Norov Sherzod Shodmonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Navoiy viloyati mehnat resurslari, bandlik va mehnat migratsiyasini sotsiogeografik tahlili», 11.00.02 – Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Gr337.
Ilmiy rahbar: Nazarov Mamatqodir Ismatillaevich, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Navoiy davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Usmonov Marufdjan Rustamovich, geografiya fanlari doktori, dotsent; Qurbonov Pahlavon Rustamovich, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Navoiy viloyati mehnat resurslari, bandlik va mehnat migratsiyasini sotsiogeografik baholash bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘p omilli chiziqli va mediana regressiyasi usullari yordamida ekonometrik modellashtirish asosida viloyat hududlarining 6 ta indikatorli ijtimoiy va iqtisodiy ko‘rsatkichlar hamda ularning aholini ish bilan bandligiga bog‘liqlik darajasi aniqlangan;
viloyat hududining tabiiy xo‘jalik rayonlari (cho‘l yaylov, tog‘ va tog‘oldi hamda sug‘orma dehqonchilik) mintaqalarinining hududiy xususiyatlarini o‘ziga xos ta’sirini inobatga olgan holda aholining ishsizlik muammolari sabablarini sotsiologik so‘rovnoma o‘tkazish orqali aniqlangan;
Navoiy viloyati aholisining ish bilan bandligini to‘g‘ri va aniq rejalashtirish asosiy maqsadida mehnat resurslari, mehnatga layoqatli aholi, iqtisodiy faol aholi, rasmiy va norasmiy sektordagi bandlar sonining 2040-yilgacha bo‘lgan prognozi ishlab chiqilgan;
Navoiy viloyatining “mehnat resurslari”, “aholi tabiiy harakati”, “aholi bandligi va mehnat munosabatlarining prognoz ko‘rsatkichlari” ArcGIS dasturi asosida 1:1000000 masshtabli kartalari yaratildi hamda taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Navoiy viloyati mehnat resurslari, bandlik va mehnat migratsiyasini sotsiogeografik baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ko‘p omilli chiziqli va mediana regressiyasi usullari yordamida ekonometrik modellashtirish asosida viloyat hududlarining 6 ta indikatorli ijtimoiy va iqtisodiy ko‘rsatkichlar hamda ularning aholini ish bilan bandligiga bog‘liqlik darajasini aniqlash natijalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti amaliyotida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 03.02.2025-yil №3/dq-1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada aholi daromadlari farqlanish darajasini aks ettiruvchi Jini indeksi, viloyatda chakana savdo hajmi, qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi ko‘rsatkichlari viloyat aholisi bandligiga ta’siri 95 foiz ishonchlilik darajasida statistik ahamiyatli ekanligini aniqlash hamda yuqori daromadli ish joylari sonining ko‘payishi, chakana savdo hajmining oshishi va qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligiga investisiyalarning ko‘payishi Navoiy viloyatida bandlikni sezilarli oshirishga ish bilan ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish imkonini bergan;
viloyat hududining tabiiy xo‘jalik rayonlari (cho‘l yaylov, tog‘ va tog‘oldi hamda sug‘orma dehqonchilik) mintaqalarinining hududiy xususiyatlarini o‘ziga xos ta’sirini inobatga olgan holda aholining ishsizlik muammolari sabablarini sotsiologik so‘rovnoma o‘tkazish orqali aniqlash yuzasidan berilgan amaliy takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti amaliyotida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 03.02.2025-yil №3/dq-1-sonli ma’lumotnomasi). foydalanilgan. Natijada ishsizlikning o‘ziga xos sabablari, hududiy xususiyatlarning ta’siri asoslangan va ularni oldini olish mexanizmlarini takomillashtirish imkonini bergan;
Navoiy viloyati aholisining ish bilan bandligini to‘g‘ri va aniq rejalashtirish asosiy maqsadida mehnat resurslari, mehnatga layoqatli aholi, iqtisodiy faol aholi, rasmiy va norasmiy sektordagi bandlar sonining 2040-yilgacha bo‘lgan prognozlaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti amaliyotida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 03.02.2025-yil №3/dq-1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada viloyat tumanlarida mehnat resurslaridan foydalanish, demografik omilga mutanosib holda ishsiz aholini ish bilan ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini tashkil etish imkoniyati yaratilgan;
Navoiy viloyatining “Mehnat resurslari”, “Aholi tabiiy harakati”, “Aholi bandligi va mehnat munosabatlarining prognoz ko‘rsatkichlari” ArcGIS dasturida asosida oid 1:1000000 masshtabli kartalari asosida taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti amaliyotida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 03.02.2025-yil №3/dq 1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, viloyatning hududiy birliklarida mehnat resurslaridan samarali foydalanishni rejalashtirish, yaqin istiqbolda ishsiz aholini bandligini ta’minlashga qaratilgan hududiy dasturlarni ishlab chiqish imkonini bergan.