlantirishga metodik tayyorgarligining modeli ta’limiy maqsadga jadal erishishga qaratilgan  diqqatni jamlash va aniq ko‘rsatilgan ma’lumotni topish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xulosalar chiqarish, content, til va matn elementlarini tekshirish va baholash, g‘oyalar  va ma’lumotni talqin qilish va uyg‘unlashtirish hamda tilning kommunikativ, ekpressiv va estetik funksiyalarini qiyosiy tasniflash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilar o‘qish savodxonligini rivojlantirishga metodik tayyorgarligini  takomillashtirish  samaradorligi axborotlar bilan ishlash jarayonida noma’lum vaziyatlarga moslashganlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, tilni tushunish, so‘zni tanish, o‘qish strategiyasining kuchayishi, tushunish avtomatiklashuvining kuchayishi komponentlarini savodxonlik mahoratiga intensiv integratsiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini o‘quvchilar o‘qish savodxonligini rivojlantirishga metodik tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy natijalari asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini o‘quvchilar o‘qish savodxonligini rivojlantirishga metodik tayyorgarligini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlari ma’lumotlarni qabul qilish va to‘g‘ridan to‘g‘ri xulosalar chiqarish, talqin qilish, integratsiya qilish va baholash, tanqidiy tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan ijodiy-faol va hamkorlikda ishlash muhitini shakllantirish asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Ona tili o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 13-maydagi 11-05-3057/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini o‘quvchilar o‘qish savodxonligini rivojlantirishga metodik tayyorgarligini takomillashtirish samaradorligi oshgan.
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilar o‘qish savodxonligini rivojlantirishga metodik tayyorgarligi ta’limning ijodiy yo‘nalganligini rivojlantirishga qaratilgan fonemik xabardorlik, fonika va so‘zlarni o‘rganish, ravonlik, lug‘atni boyitish, muloqotga yo‘nalganlik, stilistik differensiatsiya ko‘rsatkichlarini didaktik maqsadlar mazmuniga maqsadli uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Ona tili o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 13-maydagi 11-05-3057/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini o‘quvchilar o‘qish savodxonligini rivojlantirishga metodik tayyorgarligini takomillashtirishning mazmuni boyitilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilar o‘qish savodxonligini rivojlantirishga metodik tayyorgarligining modeli ta’limiy maqsadga jadal erishishga qaratilgan  diqqatni jamlash va aniq ko‘rsatilgan ma’lumotni topish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xulosalar chiqarish, content, til va matn elementlarini tekshirish va baholash, g‘oyalar  va ma’lumotni talqin qilish va uyg‘unlashtirish hamda tilning kommunikativ, ekpressiv va estetik funksiyalarini qiyosiy tasniflash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Ona tili o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 13-maydagi 11-05-3057/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini o‘quvchilar o‘qish savodxonligini rivojlantirishga metodik tayyorgarligini takomillashtirishning didaktik infratuzilmasi kengaytirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilar o‘qish savodxonligini rivojlantirishga metodik tayyorgarligini  takomillashtirish  samaradorligi axborotlar bilan ishlash jarayonida noma’lum vaziyatlarga moslashganlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, tilni tushunish, so‘zni tanish, o‘qish strategiyasining kuchayishi, tushunish avtomatiklashuvining kuchayishi komponentlarini savodxonlik mahoratiga intensiv integratsiyalash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Ona tili o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 13-maydagi 11-05-3057/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini o‘quvchilar o‘qish savodxonligini rivojlantirishga metodik tayyorgarligini takomillashtirishga erishilgan
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish