Sayliev Farid Oltiboy o‘g‘lining
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Past tezlikli energiya oqimlarida samarali ishlovchi muqobil energiya manbai generatori konstruksiyasini takomillashtirish”, 05.05.06 – “Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2PhD/T2902.
Ilmiy rahbar: Sadullaev Nasullo Nematovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat texnika universitetida.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/27.09.2024.T.101.05
Rasmiy opponentlar: Pirmatov Nurali Berdiyorovich - texnika fanlari doktori, professor, Samiev Kamoliddin A’zamovich - texnika fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Energetika   muammolari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: past tezlikli suv va shamol oqimlarida elektr energiyasini ishlab chiqarish samaradorligini, generator konstruksiyasini takomillashtirish orqali oshirishdan iborat.
III. Tatqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba hozirgi kundagi mavjud suv va shamol turbinalari uchun, hosil bo‘ladigan aylanma harakatni, elektr generator qarama-qarshi harakatida rotor va stator aylanish tezliklarini bir qiymatda bo‘lishini ta’minlash orqali, generator chiqishidagi kuchlanish sifatini barqaror saqlashga mo‘ljallangan rostlovchi qurilma ishlab chiqilgan (FAP 2657, 2025 y); 
past bosimli suv va kichik tezlikli shamol oqimlarida samarali ishlashni ta’minlovchi rotori va statori bir-biriga qarama qarshi aylanuvchi ko‘p qutbli elektr generatorning maqbul konstruktiv o‘lchamlarini generator chiqish kuchlanishiga ta’sir etuvchi omillarni maksimal qamrab olgan holda, konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
rotori va statori bir-biriga qarama-qarshi aylanuvchi ko‘p qutbli elektr generatorning chiqish kuchlanishi va foydali ish koeffisientini konstruktiv parametrlariga bog‘lagan holda aniqlovchi matematik ifoda hamda eksperimental tadqiqotlar natijalari asosida, elektr generatorni chiqish parametrlarini hisoblovchi emperik tenglama yaratilgan;
generatorni barqaror ish rejimida maksimal samaradorlik bilan ishlashini ta’minlovch rotori va statori qarama-qarshi aylanuvchi generatorni harakatga keltiruvchi turbinalar diametrlarining optimal nisbatlari, radial generatorlar uchun Srs/Srr=1.16 va aksial generatorlar uchun Sas/Sar=1.56 ekanligi aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi: Past bosimli suv va kichik tezlikli shamol oqimlarida samarali ishlovchi elektr generator konstruksiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
past tezlikda ishlovchi aksial generator konstruksiyasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Intellektual mulk agentligining foydali modeliga patent olingan (№ FAP2657, 2025-yil 3-fevral). Natijada, 20 kW quvvatli qurilmaning past bosimli suv va kichik tezlikli shamol oqimlarida standart qurilmaga nisbatan yiliga 12336,63 kWh ortiqcha elektr energiyasi ishlab chiqarishga hamda 21,62 tonnadan ortiq (CO2) gazini atmosferaga chiqarib yuborilishining oldini olishga erishilgan;
radial o‘qli generator qurilmasi Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi “Yangiboy Ochil g‘allakor” va “Kumush tola paxtakor” MChJlarda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2025-yil 26-fevraldagi № 04-13-909 -sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ichki yonuv generatoriga nisbatan yillik 81 million so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish