Axmedov Xamidulla Abduxoshimovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Tozalash kamerali arrali jin parametrlarini hisoblash va konstruksiyasini ishlab chiqishning ilmiy-texnik echimlari”, 05.02.03 – “Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/T503 
Ilmiy maslahatchi: Muxammadiev Davlat Mustafaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi M.T.O‘rozboev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Tolali ekinlar ilmiy tadqiqot instituti” DSc.30/30.11.2021.T.141.01    
Rasmiy opponentlar: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoati institutidan t texnika fanlari doktori, professor Rosulov Ruzimurad Xasanovich, Toshkent davlat texnika universitetidan texnika fanlari doktori, dotsent Axmedov Azamat Xaitovich va Jizzax politexnika institutidan texnika fanlari doktori, dotsent Egamberdiev Fazliddin Otakulovich.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxtani dastlabki qayta ishlash texnologiyasi talablariga javob beradigan resurstejamkor tozalash seksiyali arrali jinning konstruksiyasini ilmiy texnik echimlari asosida ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jin kolosnik panjarasi va tashlab beruvchi barabanda paxta harakatini modellari qurildi va geometrik hamda kinematik parametrlari asoslandi;
tola ajratish jarayoninda paxtagi ta’sir etuvchi kuchlarni hisobga olinib jin fartugi va brusi yuzasidagi harakatini ifodalovchi matematik model ishlab chiqildi va xomashyo kamerasining ko‘ndalang kesim shaklining ratsional parametrlari asoslandi;
yangi konstruksiyadagi tozalash kamerali arrali jinning mashina agregat modeli asosida energetik ko‘rsatkichlarini va yuritmani rasional parametrlari asosida ishchi kamera ishlab chiqilgan;
paxtani arrali silindr yuzasiga tashlab beruvchi baraban va arrali silindrning o‘zaro samarali joylashuv parametrlari hamda yangi konstruksiyadagi arrali jin kolosnik panjarasining mustahkamlik ko‘rsatkichlari aniqlandi;
o‘tkazilgan nazariy va ko‘p faktorli tajribalar asosida arrali jinning energiya samarador, resurstejamkor va tola sifatini ta’minlovchi konstruksiyasi ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Tozalash kamerali tola ajratgich mashinasi uchun takomillashtirilgan ishchi kameraning resurstejamkor konstruksiyasini ishlab chiqish natijalari asosida:
paxta tozalash korxonalari uchun po‘lat kolosniklarning yangi konstruksiyasi uchun Intellektual mulk agentligidan ixtiroga IAP 07202 (2022) O‘zbekiston Respublikasi patenti olingan. Ushbu konstruksiyalarni qo‘llash natijasida yangi konstruksiyadagi kolosnikni brusga mahkamlash reaksiya kuchi mavjud ikki tayanchli kolosnikka nisbatan 3,5 martaga oshirish, normal kuchlanish esa 3,4 martaga kamaytirish imkoni yaratilgan;
tozalash kamerali arrali jin ishchi kamerasining yangi shakli «Andijon 1-son paxta tozalash» korxonasida joriy etilgan («O‘zpaxtasanoat» AJning 2020 yil 30 iyuldagi 03-18/2055-son ma’lumotnomasi). Natijada ishchi kamera shaklining yuzasi 25,5% kamayishi hisobiga arrali jin ish unumdorligini 12,5% oshirishga va energiya sarfini 8,8% kamaytirishga erishilgan;
 “APK Bo‘ka” MChJ tizimidagi Bo‘ka paxta tozalash korxonasida takomillashtirilgan arrli jin ishchi kamerasi ishlab chiqarishga joriy qilingan (“APK Bo‘ka” MChJ tizimidagi Bo‘ka paxta tozalash korxonasini joriy etish bo‘yicha sinov bayonnomasi”. 2023 yil 10 oktyabr. O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik uyushmasi klasterlari ma’lumotnomasi” 2023 yil 21 dekabrdagi 03/22-1104-son). Natijada arrali jinning yangi konstruksiyadagi ishchi kamerasining kinematik, texnologik, konstruktiv va energetik ko‘rsatkichlarining muqobil qiymatlarini aniqlash imkoni bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish