Abduqodirov Nurzod Shavkatjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qurituvchi qurilma barabanini ish rejimlari va parametrlarini asoslash”, 05.07.01 - Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4278.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Mansurov Muxtorjon Toxirjonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-qurilish instituti, PhD.03/30.12.2019.T.90.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Rizaev Anvar Abdullaevich, texnika fanlari doktori, professor;  Raxmatov Orifjon, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Sholi quritish qurilmasi konstruksiyasini takomillashtirish va texnologik ish rejimlarini asoslash orqali sholi quritishda energiya tejamkorlikni va ish unumini oshirishdan iborat.
III. Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
sholini konvektiv usulda quritadigan quritish qurilmasi setkali don tutqichidagi pog‘onalar soni va setkasi teshigining katta diagonali 14 mm bo‘lishi lozimligi barabanning foydalaniladigan yuzasini oshirish hamda sholini quritilish me’yorida bo‘lish shartidan aniqlangan;
takomillashtirilgan sholi quritish qurilmasining gorizantal tekislikka nisbatan qiya joylashgan, aylanma harakat qiluvchi silindrsimon barabanining diametri va uzunligini aniqlash imkonini beradigan analitik ifodalar qurilmaning bir soatlik ish jarayonidagi bug‘latilgan namlik miqdorini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan; 
quritish qurilmasi barabanining aylanishlar sonini aniqlash imkonini beradigan analitik ifoda sholi va metall orasidagi ishqalanish koeffisienti hamda bir o‘tishda sholini oziq-ovqat, urug‘lik xususiyatlarini ta’minlaydigan namlikkacha quritish  shartini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan;
sholi quritish qurilmasida sholini talablar darajasida quritilishini ta’minlovchi barabanning gorizantal tekislikka nisbatan o‘rnatilish burchagi, aylanishlar soni, setkali don tutqich setka teshigining katta diagonali va kalorifer tirqishidan chiqayotgan issiqlik agenti tezliklarining maqbul qiymatlari unga qo‘yilgan agrotexnik talablarni sifatli bajarilishini ta’minlash shartidan kelib chiqqan holda aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sholini quritish qurilmasida kam energiya sarflyagan holda quritishning yuqori samaradorligini ta’minlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
uch pog‘anali setkali don tutqich bilan jihozlangan takomillashtirilgan barabanli sholi quritish qurilmasi Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanidagi “Maxmudjon Tuychiev” fermer xo‘jaligida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 23-oktyabrdagi 05/04-04-533-son ma’lumotnomasi). Natijada, sholi hamda issiqlik agentining o‘zaro ta’sirlashish vaqti ortishi hisobiga sholining quritilish sifatini 10-15 foizga oshirish imkoniyati yaratilgan;  
sholini konvektiv usulda quritadigan va setkali don tutqich setkasining katta diagonali 14 mm bo‘lgan barabanli sholi quritish qurilmasi Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanidagi “Ikromiddin paxtazori” fermer xo‘jaligida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 23-oktyabrdagi 05/04-04-533-son ma’lumotnomasi). Natijada, barabanning foydalanish yuzasi ortishi hamda sholini bir o‘tishda quritilishi ta’minlanganligi hisobiga mavjud qurilmaga nisbatan mehnat sarfini 15,2 foizga, ekspluatatsion xarajatlarni esa 16 foizga kamaytirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish