Ermatova Yayra Saydullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Chorvoq botiqligining kurort zonalari geoekologik sharoitini saqlashda tabiiy va texnik tizimlar monitoringiga kompleks yondashuv», 04.00.04 – Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/GM248.
Ilmiy rahbar: Zakirov Mirabbas Mirsaatovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti DM, DSc.24/30.12.2019.GM.96.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Botir Dadajonovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor; Tadjibaeva Nodira Ruzievna, geologiya-mineralogiya fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: “O‘zbekgidrogeologiya” DM.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Chorvoq kurort hududining muhandis-geologik va geoekologik sharoitlarini saqlashda tabiiy va texnik tizimlar monitoringiga kompleks yondashuvdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Chorvoq havzasi qirg‘oq zonasining tadqiqot hududi muhandis-geologik va geoekologik sharoitlariga texnogen ta’sirini shakllantiruvchi asosiy omillar aniqlangan;
turli fizik-geografik va nisbiy balandliklarda zonal holatlariga ko‘ra (baland va o‘rta tog‘li, past tog‘li, tog‘oldi, tog‘oldi prolyuvial tekislik) jarliklar shakllanish bosqichlarining asosiy omillari asoslangan;
Chorvoq suv ombori sathi mavsumiy tebranishlarining atrof-muhit komponentlariga ta’siri aniqlangan va ko‘l tubi hamda unga tutash hududlar kengayuvchi landshaftlarining muhandis-geoekologik sharoitlari baholangan;
texnogen ta’sirlarga bardoshlilik darajasiga ko‘ra Chorvoq suv ombori kurort zonalari hududining sxematik muhandis-geologik rayonlashtirish xaritasi tuzilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Chorvoq suv ombori qirg‘oq zonasi geoekologik sharoitlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
hududning muhandis-geoekologik holatini baholash metodikasi “Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti” davlat muassasasining ilmiy-faoliyatiga joriy qilingan (Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2024 yil 25 oktyabrdagi 08-3951-son ma’lumotnomasi). Natijada, urbanizatsiyaning dastlabki bosqichida bo‘lgan Chorvoq suv ombori qirg‘oq zonasi muhandis-geoekologik holatining barqarorligini baholash imkoni yaratilgan;
kompleks va batafsil tadqiqotlar natijalari asosida jarliklarning shakllanish bosqichlarini aniqlashning asosiy omillari “Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti” davlat muassasasining ilmiy-amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2024 yil 25 oktyabrdagi 08-3951-son ma’lumotnomasi). Natijada, hududda jarliklarning zonal joylashuvi bo‘yicha ajratish usullarini takomillashtirish imkonini bergan;
suv omborlari mavsumiy ritmining o‘zgarishi ta’sirida suv bosgan hududlar landshaftlarining o‘zgarishi “Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti” davlat muassasasining ilmiy-amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2024 yil 25 oktyabrdagi 08-3951-son ma’lumotnomasi). Natijada, suv omborining geoekologik muhitga ta’sirini zonallashtirishda fazoviy usuldan foydalanishning xususiyatlarini baholash imkoni yaratilgan;
Chorvoq suv ombori hududini sxematik muhandislik-geologik rayonlashtirish sxematik xaritasi “Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti” davlat muassasasining ilmiy faoliyatiga joriy qilingan. (Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2024 yil 25 oktyabrdagi 08-3951-son ma’lumotnomasi). Natijada, hududlarni texnogen ta’sirlarga chidamlilik darajasi bo‘yicha oqilona ajratish imkonini bergan.