Ismagilov Damir Kanganovichning 
pedagogika fanlari doktori (DSc) 
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Futbolchilarning ko‘p yillik tayyorgarligida yuksak ilmiy texnologiyalardan foydalanishni ilmiy-pedagogik asoslash” 13.00.04 - Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, pedagogika fanlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/Ped676.
Ilmiy maslahatchi: Koshbaxtiev Ildar Axmedovich pedagogika fanlari doktori, professor .
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Xolmuxamedov Rustam Dekanovich pedagogika fanlari doktori, professor; Yugay Lev Pavlovich fizika-matematika fanlari doktori, professor; Maxmudov Azamjon Muxtarovich pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sport mahoratini shakllantirishning turli bosqichlarida futbolchilarni tayyorlashning ilmiy texnologiyalaridan foydalanishni ilmiy-pedagogik jihatdan asoslash bo‘yicha tavsiya va takliflar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
zamonaviy futbol talablari bilan bog‘liq holda sport mahoratini shakllantirish ko‘p yillik tayyorgarlikning barcha bosqichlarida zamonaviy tadqiqot usullaridan iborat bo‘lgan yuksak texnologiyalardan foydalanish orqali murabbiylarning mashg‘ulot jarayonlarini oqilona tashkil etish imkoniyatlari kengaytirilgan;
sport mahoratini shakllantirish bosqichida futbolchilarni muvaffaqiyatli tayyorlash uchun tananing kompozision tarkibi, funksional holatni belgilovchi ma’lumotlardan (jismoniy yuklamalarga moslashish darajasi, mashqlanganlik darajasi, jismoniy holati, sport formasi, organizm zaxirasi, tananing yog‘ massasi, psixoemotsional holat) foydalanish orqali yuklamalarni individuallashtirish jarayoni optimallashtirilgan;
himoyada, hujumda bir taym ichidagi vaqt bo‘laklarida o‘yinchilarda yurak urishi ma’lumotlarini nazorat qilish bilan o‘yin faoliyatini baholash hamda musobaqa faoliyatini kompleks tahlil qilish orqali futbolchilarning o‘quv-mashg‘ulot va musobaqa faoliyatidagi o‘yin samaradorligini oshirish imkoniyati kengaytirilgan; 
futbolchilarning ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlarida  o‘yin faoliyatidagi hujum harakatlarini rivojlantirish maqsadida sakrovchanlik qobiliyatini rivojlantirish,  A,B,C modellarning maxsus mashqlari tasnifini ishlab chiqish hisobiga anaerob sharoitlarda texnik-taktik harakatlarni takomillashtirilgan;
har bir futbolchining psixologik tayyorgarligini oshirish uchun alohida iqtidorini inobatga olgan holda individuallashtirilgan yondashuvni qo‘llash orqali  o‘yin jarayonida yuzaga keladigan stressli vaziyatlarda to‘pni yuqori samaradorlik bilan boshqarish ko‘nikmalari rivojlantirilgan;
ko‘p yillik tayyorgarlikning har bir bosqichida jismoniy rivojlanish, jismoniy va maxsus jismoniy tayyorgarlik, tana tarkibi  ma’lumotlari va musobaqa faoliyati ko‘rsatkichlaridan iborat ishlab chiqilgan model tavsiflar monitoring bazisini qo‘llash hisobiga futbolchilarning har bir bosqichda tegishli normativlarni bajarish qobiliyatlarini nazorat qilish imkoniyatlari kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. sport mahoratini shakllantirishning turli bosqichlarida futbolchilarni tayyorlashning ilmiy texnologiyalaridan foydalanishni ilmiy-pedagogik jihatdan asoslash bo‘yicha amaliy tavsiyalarni joriy etish yuzasidan o‘tkazilgan pedagogik tajriba-sinov ishlari davomida olingan ilmiy natijalar asosida:
zamonaviy futbol talablari bilan bog‘liq holda sport mahoratini shakllantirish ko‘p yillik tayyorgarlikning barcha bosqichlarida zamonaviy tadqiqot usullaridan iborat bo‘lgan yuksak texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar Toshkent tumani sport maktabi o‘quv-mashg‘ulot guruhi sportchilarining mashg‘ulot jarayonlariga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 6.03.2023-yildagi № 04-01/04/20/1993 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, musobaqa faoliyati jarayonida anaerob rejim harakatlarni bajarish ko‘rsatkichlari 10-17% ga yaxshilangan;
sport mahoratini shakllantirish bosqichida futbolchilarni muvaffaqiyatli tayyorlash uchun tananing kompozision tarkibi, funksional holatni belgilovchi ma’lumotlardan (jismoniy yuklamalarga moslashish darajasi, mashqlanganlik darajasi, jismoniy holati, sport formasi, organizm zaxirasi, tananing yog‘ massasi, psixoemotsional holat) foydalanish Toshkent tumani sport maktabi o‘quv-mashg‘ulot guruhlari futbolchilarining mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 6.03.2023-yildagi № 04-01/04/20/1993 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, 13 yoshli futbolchilarning tana tuzilishi ma’lumotlari tahlili yog‘ komponentining 11-12 % ga yaxshilangan; 
himoyada, hujumda bir taym ichidagi vaqt bo‘laklarida o‘yinchilarda yurak urishi ma’lumotlarini nazorat qilish bilan o‘yin faoliyatini baholash hamda musobaqa faoliyatini kompleks tahlil qilish “Paxtakor” jamoasining mashg‘ulot jarayonlariga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 6.03.2023-yildagi № 04-01/04/20/1993 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, to‘pni uzatish samaradorligi 16 % ga oshgan;
futbolchilarning ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlarida  o‘yin faoliyatidagi hujum harakatlarini rivojlantirish maqsadida sakrovchanlik qobiliyatini rivojlantirish,  A,B,C modellarning maxsus mashqlari tasnifi bo‘yicha takliflar «Paxtakor» PFK futbol jamoasiga hamda Toshkent tumani sport maktabi futbol jamoasiga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 6.03.2023-yildagi № 04-01/04/20/1993 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘z yosh toifasida O‘zbekiston Respublikasi chempioni, «Paxtakor» PFK 2019-2022-yilgi O‘zbekiston Respublikasi chempionatining Superligasi chempioniga aylangan;
har bir futbolchining psixologik tayyorgarligini oshirish uchun alohida iqtidorini inobatga olgan holda individuallashtirilgan yondashuvni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar «Metallurg» jamoasi, «Paxtakor» PFK futbol jamoasiga hamda Toshkent tumani sport maktabi futbol jamoasi o‘tkazilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 6.03.2023-yildagi № 04-01/04/20/1993 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, Ya.Strelyauning so‘rovnomasi asosida «Metallurg» jamoasida 15 nafar futbolchidan oltitasi (40%) Gippokratning tiplar tasnifiga ko‘ra flegmatik, uchtasi xolerik (20%), to‘rttasi sangvinik (26,6%) va ikkitasi melanxolik (13,4%) tipiga mansubligi aniqlandi, shaxslashtirilgan yondashuvni qo‘llashga yordam bergan;
ko‘p yillik tayyorgarlikning har bir bosqichida jismoniy rivojlanish, jismoniy va maxsus jismoniy tayyorgarlik, tana tarkibi  ma’lumotlari va musobaqa faoliyati ko‘rsatkichlaridan iborat ishlab chiqilgan model tavsiflar monitoring bazisini qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar Toshkent tumani sport maktabi o‘quv-mashg‘ulotlar jarayoniga joriy qilindi (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 6.03.2023-yildagi № 04-01/04/20/1993 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, A, B, S maxsus mashqlarni qo‘llash natijasida quyidagi ko‘rsatkichlar yaxshilangani kuzatildi: to‘p bilan 30 metrga yugurish vaqti 8,67 % ga qisqardi, ustunlarni aylanib o‘tish muddati 8,34 % ga kamaydi; 10 metrga yugurish tezligi 16,07 % ga, joyida turib uzunlikka sakrash natijasi esa 11,78 % ga yaxshilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish