Absalamov Xiloliddin Uchkunovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz tilini o‘qitishda umumta’lim maktablari o‘quvchilarining (9-sinf) yozma nutq kompetensiyasini rivojlantirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped2711
Ilmiy rahbar: Odilov Baxodir Baxtiyarovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD. 03/30.12.2019.Fil.83.01 
Rasmiy opponentlar: Xoshimova Dildora Urinbaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor;  Djalilov Olimjon Muxiddinovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi to‘qqizinchi sinf o‘quvchilarining chet tilda yozma nutq kompetensiyasini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sensomotorik, psixologik va lisoniy sathlar asosida yozma nutqni bosqichma-bosqich shakllantirishga xizmat qiluvchi pedagogik mexanizm chet tilida yozma nutqni rivojlantirishga xizmat qiluvchi didaktik ta’minot konfiguratsiyasini funksional jihatdan zamonaviy ta’lim texnologiyalari ko‘rish va harakat analizatorlariga integratsiya qilish asosida takomillashtirilgan;
tilshunoslik, psixolingvistika va metodika fanlari chorrahasida yaratilgan faoliyatga yo‘naltirilgan yozma nutq modelini nazariy asoslash orqali  didaktik birliklar tizimiga moslashtirilgan yozma nutq kompetensiyasini baholash mezonlari yozma nutq kompetensiyasining sotsiolingvistik, ekzistensial va madaniyatlararo komponentlariga ko‘ra zamonaviy testologiya tamoyillari asosida funksional jihatdan takomillashtirilgan;
yozma nutq faoliyatini kognitiv-kommunikativ kompetensiyalar bilan bog‘lovchi sintetik metodologik modelini asoslash orqali kommunikativ agent sifatida o‘quvchi pozisiyasini shakllantirishda ingliz tilida yozma ijodkorlikni konstruktiv-diskursiv aspektda rivojlantirishga qaratilgan didaktik vositalar emotsional-kognitiv faollashtirish texnologiyasi asosida  ishlab chiqilgan;
chet tilida yozma nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishda so‘zlarning vizual tasvirlarini tanib olish, vizual va nutq-motor analizatorlarining ishlashi asosida yozma nutqning tovush tarkibini tahlil qilish, analizator tizimlarining ichki integratsiyasini faollashtirish va mustahkamlashga yo‘naltirilgan ijtimoiy-konstruktiv usul samaradorligi zamonaviy bilish nazariyasi (cognitive constructivism)ni metakognitiv strategiyalar bilan uyg‘unlashtirish asosida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ingliz tilini o‘qitishda umumta’lim maktablari o‘quvchilarining (9-sinf) yozma nutq kompetensiyasini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy, uslubiy va amaliy natijalar asosida:
sensomotorik, psixologik va lisoniy sathlar asosida yozma nutqni bosqichma-bosqich shakllantirishga xizmat qiluvchi pedagogik mexanizm chet tilida yozma nutqni rivojlantirishga xizmat qiluvchi didaktik ta’minot konfiguratsiyasini funksional jihatdan zamonaviy ta’lim texnologiyalari ko‘rish va harakat analizatorlariga integratsiya qilish asosida takomillashtirilganligi haqidagi xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 12-dekabrdagi 2/24-4/7-690-sonli xatiga asosan 2022-2024-yillarda amalga oshirilgan va Toshkent shahridagi AQSh elchixonasi hamda Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashi bilan hamkorlikda AQSh davlat departamenti tomonidan bajarilgan ‘‘English Access Microscholarship Program” loyihasi doirasida (Samarqand davlat chet tillar institutining 14-oktyabr 2024- yildagi 2197/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, yozma nutq kompetensiyasini takomillashtirish, yozma nutq uslublarini o‘rganish, o‘z ona tili hamda o‘rganilayotgan chet tilining lingvistik qonuniyatlarini o‘rganish hamda yozma muloqot ko‘nikmalarini yuqori darajada egallash kompetentligini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim muhitini yaratishda foydalanilgan;
tilshunoslik, psixolingvistika va metodika fanlari chorrahasida yaratilgan faoliyatga yo‘naltirilgan yozma nutq modelini nazariy asoslash orqali  didaktik birliklar tizimiga moslashtirilgan yozma nutq kompetensiyasini baholash mezonlari yozma nutq kompetensiyasining sotsiolingvistik, ekzistensial va madaniyatlararo komponentlariga ko‘ra zamonaviy testologiya tamoyillari asosida funksional jihatdan takomillashtirilganligi haqidagi xulosalardan Qarshi davlat universitetida 2021-2023 yillarda amalga oshirilgan SUZ-800-21GR-3181 “Reinforsing English Language competence at Karshi State University” nomli xalqaro grant loyihasi doirasida foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2024-yil 24-oktyabrdagi 03/3340-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, umumta’lim maktablari ingliz darslarida yozma muloqot ko‘nikmalarini yuqori darajada egallash kompetensiyasini oshirishga xizmat qilgan;
yozma nutq faoliyatini kognitiv-kommunikativ kompetensiyalar bilan bog‘lovchi sintetik metodologik modelini asoslash orqali kommunikativ agent sifatida o‘quvchi pozisiyasini shakllantirishda ingliz tilida yozma ijodkorlikni konstruktiv-diskursiv aspektda rivojlantirishga qaratilgan didaktik vositalar emotsional-kognitiv faollashtirish texnologiyasi asosida  ishlab chiqilganligi haqidagi xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida Evropa ittifoqining Erasmus+ dasturi 58545-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP CLASS: “Computational linguistics at Central Asian universities” grant loyihasi doirasida keng foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 17-oktyabr 2024-yildagi 2219/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’limida 9-sinf o‘quvchilarining yozma muloqot kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan, shuningdek ushbu kompetensiyani shakllantirishtirish, bu jarayonda uchrash mumkin bo‘lgan psixologik, lingvistik to‘siqlarni engib o‘tish, o‘rgunuvchilarda yozma nutq kompetensiyasini takomillashtirish, yozma nutq uslublarini o‘rganish, o‘z ona tili hamda o‘rganilayotgan chet tilining lingvistik qonuniyatlarini o‘rganish hamda yozma muloqot ko‘nikmalarini yuqori darajada egallash kompetentligini shakllantirishga xizmat qilgan;
chet tilida yozma nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishda so‘zlarning vizual tasvirlarini tanib olish, vizual va nutq-motor analizatorlarining ishlashi asosida yozma nutqning tovush tarkibini tahlil qilish, analizator tizimlarining ichki integratsiyasini faollashtirish va mustahkamlashga yo‘naltirilgan mashqlar majmuining samaradorligi ilmiy jihatdan dalillanganligi haqidagi xulosalardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasida 2024-yil noyabr oyida efirga uzatilgan “Kun mavzusi” eshittirishining navbatdagi sonining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2024-yil 14-noyabrdagi 01-07/339-son ma’lumotnomasi). Natijada, nutq kompetensiyasini rivojlantirishda maqsadli hamda tizimli tashkil etilgan o‘quv jarayonini takomillashtirishga yo‘naltirilgan metodik tavsiyalar majmuyi bugungi kunda dolzarb masalalardan biri bo‘lib kelmoqda. O‘quvchilarning til o‘rganish, shuningdek keyingi faoliyat jarayonida tilni kommunikativ maqsadlarda samarali qo‘llay olish uchun xizmat qilgan va ulardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining keyingi dasturlarida ham foydalanish ko‘zda tutilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish